Ijtimoiy sohaga oid investitsiya loyihalarni moliyalashtirishning xorij tajribasi va mamlakatimizda ularni



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#136387
1   2   3   4   5   6   7
ijtimoiy-sohaga-oid-investitsiya-loyihalarni-moliyalashtirishning-xorij-tajribasi-va-mamlakatimizda-ularni-qo-llash-imkoniyatlari

TADQIQOT NATIJALARI 
Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy sohaga
 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning 
amaldagi holatini Turkiya Respublikasi misolida ko`rib o`tadigan bo`lsak, Turkiya Respublikasi 
janubi-sharqiy Yevropa va g’arbiy Osiyoda joylashgan mamlakatdir. Turkiya geografik jihatdan 
qulay hududda joylashganligi sababli ko’plab savdo yoʻllari uning hududidan o’tgan, shu sababli 
bugungi kunda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan industrial mamlakat hisoblanadi. Bugungi kunda 
Turkiya dunyoda iqtisodiy qudrati bo‘yicha 13-o’rinda turuvchi mamlakat boʻlib, 2022-yil 
yanvar holatiga ko’ra Turkiya YaIMsi 2085$ trlnni tashkil etgan. Aholi jon boshiga esa 25776$ 
to’g’ri kelgan. Asosiy savdo hamkorlar boʻlib Rossiya 11.3%, Germaniya 9%, Xitoy 9% Iroq 
7.1%, Eron 6.5%, AQSh 6%, Buyuk Britaniya 5.7%, Italiya 5.6% va BAA 5.4% hisoblanadi. 
Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, kemasozlik, elektronika, bank, tekstill, metalurgiya
konchilik, qishloq xo’jaligi va qurilish sanoati yaxshi rivojlangan.
Turkiyada 2000-yillarda boshlangan liberiallashtirish islohotlari natijasida iqtisodiyot 
gurkirab rivojlana boshladi va bugungi kunga kelib Turkiya investitsiya muhiti, dunyoda xorijiy 
investitsiyalarni jalb qiluvchi yirik markazlardan biriga aylandi. Ushbu islohot yillarida Turkiya 
YaIMsida qishloq xo’jaligi maxsulotlarining ulushi 12.2% ga kamaydi, ishlab chiqarish sanoati 
33% ga va xizmat ko’rsatish 59.1% ga o’sdi. Xizmat ko’rsatishda ayniqsa turizm juda tez 
rivojlandi. 
1-jadval 
Turkiya YaIM sohalar ulushi (2014-2022) .


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
49 
Yil 
Qishloq xo’jaligi 
Sanoat 
Xizmat ko’rsatish 
ulush (%) 
ulush (%) 
ulush (%) 
2014 
10,0 
32,8 
54,7 
2015 
8,9 
33,1 
55,6 
2016 
9,3 
32,5 
56,5 
2017 
10,1 
31,2 
58,3 
2018 
9,4 
32,5 
57,5 
2019 
9,2 
32,9 
57,4 
2020 
9,3 
32,8 
57,7 
2021 
9,2 
32,7 
58,4 
2022 
8,8 
32,9 
59,1 
Mamlakat siyosatining g’arb mamlakatlarga yo’naltirilishi va rivojlangan iqtisodiyotlarga 
integratsiyasi Turkiya hukumatini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etishga jiddiy e’tibor 
qaratdi. Shuningdek Turkiya investitsiyaga oid qonunchilikni ham yumshatdi. Bu o‘z navbatida 
sanoat va xizmat ko’rsatish,ijtimoiy sohasini qisqa vaqt ichida rivojlanishiga olib keldi. Biroq 
qishloq xo’jaligi sezilarli darajada pasaydi. Turkiya investitsiya to’g’risidagi qonunchiliklarga 
ko’ra, hukumat quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: 
- mamlakatga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish, 
- investorlar huquqini himoya qilish
- xalqaro qonun meyorlariga muvofiq investorlar faoliyatini ta’minlash, 
- to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etsihda yanada yengil yoʻllari va jarayonlarini 
shakllantirish.
Turkiyada yuqoridagi huquqiy meyorlardan tashqari, 75 ta davlat bilan investorlarni 
himoya qilish borasida ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar mavjud. Turkiyada bugungi 
kunda 274 ta erkin iqtisodiy hududlar mavjud boʻlib, EIHlar tarkibi quyidagicha (44 ta 
texnopark, 211 ta tashkillashtirilgan ishlab chiqarish hududlari, 19ta erkin hududlar).
2021-yil yakuniga ko’ra Turkiyada faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar soni 49900 
tani tashkil etgan. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə