Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/87
tarix20.03.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#102872
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
Ijtimoiy iqtisodiy

Ikkinchi bosqich - 
matematik modelni tuzish. 
Modellashtirayotgan jarayonning iqtisodiy matematik modeli tenglamalar
tengsizliklar tizimi, funksiyalar shaklida ifodalanadi. Oldindan modelni turi, keyin 
uning o‘zgaruvchilari, parametrlari, aloqa shakllari aniqlanadi. Demak, matematik 
modelni qurilishini o‘zi bir necha bosqichlardan iborat. 
Uchinchi bosqich
- modelning matematik tahlili. 
Bu bosqichning maqsadi - modelni umumiy xususiyatlarini aniqlash. Bu 
yerda modelni matematik usullar bilan tekshiriladi. Eng asosiysi, modelni yechimi 
borligini isbotlash zarur. Agar modelni matematik yechimi bo‘lmasa, unda keyingi 
bosqichlarni bajarish mumkin emas bo‘lib qoladi. Shuning uchun yoki masalani 
iqtisodiy qo‘yilishini o‘zgartirish kerak yoki matematik ifodalashni yanada aniqroq 
qo‘yilishi zarur bo‘lib koladi. 
(Modellashtirishning uchinchi bosqichida olingan natija har tomonlama, keng 
tahlil qilinadi. Tanlangan modelning to‘g‘riligi va sifatini pirovard mezoni bo‘lib 
amaliyot, olingan natija va xulosalarni haqiqiy ishlab chiqarish sharoitiga to‘g‘ri 
kelishi, qilingan tahlil va xulosalarni iqtisodiy mazmunga egaligi hisoblanadi. 


16 
Agarda olingan natijalar haqiqiy ishlab chiqarish sharoitiga to‘g‘ri kelmasa, unda 
bunday mos kelmaslik sabablari iqtisodiy talqin qilinadi. Bunday sabablar quyidagi 
hollarda bo‘lishi mumkin: ma’lumotlarni yetarlicha ishonchli emasligi
foydalangan matematik usul yoki modelni o‘rganilayotgan iqtisodiy ob’ektnining 
xususiyatlari va mazmuniga mos kelmasligi va boshqalar. Asosiy sabab 
aniqlanganidan so‘ng modelga zarur bo‘lgan o‘zgartishlar kiritiladi, ma’lumotlar 
tuzatiladi va masalani yechish boshidan takrorlanadi.) 
To‘rtinchi bosqich
–modellashtirilayotgan ob’ekt buyicha iqtisodiy 
ma’lumotlarni tayyorlash.
Modellashtirishda bu bosqichni ahamiyati juda muhim. Ma’lumotni real 
olinishi, modellarni ishlatilishini cheklashtiradi. Shunda ma’lumotni tayyorlashga 
ketadigan harajatni e’tiborga olish kerak. Bu harajatlar modellashtirishdan bergan 
samaradan kam bo‘lishi zarur. Masalani yechish uchun kerak bo‘lgan barcha 
iqtisodiy ma’lumotlar to‘rejaadi va zarur bo‘lsa statistik usullar bilan qayta 
ishlanadi. Modelda qatnashadigan koeffitsiyentlar aniqlanadi. Masalani yechish 
uchun uning dastlabki matritsasi tuziladi. 

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə