Ijtimoiy sohaga oid investitsiya loyihalarni moliyalashtirishning xorij tajribasi va mamlakatimizda ularni



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#136387
1   2   3   4   5   6   7
ijtimoiy-sohaga-oid-investitsiya-loyihalarni-moliyalashtirishning-xorij-tajribasi-va-mamlakatimizda-ularni-qo-llash-imkoniyatlari

 
KIRISH 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash, 
ustuvor 
tarmoqlarni 
texnik-texnologik 
qayta 
qurollantirish, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, mamlakat eksport 
salohiyatini oshirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga 
oshirishni investitsiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda 
investitsiya jarayonini takomillashtirishga jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. Chunki investitsiyalar 
iqtisodiyotning o’sishini, ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlovchi muhim omildir. 
Investitsiyalarni faol jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida iqtisodiyotda 
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini soni oshib bormoqda. Respublikamizda bozor 
iqtisodiyoti turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi subyektlarni 
ko’paytirish, jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish va boshqaruv 
faoliyatining rivojlanishini, ijtimoiy soha ham rivojlamishiga olib keladi. Shuningdek, 
iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini hayotga 
tadbiq etish va ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini qidirib topish talablarini 
keltirib chiqardi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
48 
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 
yanvardagi 
PF-60-sonli 
Farmoni bilan “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi 
O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining” ning qabul qilinishi shubhasiz mamlakatimiz 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo‘nalishi 
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish suratlarini ta’minlashning ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan bo‘lib, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash 
hamda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, tarkibiy o‘zgartirishlarni 
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish borasida keyingi 5 yilda amalga oshirilishi 
zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan.. O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan 
investitsiya dasturi va investorlarning o‘z mablag‘larini kiritishlarini kafolatlovchi huquqlar, 
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish natijalari, ularni moliyalashtirishga asos boʻluvchi omillar 
va moliyalashtirish usullari, manbalari, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash 
maqsadida amalga oshirilayotgan qator investitsiya loyihalari va ularga xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilish shakllari yoritib berilgan. Investitsiya loyihasi o‘zaro bog’liq boʻlgan tadbirlar 
majmuidan iborat boʻlib, cheklangan davr davomida, belgilangan byudjet hisobidan, qo’yilgan 
vazifalarni hal qilishga qaratilgan aniq maqsadni nazarda tutadi. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi bandida keltirilgandek; 
investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, 
eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish to’g’risida takliflar berilgan. 
Shu jahatdan ham O‘zbekiston sharoitida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tashkil etish va 
ularni boshqarish yoʻllarini aniqlash eng muhim vazifalardan hisoblanadiki, aynan mana shu 
masala mazkur malakaviy ishning hozirgi paytdagi ahamiyati va dolzarbligini tasdiqlab beradi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə