Ijtimoiy psixologiya


TolerantИк —  о ‘zgalarning xulq-atvori, e ’tiqodlari va qadri-



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

TolerantИк
— 
о ‘zgalarning xulq-atvori, e ’tiqodlari va qadri-
yat tar ini erkin qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik;
o ‘zgaIarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari,
fikr-mulohazalari, g ‘oyalari va e ’tiqodlariga nisbatan chidamlilik va
bag‘rikenglik; shaxsiy qarash va nuqtayi nazarlardan farqlanuvchi
fik r va mulohazalariga bo‘lgan munosabatdir.
Tolerantlikning psixologik adabiyotlarda o‘rganilishi
Boshqa fan sohalarida boigani kabi psixologiyada ham tole- 
rantlikni kundalik va ilmiy tushuncha sifatida farqlash lozim. 
Biroq hozirgi zamonaviy adabiyotlarda bunday farqni sezish 
mushkul. Tolerantlikka berilgan ba’zi ta’riflar bilan tanishib 
chiqishning o‘zi kishini shunday xulosaga kelishga undaydi. 
Xo‘sh, bu ta ’riflarning asosiy mazmuni qanday? Ular quyidagi 
holatda namoyon boiadi: «qarama-qarshilik sharoitida hamkor- 
lik qadriyati»; «o‘zingning shaxsiy maqsad va qiziqishlaringdan 
farqlilarini qabul qilishing»; «eshitganlaring o‘z dunyoqara-


shingga qanchalik nomutanosib bo‘lmasin, sabr bilan eshitish, 
turli fikrlar bilan hisoblashish qobiliyati»; «tinchlik va xotirjam- 
likka intilish». Yuqorida keltirilgan barcha ta’riflar tolerantlik 
fenomenining ta ’rifi bo‘la oladi.
Tolerantlikning namoyon bo‘lishiga ko‘ra turlari
Turkum
Turlari
Tarkibi
K om ponentlari
Ijtimoiy munosabat as- 
pekti (attityud)ga ko‘ra
Affektiv, kognitiv, 
konativ
Shaxs faolligi kompo- 
nentiga ko4ra
Ehtiyojlar, 
motivlar, 
me ’yorlar, 
qadriyatl i 
yo4nalganlik, 
faoliyat 
stili, shaxsiy mazrnun, 
shaxsiy va ijtimoiy (gu- 
ruhiy) moslik.
Ko^rinishlari
Farqlarga kocra
Avlodlararo, 
jinslararo 
(gender), 
shaxslararo, 
m adaniyatlararo, dinla- 
raro, kasbiy, boshqaruv, 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
tolerantlik
Tiplari
Tolerantlik subyektiga 
ko'ra
Shaxsiy, guruhiy
Tolerantlik obyektiga 
ko'ra
Shaxsiy, guruhiy, shu- 
ningdek situativ (o‘z ichi- 
ga noaniqlikka nisbatan 
tolerantlikni oladi)
Darajalari
Psixikaning funksi- 
yasiga ko'ra
Psixofiziologik, 
psixo- 
logik, ijtimoiy-psixologik
Namoyon bo'lish dara- 
jasiga ko'ra
Past, o'rta, yuqori


Nam oyon bo‘lish 
shakllari
Intolerantlik 
yo'nalishiga ko'ra
G eterointolerant, 
auto - 
intolerant
Ochiqlik darajasiga 
kofcra
O chiq, yashirin
Anglanganlik d ara­
jasiga ko'ra
A nglanm agan, 
anglan- 
gan
Tolerantlik fenomenining differensiyallashgan tushunchasiga 
quyidagilar kiradi:
• tabiiy tolerantlik — yosh bolalarga xos boigan va uning 
shaxsiy «Men» sifatlari assotsiatsiyalashmagan — ochiqlik, meh- 
ribonlik, ishonuvchanlik («А» tipli tolerantlik);
• ma’naviy tolerantlik — insonning tashqi «Men»i bilan as- 
sotsiatsiyalashgan sabr, sabrlilik («В» tipli tolerantlik);
• axloqiy tolerantlik — ichki «Men» bilan assotsiatsiyalashgan 
qabul qilish va ishonch tuyg‘ulari («D» tipli tolerantlik).
Ushbu tolerantlik tiplariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz:
«А» tipdagi tolerantlik — bu boshqa bir insonni so‘zsiz, tabiiy 
ravishda, boricha qabul qilish, unga nisbatan qadrli va aziz mav- 
judod sifatida munosabatda bo‘lishdir. Bunday tolerantlik yosh 
bola hayotida katta o‘rin egallaydi, chunki uning shaxs bo‘lib 
shakllanish jarayoni hali individual va ijtimoiy tajribalarni his 
etishga yetib bormagan.
Tolerantlikning bu turi bolalar psixologiyasi va psixoanalizida 
yetarlicha tadqiq yetilgan. G o‘dak o‘z ehtiyojlariga nisbatan mut- 
laqo sabrsiz — u ochlik, sovuq, emotsional «huvillash»ga nisbatan 
chidamsizdir. U o‘zidagi bazaviy ehtiyojlarning qondirilishini o‘ziga 
xos bo‘lgan qurol — yig‘i bilan talab qilishga moyil. Agar unda 
boshqa «qurol» bo‘lganida edi, u albatta undan foydalangan bo‘lar 
edi. Keyinchalik ota-onalar o‘z farzandlarini sabrlilikka o‘rgatadilar, 
ba’zida esa ayrim kattalar o‘z ehtiyojlarini tezda qondirilishini talab 
etib, «go‘dakligicha» qolib ketadilar.
Tolerantlikning «А» tipi yosh bolalarning o‘z ota-onalarini, 
hattoki ular qattiqqo‘l munosabatda boiganlarida ham — psixo-


logik yoki jismoniy zo‘ravonliklar jarayonida ham mehribondek 
qabul qilinishining asosidir. «А» tipdagi tolerantlikning mavjud 
bo‘lishi yomon munosabatning namoyon bo‘lishidan psixologik, 
subyektiv himoyalanganlik va ota-onalari bilan ijobiy munosa- 
batni saqlashga yordam beradi.
«В» tipdagi tolerantlik shaxs sifatida o‘zini ko‘rsatish uchun 
xarakterli boigan, individning shaxs bo‘lib shakllanish jarayoni- 
ning ixtiyoriy qismi hisoblanadi. Ko‘pincha bu tip katta yosh- 
dagilarga xos ekanligini alohida qayd etish lozim. Tolerant shaxs 
ko‘proq bosiqlikka harakat qiladi, bunda u ko‘pincha himoya 
mexanizmlaridan foydalanadi. Biroq ba’zida u o‘zining hayajon- 
larini, hissiyotlarini, aytmoqchi bo‘lgan noroziliklari va agressi- 
yalarini yashiradi. Shuni aytish mumkinki, ko‘pincha «В» tipdagi 
tolerantlik haqiqiy bo‘lmagan, qisman namoyon bo‘luvchi, shart- 
li, madaniy tolerantlikdir. Ya’ni bu tipdagi tolerantlikka misol 
keltiradigan bo‘lsak, quyidagicha ifodalarni ko‘rish mumkin: «Biz 
sizga sabr qilamiz, chunki ...»; «Sharoit shuni taqozo qiladiki, 
biz sizga chidashga majburmiz, chunki ...»; «Ayni paytda men 
o'zimdek bo‘la olmayman va o‘zimni sabrlidek qilib ko‘rsatib tu- 
rishga majburman ...»; «Men boshqa narsa haqida o‘ylayman, le­
kin buni oshkor aytish ...».
«В» tipdagi tolerantlik — bu berk, yashirin ichki agressiya 
bo‘lib, bunday sabrlilik bir qarashda sabrsizlikdan yaxshiroq boiib 
ko‘rinsa-da, unisi ham, bunisi ham tabiatan bir xil hodisalar hi­
soblanadi. Ularning psixologik asosi bir xil bo‘lib, ular orasidagi 
farq sifat jihatdan emas, faqatgina son jihatdandir. Shuni aytish 
mumkinki, «D» tipdagi tolerantlik — sabrsizlikning teskari tomo- 
ni bo‘lib, inson ustidan turli xildagi zo‘ravonlik, manipulyatsiya, 
uning subyektiv tavsiflarining suiiste’mol qilinishidan iboratdir.
«D» tipdagi tolerantlik inson tomonidan atrofdagilar bilan bir 
qatorda o‘zini ham bir xilda qabul qilishdir. Zo‘ravonlik va ma- 
nipulyatsiyaga qarama-qarshi bunday o‘zaro ta’sir etish boshqa 
inson uchun qadrli bo‘lgan ichki qadriyatlar, hayotning mazmu- 
ni, his-hayajonlariga hurmat bilan qarashni va ularni to‘g‘n


qabul qilishni aks ettiradi. Bu haqiqiy yetuk, asl pozitiv tole­
rantlik bo‘lib, «А» va «В» tipdagi tolerantliklarga nisbatan inson 
haqiqatini chuqurroq va to‘liqroq anglashga asoslanadi.
Bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatdagi o‘zaro sabr- 
sizlik o‘z-o£zidan paydo bo‘lmaydi, bu kattalarning sabrliligi, 
ya’ni tolerantligi oqibatidir. Psixologik tadqiqotlardan m a’lum 
bo‘lishicha, bolaning oiladagi erta psixologik jarohatlanishi, 
doimiy ravishda bolaning individual namoyon bo‘lishini bosib 
borilishi natijasida shaxsning avtoritar intolerantligining rivojla- 
nishiga olib keladi.
Avlodlar o‘rtasidagi nizo — bu, eng avvalo, qadriyatlar tizi- 
mi konfliktidir. Masaian, o‘smirlik yoshidagi ko‘pgina muam- 
molar asosan ularning ota-onasi bilan munosabatdagi sabrsizligi 
bilan bog‘liqdir. Albatta bu sabrsizlik birdaniga yuzaga kel- 
maydi. 0 ‘smirlik davridagi nizolar shunisi bilan qiziqki, tole­
rantlik ko£rinishlari shakllanishining ketma-ketligini inobatga 
olgan holda o‘smirni «kattalarning kattasi» sifatida ko‘rib chiqi- 
shi mumkin. 0 ‘smir katta bo£lib borgan sari uning hayotidagi 
barcha o‘zgarishlar uning uchun yangilik bo‘lib, hali o‘smir to- 
monidan yetarli darajada o‘zlashtirilmagan bo‘ladi. 0 £zining 
sabrsizligi, qattiqqo£lligi, qat’iyatliligida o£smir kattalardan ancha 
o£zib ketadi. 0 £smir «o£z olamida» yashaydi, uning qadriyatlari 
tizimi yaxshilik va yomonlik dualizmiga asoslangan bo£lib, aynan 
ularni atrof-olamga ko£chirishga intiladi; kattalar esa ularning 
ruhiy mavjudlik tomonlarini kuchaytirish o£rniga, ularni ko‘proq 
ijtimoiylashtirishga harakat qiiadilar; buning natijasida rezonans 
yuzaga keladi, ya’ni ota-onasining negativ atmosferasi ta ’sirida 
o£smirda negativizm kuchayib boradi.
Aynan o£smirlik yoshida o£ziga xos «tuynuk» paydo bo£lib, bu 
tuynuk «А» tipdagi tolerantlik bilan «В» tip tolerantlik o£rtasida 
hosil bo£ladi; o£smir endi bola uchun xarakterli bo'lgan «А» tip­
dagi tolerantlikka toqati yo£q va o£z navbatida kattalarga xos 
bo£lgan sabrlilik tolerantligiga ham hali tayyor emas. O'smirlik


suitsidi ak sariy at h o la tla rd a , o ‘s m irn in g « m arg in al to leran tlig i»
kabi c h e g ara la n g a n im k o n iy atlari b ilan iz o h la n a d i.
K a tta la rn in g yosh b o la la r b ila n o ‘z aro m u n o sa b a tid a g i m u a m - 
m o s h u n d a n ib o ratk i, b o lan i em as, o ‘z in i- o ‘zi q abul q ilis h in i, 
y a’ni o ta -o n a la rn in g o ‘z la rin i b irla m c h i qabul q ilish la ri va bu 
n a rsa q a n d a y d ir «soya»ni his e tish n i y uzag a keltiradi.
«D» tip d ag i to le ra n tlik bir q a to r m u lo q o t a m a liy o tla rin in g
o ‘ziga xos xarakterli x u su siy a tla rid a n h iso b lan ib , p six o te ra p e v tik
effektga egadir.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə