Ijtimoiy psixologiya


Shaxs va uning tolerantligi tushunchasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Shaxs va uning tolerantligi tushunchasi
Rus psixologlaridan B.G.Ananev o‘tgan asrning 60-yillarida 
tolerantlik atamasidan birinchi bo‘lib foydalangan bo‘lsa, bu 
fenomenning ijtimoiy psixologiyasini ilk marotaba Sankt-Peter- 
burglik olima G.L. Bardiyer (2007) tadqiq etgan.
Aniq sharoitlarda, ya’ni ijtimoiy voqeliklar va jarayonlar (refe­
rent guruhdagi ijtimoiy hamkorlik)da tolerantlikni shaxs faoliyati- 
da tutgan o‘rni hamda uning qay tarzda namoyon bo‘lishi, shakl- 
lanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashga qator olimlar o‘z 
diqqatlarini qaratib kelmoqdalar.
Tolerantlik tushunchasiga turli soha mutaxassislari ta’rif berib 
o‘tganlar. Jumladan, tolerantlik falsafiy ma’noda — lotincha chi- 
dam, chidamlilik, toqat qilish, kengfe’llik ma’nosida «tolerantia» 
so‘zidan olingan bo‘lib, falsafada bag‘rikenglik, halimlik va xay- 
rixohlik tushunchalarini ifodalaydi.
Psixologik ma’noda tolerantlik bu — individning o‘z asab va 
ruhiy muvozanatini tiklash, muvaffaqiyatli moslashish, adovatga


yoi 
q o 'y m a s l i k
va uni o‘rab turgan olam bilan ijobiy munosabat- 
larni rivojlantirish maqsadida muammoli va inqirozli vaziyatlarda 
tashqi muhit bilan faol aloqa qilish qobiliyatini belgilovchi bir- 
lashma, integral xususiyat sifatida ma’no-mazmun kashf etgan.
0 ‘zga millat vakilini tan olish unda o‘zi uchun aziz boigan 
boshqacha qadriyat, mantiqiy fikrlash, turmush tarzi, madaniyat 
mavjudligini anglab etishdan iboratdir.
Qabul qilish — bu o‘zga din va millat vakilining bizga nisbatan 
farqli jihatlariga ijobiy munosabatda boiish demakdir.
Tushunish esa o‘zga din va millat vakilining ichki dunyosini 
ko‘ra olish, unga o‘zi va o‘zgalar nuqtayi nazaridan yondashish 
demakdir.
Milliy bag‘rikenglik — turli millatga mansub kishilarning bir- 
birlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urf-odati va an’analarini, 
milliy-madaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha’ni, qadr- 
qimmatini, or-nomusini qadrlash orqali amalga oshiradigan o‘ziga 
xos ma’naviy kenglik (bag‘rikenglik)ni anglatadi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə