Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash


Matematik usullar va modellar ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/87
tarix20.03.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#102872
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
Ijtimoiy iqtisodiy

 Matematik usullar va modellar ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish 
mumkin:


15 
1.
Iqtisodiy-matematik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul 
resurslaridan oqilona foydalaniladi. 
2.
Matematik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda 
yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
3.
Matematik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy 
amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi. 
4.
Iqtisodiy-matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur 
tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham 
ochish imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi 
rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin. 
Iqtisodiy-matematik 
usullar 
va 
modellar 
hisoblash 
ishlarini 
kompyuterlashtirish 
va 
avtomatlashtirish 
bilan 
birga, 
aqliy 
mehnatni 
yengillashtiradi va iqtisodiy soha xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil 
etadi va boshqaradi. 
1.2.3.
 
Modellashtirish bosqichlari. Modellashtirish usulining tasnifi 
Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan, 
iqtisodiyotda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Iqtisodiy-matematik 
modellashtirish bitta tsiklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil 
qilaylik. 
Birinchi bosqich - iqtisodiy muammoning qo‘yilishi va uning nazariy 
sifat jihatdan tahlili.
Bu bosqichda iqtisodiy jarayon har tomonlama o‘rganiladi, uning ichki va 
tashqi ahborot aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi asosiy 
parametrlari aniqlanadi. Bu bosqichda asosan muammoni asl ma’nosi ifodalanadi. 
Qanday masalalarga javob topilishi kerakligini aniqlash kerak bo‘ladi. 
Izlanayotgan noma’lum o‘zgaruvchilar nima, qanday maqsadni ko‘zda tutadi, 
natija nimalarga olib keladi, kabi savollar aniqlanadi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə