Ijtimoiy sohaga oid investitsiya loyihalarni moliyalashtirishning xorij tajribasi va mamlakatimizda ularni


-jadval  Germaniya ishchilarining ma’lumot darajasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#136387
1   2   3   4   5   6   7
ijtimoiy-sohaga-oid-investitsiya-loyihalarni-moliyalashtirishning-xorij-tajribasi-va-mamlakatimizda-ularni-qo-llash-imkoniyatlari

2.1-jadval 
Germaniya ishchilarining ma’lumot darajasi. 
Universitet bitiruvchilari 
18 % 
Maxsus o’quv yurtlari bitiruvchilari 
10 % 
Ikki mutaxassislikga ega ishchilar 
54 % 
Mutaxassislikga ega boʻlmaganlar 
18 % 
Germaniyada asosiy ishchilar sinifi malakali kadrlar boʻlishi ijobiy holat boʻlib, bu bilan 
hamohanglikda innovatsiyalarga intiluvchanlik Yevropada eng yuqoridir. Bu Germaniyaning 
inovatsion texnologiyalarga katta miqdorda investitsiya kiritilishidan dalolat beradi. 
Birgina 2021-yilda Germaniyada ilmiy tekshirish va tadqiqotlarga investitsiylar 75 mlrd 
yevroni tashkil etdi. Bu Fransiya va Buyuk Britaniyaning birgalikdagi summasi bilan tengdir. 
Germaniyaning hududlarini umumiy olganda ilmiy tadqiqotlarga va boshqa turdagi eng ko’p 
investitsiyalar Shimoliy Reyn-Vestfaliya oʻlkasiga qilinadi. Butun Germaniya investitsiya 
sarmoyalarining 28.5% aynan ushbu federal hudud hissasiga to’g’ri keladi. Bugungi kunda 
Shimoliy Reyn-Vestfaliya oʻlkasida 18000 dan ortiq chet el kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. 
Masalan; 3M, British Petrolium, Ericsson, Ford, LG Electronics, QVC, Sony, Toyota va 
Vodafone. 
2021-yilda Butun Germaniya bo‘yicha 666 mlrd yevro investitsiya qilingan boʻlsa, 
shuning 189.8 mlrd yevrosi aynan ushbu federal hududga qilingan. Bu Shimoliy Reyn-Vestfaliya 
federal hududining investitsiya muhiti jozibadorligi yuqori darajada ekanligidan dalolatdir. 
Bunga ushbu federal hududning rivojlangan qoʻshni mamlaktlar Gollandiya, Belgiya, 
Lyulsemburg va Fransiyaning ta’sir etuvchi iqtisodiy moliyaviy omillari ham Shimoliy Reyn-
Vestfaliyani investitsion jozibador boʻlishiga sabab boʻlmoqda. 
2.2-jadval 
Germaniya hududlari bo‘yicha 2021-yilda amalga oshirilgan investitsiyalar. 
Hudud nomi 
Investitsiya summasi (mlrd EUR) 
Shimoliy Reyn-Vestfaliya 
189.8 
Gessen 
114.3 
Bavariya 
111.6 
Baden Vyurtemberg 
64.5 
Berlin 
25.7 
Janubiy Saksoniya 
21.1 
Yuqoridagi jadvaldan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, Germaniya investitsiya muhiti 
yaxshi yoʻlga qo’yilganligidan dalolat beradi. Asosiy uch federal hudud; Shimoliy Reyn-
Vestfaliya, Gessen, va Bavariya eng yuqori miqdordagi investitsiyalarni jalb qilgan. 2015-yildan 
buyon Yevropa mamlakatlarida investitsiya oqimi pasaygan boʻlsada, Germaniya investitsion 
faoliyat uchun jozibador boʻlib bormoqda. Yuqorida keltirib o’tkanimdek Shimoliy Reyn-
Vestfaliya Yevropa qit’asida investitsiya jalb qilish bo‘yicha birinchi o’rinni egallab, yuqori 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
53 
natijalarni qayd etmoqda. Ushbu federal hudud asosan moliyaviy investorlar uchun yuqori 
investitsion jozibadorlikga ega boʻlmoqda. 
XULOSA
Investitsiyalar oqimining dunyo bo‘ylab kuchayishi sharoitida Turkiya kabi rivojlangan 
davlatni investitsiya loyihalarini boshqarishda amaldagi tahlili natijasida quyida xulosaga 
kelindi: 
Xulosa o’rnida rivojlangan davlatlarda, sarmoya asosan sanoat ishlab chiqarilishiga 
yo’naltirilgan. Chunki sanoat tarmog’ida barcha mashinasozlik va mexanik qurilma 
texnologiyalari, binolar va turli konstruktiv texnologiyalar, yer osti boyliklarini qazib olishni 
yuqori koefitsientini o’sishini ta’minlab beradi. Sanoatga investitsiyalar esa, boshqa tarmoqlarga 
qaraganda nisbatan risklilik darajasi pastroqdir.Rivojlangan mamlakatlarning investitsion 
jozibadorligini oshirishda moliya bozoriga ham urg’u berayotganligini muhimdir. Turkiya 
moliya bozorining umumiy kapitalizatsiyasi salkam 30 trillion AQSh dollariga yetganligini 
ko’rishimiz mumkin. Investorlarni jalb qilishda axborot texnologiyalari sohasi yetakchi 
qatorlarga chiqmoqda. Bu borada Turkiyani yaqqol peshqadam desak mubolag‘a boʻlmaydi. 
Shuni qoʻshib o’tish lozimki, Yuqoridagi Turkiya davlati tajribasi shuni ko’rsatidiki, 
O‘zbekiston ham xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishni istasa. Buning uchun birinchi 
navbatda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashi va xorijliklar uchun qulay, 
yumshatilgan moliyaviy muhit yaratishi lozimdir. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə