Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash


-Mavzu: Prognozlash turlari



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/87
tarix20.03.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#102872
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
Ijtimoiy iqtisodiy

 
1.4-Mavzu: Prognozlash turlari 
1.
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning o‘ziga xos usullari va ularning tasnifi. 
2.
Prognozlashning ekspertlar usuli 
1.4.1.
 
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning o‘ziga xos usullari va ularning 
tasnifi 
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning fan sifatida rivojlanishida uning usuli katta 
rol o‘ynaydi. Usul – bu, o‘rganish yullari va usullarini tanlash hamda shu 
tarmoqdagi haqiqat ko‘rinishlarini umumiylashtirishdir. Iqtisodiy prognozlashning 
usuli har bir tarmoqda bo‘lganidek izlanayotgan ob’ektlarga qarashli, 
o‘rganilayotgan omil va ko‘rinishlar asosiga kirish mumkin bo‘lgan dialektik 
usuldir. U umumiy ilmiy usullar va izlanishiga yondashuv hamda iqtisodiy 
ko‘rinishlarni ilmiy prognozlashga asoslangan o‘ziga xos usullar asosida 
ishlatiladi. 
Umumiy yondashuvlardan quyidagilarni ajratish mumkin: 

tarixiy yondashuv; 

kompleks yondashuv;
 

tizimli yondashuv; 

tuzilmaviy yondashuv; 

tizimli-tarkibiy yondashuv. 
Tarixiy yondashuv
har bir hodisaning tarixiy tuzilishi bilan o‘zaro 
bog‘likligini ko‘rib chiqishdan iborat. 
O’tmish hozirgi kun va kelajakning o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadi
kelajak hozirgidek mavjuddir. Shuning uchun prognozlash hozirda mavjud bo‘lgan 
qonun va tendensiyalarni undan tashqariga o‘tkazadi va uning asosida kelajakning 
mavjud bo‘lmagan modelini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Bir xil ko‘rinishdagi har 
xil tarixiy shakllarning mavjudligi orasidagi bog‘liqlik izlanayotgan ob’ektning 
hozirgi ko‘rinishi uning oldingi rivojlanish natijasi ekanligini bildiradi. Bunday 
yondashuv mantiqiy izlanish ijtimoiy rivojlanish tarixiy xarakterining aksi 
hisoblanadi.
Kompleks yondashuv
hodisalar va ularning bog‘liqligi va karamligini ko‘rib 
chiqishni o‘z ichiga oladi. Buning uchun shu hodisalarni o‘rganuvchi nafaqat bu 
fan, balki boshqa fanlarning ham usullaridan foydalaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
ob’ektlarning kelajakdagi rivojlanishi haqidagi ilmiy tasavvurlarni ishlab 
chiqishning nazariy asosi siyosiy iqtisod hisoblanadi. 
Iqtisodiy prognozlashning amaliyoti va nazariyasida boshqa ijtimoiy 
fanlarning ilmiy apparati keng qo‘llaniladi. 

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə