Ijtimoiy psixologiya


Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Shaxslararo munosabatlarda stigma va diskriminatsiyaning
namoyon bo‘lishi
Diskriminatsiya va stigma har bir jamiyatda, har bir guruhda 
mavjud bo‘lib, shaxsning me’yorl hayot kechirishi, uni ushbu ja ­
miyatda o‘z o‘rnini topishi, mavqega ega bo‘lishiga bevosita o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi. Ayrim hollarda esa inson huquqlari buzilishi- 
ga va eng yomoni uning himoyalanmay qolishiga olib keladi. 
Aksariyat hollarda bunday cheklovlarga ijtimoiy zaif guruh va-


killari (ayollar, homiladorlar) yoki xavfli guruhga mansub shaxs- 
lar (giyohvandJar, OIV bilan kasallanganlar, sil kasalligi borlar), 
shuningdek, yoshlarga nisbatan munosabatlardagi tafovutlarda 
kuzatilishi mumkin.
Shaxslaro munosabatlar tizimida uchraydigan shaxsga tegishli 
yana bir xulq-atvor turi stigmalash holatidir. Bu atama qadimgi 
yunon tilidan olingan boiib, stigma — «belgi», «dog1» ma’nolarini 
ifodalaydi.
«Men» — konsepsiyaning inson xulq-atvoriga ta’siri borasi- 
da tadqiqot olib borgan Djenifer Kroker va Brenda Mayorlar 
o‘tkazgan ko‘p yillik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, badanida turli 
chandiqlar, teri patologiyalari, ko‘zga tashlanadigan badbashara- 
liklar va shu kabi stigmalarga ega boigan kishilarning jamiyat- 
dagi xulqi o‘ziga xos bo iar ekan. Ulardagi jismoniy kamchiliklar 
boshqa insonlarning rahmini keltirishi yoki ularda qo‘rquv hissini 
keltirib chiqarishi mumkin boiib, bunday odamlar o‘z kamchi- 
liklarini ataylab hammaga ko‘z-ko‘z qilishlari mumkin ekan. Bu 
bilan ular o‘z kamchiliklari orqali o‘z «Men»ini namoyon etish- 
ga urinadilar, chunki stigmali insonlarning «Men» konsepsiyasi 
markazida aynan o‘z stigmasini anglash turadi.
Yana bir narsaga e'tiboringizni qaratamiz, stigmalangan o‘z- 
o‘zini anglash faqatgina qandaydir tashqi kamchilikka ega inson- 
larda emas, balki umuman nimasi bilandir boshqalardan ajralib 
turuvchi insonlarda ham shakllanishi mumkin. Albert Megrab- 
yanning fikricha, aholisining ko‘pchiligini oq tanlilar tashkil 
qiladigan AQSHda qora tanlilarda stigmalangan o‘zini anglash 
shakllanib qolar ekan. Chunki ko‘pchilikni tashkil qiluvchi oq 
tanlilar ularga o‘z salbiy fikrlarini noverbal kommunikatsiya ka- 
nallari orqali yetkazib turadilar. Shu yoi bilan milliy yoki irqiy 
jihatdan kamchilikni tashkil qiluvchi insonlarda yoshligidanoq 
stigmalangan o‘z-o‘zini anglash shakllanadi.
Bundan tashqari shaxs xususiyatlarida kamchiligi boigan 
insonlarda ham stigmali o‘zini anglash shakllanishi mumkin
o‘zida biror-bir ustunlikni ko‘rmagandan keyin ular o‘z ruhiy


kamchiliklarini ro‘kach qilib, shu bilan faxrlanib yurishi mumkin 
(Payns E., Maslach K., 2000). Albatta inson xulq-atvorini faqat- 
gina «Men» konsepsiyaning tarkibi emas, balki, o‘z-o‘zini ang- 
lashning u yoki bu funksiyasi rivojlanganligi ham determinatsi- 
yalaydi. Biroq bizga omma psixologiyasi bo‘limidan shu narsa 
ma’lumki, inson xatti-harakatining juda kam qismi ongli bo‘lib, 
katta qismi anglanmagan mayllar bilan shartlashadi. Shu sababli 
ongsizlikka singib ketgan stigmalar xohlaymizmi-yo^mi, bizni 
boshqarishi mumkin. Albatta bu qarash hozirda ko‘p munozara- 
larga sabab bo‘layotgan bo‘lsa-da, ma’lum bir toifadagi insonlar 
uchun o‘rinlidir.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə