Ijtimoiy fanlar


Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə145/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopolistiq raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat elementlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan kulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, hadoklanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo’yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya - tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Halol raqobat - raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
2. MONOPOLIYALARNING IQTISODIY ASOSI VA ULARNING TURLARI
«Monololiya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, yunoncha «topos» - yagona, bitta va «rogeo» - sotaman) tarkib topsada. biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha ta’riflash o’rinli deb hisoblaymiz: monopoliya -monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan xukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalarning birlashmalari).
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to’planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo’shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o’sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendentsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə