Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti boʻlgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz



Yüklə 52,37 Kb.
səhifə3/17
tarix19.08.2023
ölçüsü52,37 Kb.
#120703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti boʻlgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz.
2019 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion soʻmlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻp investitsiyalarni oʻzlashtirish moʻljallanmoqda.
Bu borada toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi jahondagi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eʼtirof etilayotganini alohida taʼkidlash lozim.
Masalan, dunyodagi nufuzli “Fitch Ratings” va “Standart & Pooʻrs” reyting agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini belgiladi.
Ana shu reyting baholari “Barqaror” prognoziga ega boʻlib, bu yaqin 12-18 oy davomida ushbu koʻrsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi.
Oʻzbekiston erishayotgan bunday reyting baholari koʻpgina rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan yuqori ekanini qayd etish lozim.
Ushbu reyting agentliklari Oʻzbekistonda valyuta, savdo va narx siyosati erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi institutsional oʻzgarishlar, mamlakat oltin-valyuta va byudjet zaxirasi yetarli ekani, davlat qarzining kamligi singari omillarga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Kelgusi yilning birinchi choragida yurtimiz tarixida ilk marta Oʻzbekistonning suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga chiqaramiz.
Bu borada biz “J.P.Morgan”“Citibank”“Deutsche Bank” kabi yetakchi xalqaro investitsiya banklari bilan hamkorlik olib bormoqdamiz.
Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya salohiyatini toʻla namoyon etish choralarini koʻrishimiz kerak.
Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin.
Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim.
Birinchi navbatda, eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlarga shunday imkoniyat yaratish kerak.
Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda aniq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, jumladan, mamlakatimizni Global raqobatbardoshlik reytingiga kiritish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirish topshiriladi.

Yüklə 52,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə