Ijtimoiy psixologiya


Tolerantlikning KOGNITIV komponenti



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Tolerantlikning KOGNITIV komponenti.
Bu komponent yaqqol ko‘rinuvchi va ko‘p jihatdan tadqiq 
etilganligi uchun tolerantlik ko‘pincha kognitiv «transkripsiya»da 
tasvirlanadi. Bu yerdagi asosiy jihatlar murakkablik, ko‘p 
o‘lchamlilik, oldindan bashorat qilib bo‘lmasligi, u haqdagi in­
dividual fikrlar tabiatini tan olishdir. Shuning uchun ham u 
haqdagi fikrlarni yagona haqiqatga birlashtirishning imkoni yo‘q. 
Yuqoridagi aspektlar tolerantlik tamoyillari Deklaratsiyasida 
ham ta’kidlab o‘tilgan, unda tolerantlik — bu «eng avvalo biz- 
ning olamni, inson individualligining namoyish bo‘lish shakl- 
lari turlichaligi, boyligini to‘g‘ri anglashimizdir», — deyiladi. 
Tolerantlikning kognitiv komponenti inson tom onidan murak­
kablik va ko‘p o‘lchamlilikni qabul qilish va tushunishdan iborat 
bo‘lib, bular hayotiy haqiqat bilan bir qatorda uni qabul qi­
lish variantlarining turlichaligi, ularni turli insonlar tomonidan 
turlicha baholanishi va tushunilishi, nisbiy va to ‘liq emasligi, 
subyektivligidir. Tolerantlik kognitiv o‘lchamda aynan qarama- 
qarshilik holatlarida namoyon boiadi: fikrlarning to‘qnash keli- 
shi, qarashlarning mos kelmasligi va hokazo. Bu mos kelmas- 
lik plyuralizmni qabul qilish, interpretatsiyalarning boyligidan 
dalolat beradi. Kognitiv intolerantlik tolerantlikning aksi bo‘lib,


m e’yor mavjudligi pozitsiyasidan kelib chiqadi, shuning uchun 
u fikrlarning ko‘p bo‘lish imkoniyatini rad etadi va har qanday 
fikrlar plyuralizmi, insonlarning turlicha nuqtayi nazarlarini 
xatolik, adashish va hatto atayin qarshi chiqish deb baholaydi. 
Tolerantlik shuningdek, shaxsning suhbatdoshi bilan ma’lum 
vaziyat ustidan turlicha fikrlar bildirish imkoniyatini ham ang- 
latadi, kognitiv «nizo» shaxslararo nizoga olib kelmaydi.
Tolerantlikning EMOTSIONAL komponenti.
Tolerantlikda empatiyaning ahamiyati beqiyos va bu fikrni 
deyarli barcha tadqiqotchilar ma’qullagan. Tolerantlikning 
emotsional tashkil etuvchisining ahamiyati shundaki, aynan 
shu o‘lchov kommunikativ jarayonda suhbatdoshlarni o‘zaro 
umumiylikka erishishlari, uzilgan insoniy aloqalarni tiklash- 
lari imkonini beradi. Bundan tashqari empatiya suhbatdoshlar 
o‘rtasidagi kognitiv yoki xulq-atvor tekisligida yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yoki yum- 
shatish imkonini beradi. To‘liq empatiya bebaho va bu ma’noda 
mazmunan tolerantdir. Emotsional komponentning alohida 
tashkil etuvchisi sifatida emotsional barqarorlikning o'ziga xos 
ko‘rinishi — «affektiv tolerantlikni» aytish mumkin. Lining 
mazmuni emotsional tolerantlikni, og‘riqli hislarni sabr bilan 
yengish va hokazo. Tolerantlikning ushbu ko‘rinishining boshqa 
bir aspekti o‘zga kishining turli emotsional ko‘rinishlariga sabrli 
munosabatda bo‘lishi bilan bog'liq. Rivojlangan affektiv tole­
rantlik insonga shaxsiy emotsional jarayonlari bilan bir qatorda 
boshqa insonlarning his-hayajonlarini yaxshiroq anglashga, 
asabiylashmay va ulardan yomon ma’no izlamay qabul qilishga 
yordam beradi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə