Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Birinchi nuqtayi nazar 
biologik nuqtayi nazar bo‘lib, bu naza- 
riya Altruizm ni biologik ehtiyoj sifatida qaraydi va uni inson- 
ga tug‘ma holda beriluvchi instinktiv xulq-atvor deb baholaydi. 
U larning fikricha, hatto hayvonot olam ida ham bir tu r vakil- 
lari orasida bir-biri uchun qayg‘urish va bir-biriga yordam berish 
holatlarini kuzatish mumkin. Bundan tashqari hali m anfaat ni- 
maligini unchalik tushunib yetmagan yosh bolalarda ham altru­
istik harakatlarni kuzatish m um kin-ki, bu holatlar A ltruizm ning 
tug‘ma ehtiyoj ekanligini tasdiqlaydi.
Ikkinchi nuqtayi nazar 
sotsiologik (Ijtimoiy) nazariyadir. Bu 
nazariya vakillari yuqoridagi nazariya vakillarining fikriga bu- 
tunlay qarshi chiqadi. U larning fikrida ham jon bor, albatta. 
Ularning fikri quyidagicha: agar ota-onalar yosh bolalar bilan 
munosabatda va muloqotda tez-tez altruizm ni namoyon etsalar, 
bunday holatda bolalar ham ularga taqlid qilib, shunday harakat­
larni amalga oshira boshlaydilar.
Shuni kuzatish mumkinki, ota-onalardagi altruizm ko‘pincha 
ularning bolalarida ham altruizm ni namoyon qilishlariga sabab 
boladi. Masalan, bolaning oyisi konfetidan bittasini ukasiga be- 
rishni o‘rgatsa yoki 2 tadan bittasini dadasiga deb olib qo‘ysa, bun­
day bola bog‘chadagi o‘rtog‘iga ham konfetining yarmini beradi. 
Aksincha, ota-onalaridagi altruistik harakatlarning kuzatilmasligi 
ko'pincha ularning bolalarida ham bunday xulqning kuzatilmasli- 
gini tasdiqlagan. Ushbu nazariyalar asosida yana bir qancha naza- 
riyalar yaratilganki, ularni quyidagi tarmoqlarga ajratish mumkin:


Sotsiologik yo‘nalishdagi nazariya altruizm ning asosida nim a 
yotishiga qarab ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
1. M anfaatni ko‘zlab amalga oshiriladigan altruistik harakat-
lar.
2. M anfaatni ko‘zlam asdan amalga oshiriladigan altruistik 
harakatlar.
BIOLOGIK 
SOTSIOLOGIK
Manfaat kutadi
Beg‘araz
0 ‘ZAR0 IJTI- 
. , , л л ш . . .
n -r rm rn v
MOIY AL- 
NIQOBLAN- 
EMPATIYA 
UTIMOIY
GAN EGOIZM tlv ir A lirA NORMATIV
MASHINISH
Birinchi nazariya tarafdorlarining flkriga ko‘ra, h ar qanday 
altruistik xulqning asosida ochiq yoki yashirin, ongli yoki ongsiz 
holatda bo‘lsin, qandaydir foyda yoki m anfaat ko‘zlanadi.
Ikkinchi nazariya tarafdorlari esa altruistik xulqning asosida 
hech qanday m anfaat yoki foyda yotmaydi, degan fikrni ilgari 
suradilar.
Birinchi nuqtayi nazar tarafdorlari altruistik xulqni tushunti- 
rishda quyidagi variantlarni tak lif etadilar.


Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə