Ijtimoiy pedagogika asoslari



Yüklə 290,8 Kb.
səhifə12/25
tarix24.12.2023
ölçüsü290,8 Kb.
#159162
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
ijtimoiy pedagogika asoslari

Mentalitet-bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning dunyoni muayyan obrazda qabul qilish, his qilish va unda tafakkur yuritishini ichiga oluvchi individual va jamoa ongining darajasidir. Mentalitet shu halqning uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida shakllanadi va milliy harakter, iqtisodiy va ijtimoiy xulq atvorning milliy modelini belgilab beradi.
Mentalitet shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi, chunki u ijtimoiy axborot tashuvchisi hisoblanadi. Ijtimoiy axborot bu holatda 3 asosiy guruhda bo‘ladi:
-ishlab chiqarish quroli va mehnatning jamoat natijalari;
-ob’ektiv ijtimoiy munosabatlar;
-til.
Mentalitet ijtimoiy axborotning o‘ziga xos qismi sifatida o‘zining uzatish kanallariga ega. Ular orasida eng asosiylari tabiiy muhit, mumtoz, va boshqa keng tarqalgan matnlar, til strukturalari, kundalik yumushlar hisoblanadi. Hozirgi kunda fanda mentalitet tushunchasi tor va keng ma’nolarda tushuniladi.

MENTALITET
O‘zbek mentalitetining muhim hususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma bo‘lgan (tor ma’noda) avlodlar tajribasi, milliy xarakat va dunyoqarash asoslari, ijtimoiy mikrotizim bo‘lib, unda axloqiy tamoyil
amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning axborotning eng kam o’zgaruvchan qismi

m ahallaning mavjudligidir. Zotan, mahalla va qoidalarga
ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi.
Boshqacha aytganda mahalla ijtimoiylashuvning ta’sirli mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda:
-har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;
-muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;
-hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi, kattalarga hurmat, bolalar haqida g‘amxo‘rlik;
-axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;
-ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga yetkaziladi;
-alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo‘ladi.
Mahallaning ijtimoiy o‘rni shunda namoyon bo‘ladiki, u doimo jiddiy ijtimoiy o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildiradi va oliy insoniy va axloqiy tamoyillarga tayanadi.
Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o‘z o‘rnini topgan. Milliy va etnik an’analarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston siyosati bu an’anaviy institutning yanada faol faoliyat yuritishiga yangi zaminlar yaratdi. Nazorat savollari: 1. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika fanining shakllanishidagi ildizlarni nimalar tashkil etadi? 2. O‘rta Osiyolik qomusiy olimlarning ijtimoiy pedagogik g‘oyalarini qanday baholaysiz?
3. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishidagi shart sharoitlarni tavsiflang? 4. Islom ta’limoti va ma’naviyatining ijtimoiy ahamiyati nimalarda ifodalanadi? 5. Shaxsning ijtimoiylashuvida “mentalitet”ning o‘rnini qanday baholaysiz?

Yüklə 290,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə