Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

bevosita diskrimi­
natsiya
va ko‘rinishidan neytral vaziyatga ega, choralar afzalligini 
haqiqatdan ham boshqalarga nisbatan solishtirganda bir odam, 
guruhga berilishiga sabab boigan oqibatlarga dahldor bo‘lgan bil- 
vosita diskriminatsiyani ajrata olish zarur.
Diskriminatsiyani 
tushunish 
uchun 
unga 
beriladigan 
qo‘shimcha tavsiflar mavjuddir. Bular:
Hukmronlik —
odatda ustunlik qiluvchi guruh diskriminatsi­
yani kam sonii bo‘lgan yoki ta’sirga nisbatan kam qarshilik 
ko‘rsatuvchi odam va guruhlarga nisbatan amalga oshiradi. Jami­
yatda odamlar yoki guruhlarning qaysidir jihatdan bir-biridan us­
tunlik qilishi son jihatdan (ko‘pchilik kamchilikka nisbatan mu­
nosabatlarda), hukmronlik jihatdan 
{«yitqori sinf»
vakillari 
«quyi
sinf»
vakillariga nisbatan munosabatlarda) kuzatilishi mumkin. 
Ustunlik qilish orqali bir guruh ikkinchi guruhga nisbatan ular 
hech qanday ahamiyatga ega emasdek munosabatda bo'ladi, ak- 
sariyat hollarda bu guruhda asosiy inson huquqlarining chek- 
Ianishlari kuzatiladi. Kolumbiya Universiteti professori B.A.Ri- 
chardsonning fikriga ko‘ra, 
«diskriminatsiya inson qadr-qimmati
hamda inson huquqlari amalga oshirilayotgan jarayonda ularning
inkor etilishi hisoblanadi».
Pozitiv harakatlar
— pozitiv diskriminatsiya atamasining ilk 
bor kelib chiqishi AQSHda bo‘lib, u yana 
«pozitiv harakat»
nomi 
bilan ham ataladi. U o‘zida amaliy tenglik va diskriminatsiya- 
ning institutsiyalashgan shakliga erishish uchun yo‘naltirilgan 
vaqtinchalik maxsus choralarni ham aks ettiradi.


Institutsional diskriminatsiya
— jamiyatda, tashkilot va idora- 
larda tizimli ravishda tengsizlik hamda diskriminatsiyaga olib 
keluvchi umurniy qabul qilingan qonunlar, siyosat, urf-odat va 
udumlarga taalluqli. Tajribaga asoslangan harakatlar har doim 
juda ham munozarali hisoblanadi. Ular boshqalariga nisbatan 
solishtirganda ma’lum guruhlarga avvalgi tengsizliklar uchun 
maqsadli guruhlar, masalan, ozchilikni tashkil qiladigan etnik 
kelib chiquvchi ayollar guruhiga o‘rnini qoplash-kompensatsiya 
to‘lash va shuningdek hozirgi paytda barcha asosiy erkinlik, ay­
niqsa, ta’lim, mehnat qilish va biznesni boshqarishda amalga 
oshirishga teng imkoniyatlarni yaratishni bildiradi.
Bu kabi «pozitiv diskriminatsiya» ma’lum bir chegaralan- 
gan muddatlarda amalga oshirilib, bunday ko‘rinishdagi afzal 
ko‘rishga e’tibor qaratilishini diskriminatsiya deb hisoblanmas- 
ligini alohida ta’kidlash kerak.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə