Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/87
tarix20.03.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#102872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Ijtimoiy iqtisodiy

Fanning vazifalari 
quyidagilardan iborat
:
Bu fanning vazifalari milliy 
iqtisodiyotning rivojlanishi bo‘yicha hukumat qarorlaridan kelib chiqadi. Bu 
vazifalar hozirgi kunda iqtisodiy strategiya barcha strategiyalardek fundamental, 
uzoq muddatli, maqsadli masalalarni qo‘yishdan boshlanadi. Ular orasida eng 
yuqori maqsad - xalqning madaniy va moddiy yashash darajasini asta-sekinlik 
bilan ko‘tarishdir. Iqtisodiy strategiya qo‘yilgan maqsadga borish yo‘llari va aniq 
usullarini o‘z ichiga oladi. Bunda iqtisodiy prognozlash katta ahamiyatga ega. 
Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish maqbul qarorlar tanlash va ularning 
ijrosini ta’minlashi zarur, chunki bugungi kunda jamiyat uchun asoslanmagan 
qaror qabul qilishdan ko‘riladigan zarar darajasi salbiy ta’sir kursatishi 
mukarrardir. Shuning uchun zamonaviy xo‘jalik yuritish ijtimoiy iktisodiy 
jarayonlarni modellashtirish va prognozlash ko‘lami kengaytirilishini uning usul 
va uslubiyatlari takomillashtirilishini talab etmoqda.
1.1.3.
 
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlashning 
asosiy usullari va metodologik asoslari.
Fanning metodologik asosini
dialektika tashkil etadi. Aynan dialektika, 
ko‘plab ilmiy fanlarning metodologiyasi bo‘lgani holda, mutaxassisga turmush
jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimni beradi. 
Xo‘jalik yuritish muhitini tushunishni belgilab beruvchi uning kategoriyalari hayot 
faoliyati unsurlarining tutashish nuqtalarini aniqlash, ularda bir lahzali va tasodifiy 
holatlarni olib tashlab, ob’ektiv va alohida holatlarni ko‘rish imkonini beradi. 
Dialektika kategoriyalari va qonunlari iqtisodiy hodisalar tadqiqotlari 
qoidalari va usullarini tushunishga yordam beradi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil 
istalgan rejalashtirish jarayonining majburiy qismi hisoblanib, u nihoyasiga 
yetgach, alohida hisob-kitoblarning o‘zaro ta’siri va to‘ldirishini tekshirish orqali 
ularni sintez qilish zarur. Bunda fanlarni bilish dialektikasi namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə