Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/80
tarix07.02.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#100325
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
Ijtimoiy psixologiya (2)

Ijtimoiy o ‘zaro almashm.
Bu yo‘nalish tarafdorlarining flkri­
ga ko‘ra jam iyatda h ar qanday shaxslararo m unosabatlar zam ini- 
da o‘zaro m anfaatdorlik yotadiki, shunga ko‘ra A ltruizm — bu 
m ehr-m uhabbat, hurm at, g‘am xo‘rlik, oqibat kabi psixologik 
hissiyotlarni o‘zaro almashishdir. Ya’ni altruistik harakat qila- 
yotganda kishi buning evaziga o'ziga albatta shunday munosabat 
qaytishini kutadi. Odatda, bunda «kamroq berib» «ko‘proq olish- 
ga» m o‘ljallab altruistik harakat qilinadi. M asalan, otrtog‘i uchun


qayg‘urayotgan (kechikayotgan o‘rtog‘ini «hozir kelib qoladi», deb 
oqlayotgan) talaba, o‘rtoqlaridan o ‘ziga nisbatan xuddi shunday 
munosabatlarni kutadi. Hatto bunday munosabat qaytarilm asa, 
undan xafa ham bo‘ladi.
Niqoblangan egoiz.m
-Bu nazariya tarafdorlari n in g ta’kidlashicha, 
altruistik harakat qilayotganda kishi o‘ziga baho berish, o‘ziga 
bo'lgan ishonch yoki hurm atning asosida yotgan ehtiyojlarni 
qondiruvchi o‘zidan qoniqish va g‘ururlanish kabi hissiyotlarni 
boshidan kechiradi. Bu esa odamga juda katta psixologik kuch 
beradi. Masalan, eridan bitta farzand bilan beva qolgan yosh 
ayol turm ushga chiqmaydi. Uni altruist deymiz. «Bechora bolasi 
uchun gulday hayotini qurbon qildi», deb qo‘llab-quvvatlaymiz. 
Lekin chuqurroq tahlil qilinsa, asosiv sabab: ona turm ushga 
chiqsa va o‘gay ota bolasiga yomon munosabatda bo‘lsa, birinchi 
navbatda onaning o ‘zi bezovta bo‘ladi, qiynaladi. Ya’ni altruis­
tik xulqning asosi olzining xotirjamligini ta ’m inlashdir. (F ar­
zand xursand b o isa, o ‘zi xursand bolladi, xotirjam b oiadi.) Yoki 
boshqa bir misol. Talaba uy vazifasini bajarmagan o‘rtog‘iga daf- 
tarini ko‘chirish uchun berib turdi. Bu bilan u go‘yoki o ‘rtog‘iga 
m anfaat kutmagan holda yaxshilik qildi, lekin buning asosida 
shu o‘rtog‘i uchun sevimli bo‘lish istagi yotmaydi, deb ham aytib 
bo‘lmaydi.
Ikkinchi nazariya tarafdorlari birinchi nazariyaga alternativa 
sifatida chiqishadi va ular altruistik xulqning asosida hech qanday 
manfaatdorlik yotmaydi, degan fikrni ilgari surishadi. Ular altru­
istik xulqni tushuntirishda quyidagicha nuqtayi nazarlarni tak lif 
etishadi:
1. Empatiya nazariyasi. Bunda altruistik xulqdagi kishi tabiiy 
holatda, o‘zi ham anglam agan holda boshqalar uchun qayg'urish 
va g‘amxo‘rlik qilishga moyil bo‘ladi. Bunday odam lar qiynala- 
yotgan kishilarni ko'rsa, o ‘z-o ‘zidan altruistik xulqni namoyon 
qiladilar.
2. Ijtimoiy m e’yortiv nazariya. Bu nazariya tarafdorlari- 
ning fikricha, kishi ijtimoiy rol va ijtimoiy m e’yorlarni yaxshi


o‘zlashtirganlari uchungina altruistik xulqni namoyon qiladi. 
Bunday odam lar sirasiga ayniqsa m a’lum bir dinga e ’tiqod qiluv- 
chilar, jam iyatda mavjud bo‘lgan m a’lum bir qadriyatlarga, ijti­
moiy m e’yorga qat’iy amal qiluvchilar kiradi. М.: Transportda o‘zi 
charchagan yoki kasal bo‘lsa-da, o‘zidan kattaga joy bo‘shatish, 
kim ningdir yukini ko‘tarishib yuborish va h.k.
Bundan tashqari altruistik xulqni tushuntirishda quyidagi 
yo‘nalishga asoslanuvchi nazariyalar ham mavjud. U lar altruistik 
xulqning asosida qanday mohiyat yotganligiga ko‘ra quyidagilarni 
ajratib ko'rsatishadi:
A ltruistik xulqni namoyon qilayotganda 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə