Beshinchi bosqich –masalani yechish algoritmini tuzish, kompyuter
dasturlarni tayyorlash va ular asosida masalani hisoblash, yechimini olish.
Bu bosqichning murakkabligi, masalaning katta o‘lchamligi va juda katta
ma’lumotlar massivlarini qayta ishlashdan iborat. Masalaning matritsasini iqtisodiy
ahborotlar bilan to‘ldirilib, kompyuterdagi maxsus dasturga kiritiladi.
Oltinchi bosqich -masala yechimini miqdoriy tahlili va uni amalda
qo‘llanilishi.
Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Masalaning yechimi miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi. Bu yerda ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishning yo‘llari, resurslardan optimal foydalanish
variantlari, izlanayotgan noma’lumlarning miqdoriy qiymatlari topiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va biri
ikkinchisini to‘ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
ekstropolyatsiya metodi prognozlashning ekspert baholash metodi modellashtirish
metodi.
Ekstrapolyatsiya metodining mohiyati shundaki, tahlil qilinayotgan
ob’ektning o‘tgan zamonda alohida parametrlarini analiz qilishda hamda
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan omillarni tadqiq qilishda jarayonlarni kelajakda
shakllantirish yo‘llari va rivojlantirish qonuniyatlari haqida xulosa qilish mumkin.
Bu metodda prognozlashda 2 turdagi vazifalarni ajratish maqsadga muvofiqdir: a)
dinamik va b) statik analiz vazifalari.
Dinamik vazifada bosh va yagona rivojlanish omili bo‘lib vaqt omili
hisoblanadi. Bunda prognoz qilinayotgan parametr vaqt davomidagi o‘zgarishlarni
ko‘rsatuvchi vaqt qatorlarini ko‘rsatuvchi vaqt qatorlarini analiz qilish asosida
tuziladi. Masalan, mehnat resurslarining quvvati, oqimi, potensialining vaqt
davomidagi o‘zgarishlari analiz qilinadi. Prognozlashning dinamik vazifasi
prognozlash jarayonini rivojlanishi evolyutsion jarayonlarni bo‘lishini, asosiy
parametrlarni bir tomonlama o‘zgarishini talqin qiladi. Bu holatda ob’ekt
17
parametrlarini o‘zgarishini prognozlashda kelajakda uning rivojlanishi retrospektiv
amaliyot bilan quriladi.