Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash


-Mavzu: Boshqaruv jarayonida matematik modellashtirishning ahamiyati



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/87
tarix20.03.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#102872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Ijtimoiy iqtisodiy

1.2-Mavzu: Boshqaruv jarayonida matematik modellashtirishning ahamiyati 
va modellashtirish ob’ektlarining tahlili 
Reja. 
1.
Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari.
2.
Modellashtirish bosqichlari. Modellashtirish usulining tasnifi 
3.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash usullarining tasnifi. 
 
1.2.1. Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari 
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan 
tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab 
xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. 
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy 
element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan 
iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim
ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot 
nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon 
qilishga imkon beradi. 
Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida 
tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning 
uchun ob’ektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki 
tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar
sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar 
model 
deb aytiladi.
«Model» so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, 
o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi.
Model
— bu shunday moddiy yoki 
xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy 
ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida 
yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi 
muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani yechish uchun 

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə