|
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlashIjtimoiy iqtisodiy1.2.2.
Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan
tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab
xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy
element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan
iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim,
ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot
nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon
qilishga imkon beradi.
Hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda turli
modellardan keng foydalaniladi.
Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida
tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning
uchun ob’ektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki
tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar,
sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar
model
deb aytiladi.
«Model» so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib,
o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi.
Model
— bu shunday moddiy yoki
xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy
ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida
yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi
muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani yechish uchun
muhim
bo’lmagan
qismlar chiqarib tashlanadi.
Model -
tor ma’noda
Dostları ilə paylaş: |
|
|