Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash


– o‘rganilayotgan ob’ektning, jarayonning yoki



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/87
tarix20.03.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#102872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87
Ijtimoiy iqtisodiy

– o‘rganilayotgan ob’ektning, jarayonning yoki 
hodisaning muhim xususiyatlarini, xossalarini aks ettiruvchi yordamchi 
ob’ekt; Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar tizimini namuna-
sidir.
Model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham 
qo‘llaniladi. 
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila 
boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya
fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini 
qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy 
jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) 
tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida 
modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi. 
Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning 
iqtisodiy modellar
deb 
ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi 
modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya 


14 
bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga 
misol bo’ladi. 
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida 
kuzatish mumkin. Bu tushuncha 
modellashtirish
deyiladi. 
Modellashtirish
deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Ifodalangan 
model yordamida kuzatilayotgan ob’ektni bilish 
modellashtirish
deyiladi. 
Modellashtirish usullari yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo‘lish 
mumkin: 
Moddiy
modellar
va 
ideal modellar

Moddiy modellar
real ob’ektlarni(geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional 
tavsiflarini ifodalaydi.) tabiiy va sun’iy materiallar yordamida aks ettiradi: mel 
bilan doskada, karton bilan maket tuzish, qalam bilan formula yozish, metalldan 
aviamodel yasash.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə