Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/87
tarix20.03.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#102872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Ijtimoiy iqtisodiy

1.2.2.
 
Modellashtirish bosqichlari. Modellashtirish usulining tasnifi 
Prognozlash tamoyillari prognozlash modellari va turli metodlarini 
metodologik yagonaligini ta’minlaydi.
Prognozlarning izlanilayotgan 
ob’ekt xarakteriga
ko‘ra bo‘linishlari har xil 
qayta ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, prognozlash 
quyidagilarga ajratiladi: 
-
ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi; 
-
ilmiy-tehnik jarayonlarni ijtimoiy-iqtisodiy xarakterlari va oqibatlari
-
iqtisodiyot dinamikalari (sur’atlari, faktlari va tuzilishlari); 
-
bandlik, mehnat resurslari va kadrlarni qayta tayyorlash; 
-
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; 
-
asosiy fondlar va kapital qo‘yilmalarni qayta tiklash. 
Prognozlar 
funksional belgisiga
qarab ikkiga (Prognozlash yo‘nalishlariga 
ko‘ra izlanishli va normativ bo‘lishi mumkin.) - normativ va izlanuv prognozlariga 
bo‘linadi.
Prognozlar funksional belgisiga qarab quyidagi: normativ va izlanuv 
prognozlariga bo‘linadi
Izlanuv prognozi
izlanayotgan ob’ektlarning kelajakdagi rivojlanish 
darajasiga asoslangan bo‘lib, bu darajalarni qo‘llash sharoitlaridan cheklashadi. 


12 
Uning vazifasi o‘rganilayotgan ob’ekt bor tendensiyalar saqlangan holda qanday 
rivojlanishini o‘rganishdir. (Izlanishli bashorat – agar hozirgi tendensiyalar 
saqlanib qolsa iqtisodiy tizim qanday rivojlanadi?, degan savolga javob beradi. 
Boshqa so‘z bilan aytganda tizimga ta’sir etuvchi omillar o‘zgarmasa, u qanday 
holatga kelishi mumkin?) 
Normativ prognoz
izlanuv prognozlaridan farqli o‘larok oldin qo‘yilgan 
maqsadlar bazasida ishlab chiqiladi. Uning vazifasi maqsad qilib olinayotgan 
obektning kelajakdagi holatini prognozlash yo‘li va erishish vaqtini aniqlashdir. 
Boshqacha etadigan bulsak -Normativ prognoz bo‘lajak maqsadlarga erishish 
uchun tizimni rivojlanish yo‘nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). 
Maqsad qilingan holatga tizim erishish uchun, ta’sir etuvchi omillarga qanday 
o‘zgarishlar kiritish zarur? Boshqa so‘z bilan aytganda qanday qilib maqsadga 
erishish mumkin? 
Izlanuv prognozi ob’ektning oldingiga nisbatan kelajakdagi holatini 
aniqlashdan qaytayotgan bir vaqtda, normativ prognoz teskari tartibda amalga 
oshiriladi, ya’ni kelajakdagi holatini qo‘yilgan maqsadining tendensiyalari va uni 
qo‘llash tartibida amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə