Ijtimoiy fanlar


Tadbirkorlik faoliyatining shakllari



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə149/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   251
Ijtimoiy fanlar

2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari
Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va xarakterining beqiyos darajada bir-biriga qo`shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va, nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.
Hozir jahonning ko`pchilik mamlakatlarida davlat yirik tadbirkor hisoblanadi. Milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha davlatlar ulushiga to`g`ri keladi. Davlat korxonalari ko`pincha mamlakat Iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan yoki katta kapital qo`yilmalar talab qiladigan tarmoqlarda tuziladi. Masalan, Angliyada davlat sektori qora metallurgiya, ko`mir qazib chiqarish, aero-kosmik sanoat, aloqa vositalari, temir-yo`l transporti, elektr va gaz bilan ta'minlash kabi sohalarni qamrab oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat korxonalari milliylashtirilgan chet el kompaniyalari bazasida asosan sanoatning konchilik tarmoqlarida tuziladi. Rivojlanayotgan va rivojlangan ko`pchilik mamlakatlarda davlat kompaniyalari sanoat firmalari orasida peshqadam hisoblanadi.
3. Hissadorlik jamiyati: tashkil qilinishi va amal qilish tamoyillari
Ancha katta va yirik ishlarni bajarishlari uchun kishilar o`zlarining mehnatini (mehnatning oddiy kooperatsiyasi), mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini (kapitallar) birlashtirishlari lozim bo`ladi. Jamoa kuchini shu asosda birlashtirish natijasida turli xil ittifoqlar (uyushmalar) vujudga keladiki, ular ilmiy adabiyotlarda, qonuniy bitimlarda «jamiyat» deb atala boshlandi.Jamiyat umumiy tushuncha; ularning shakli iqtisodiy mazmuni, faoliyatining maqsadi va xuquqiy majburiyatlari har xil bo`lishi mumkin.Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo`jaligi va hammadan avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya va harbiy Yevropadagi barcha yetakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari sanoat, savdo, sug`urta ishi va Iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning yetakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo`lib qoldi.
Aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.Aksiya - bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o`zining ma'lum hissasini qo`shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog`ozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.



Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə