Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur



Yüklə 52,37 Kb.
səhifə4/17
tarix19.08.2023
ölçüsü52,37 Kb.
#120703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur.
Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, yaʼni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, oʻz navbatida, bank sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda.
Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim.
Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri boʻlishi kerak.
Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari koʻlamini yanada kengaytirish, ilgʻor axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur.
Investorlar mamlakatimizda oʻzini imkon qadar erkin his qilishlari uchun valyuta bozorini yanada erkinlashtirish talab etiladi.
Toʻrtinchidan, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida toʻlashdan manfaatdor boʻlishi kerak.
2019 yildan boshlab joriy etilayotgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy gʻoyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qoʻllashni koʻzda tutadi. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin.
Afsuski, yalpi ichki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta boʻlib, bu mamlakat rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish “yashirin” iqtisodiyotga barham berishning yagona yoʻlidir. Shuning uchun bu borada taʼsirchan choralarni nazarda tutadigan alohida dastur ishlab chiqishimiz zarur.
Bundan tashqari, oʻzimizda ishlab chiqarilgan va import qilinayotgan yuqori likvidli mahsulotlar markirovkasini joriy etish boʻyicha jadal ish olib borish talab etiladi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida mamlakat taraqqiyotining tayanchi boʻlgan insofli, halol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash koʻzda tutilishi shart.
Maʼlumki, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablagʻ albatta kamayadi.
Buni samarali soliq maʼmuriyatchiligi orqali bartaraf etish va byudjet barqarorligini taʼminlash mumkin. Aynan shunga erishish birinchi galdagi vazifamizdir.
Soliq maʼmuriyatchiligi shunday boʻlishi kerakki, qoʻshilgan qiymat soligʻi keng joriy qilinsa ham bu holat isteʼmol tovarlarining narxi oʻsishiga olib kelmasligi shart va zarur.
Moliya vaziri va Davlat soliq qoʻmitasi raisi soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligi hamda byudjet va isteʼmol mahsulotlari narxining barqarorligini taʼminlashga shaxsan masʼul etib belgilanadi.
Soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish lozim.
Zero, berilgan imtiyoz raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini tadbirkorlarning oʻzlari ham eʼtirof etmoqdalar.
Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ana shu masala boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.

Yüklə 52,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə