Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: jumaboyeva ch



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix01.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-G Fizika Jumaboyeva Ch

2.1. Optik aberratsiyalar 
Optik sistemalarning aberratsiyalari (lot. aberratio - og‘ish), optik tizimlar 
tomonidan berilgan tasvirlardagi xatolar — ular ba’zi hollarda optik tasvirlarning 
unchalik aniq emasligi, ob’yektga to‘liq mos kelmasligi yoki rangli bo‘lib chiqishi 
bilan namoyon bo‘ladi. Eng muhimi shundaki aberatsiyaning quyidagi turlari: sferik 
aberratsiya optik tasvirning kamchiliklari bo‘lib, optik o‘q yaqinida o‘tgan yorug‘lik 
nurlari va optik tizimning o‘qdan uzoqda joylashgan qismlaridan o‘tgan nurlar 
(masalan, linzalar) birgina nuqtada yig‘ila olmaydi. Sferik aberratsiyalarni maxsus 
mo‘ljallangan linzalar birikmalari yordamida deyarli butunlay yo‘q qilish mumkin. 
Agarda difraksiya hodisalami inobatga olmasak, biz ideal optik sistemadan 
kuzatilayotgan narsaning har bir nuqtasi uchun tasvirda aynan yagona bir nuqta mos 
kelishini (yorug‘lik dastasining gomo—sentrikligi sharti), xususan, har bir nuqtaviy 
manba o‘lchamga ega bo‘lmagan nuqta (stigmatik tasvir) bo’lib tasvirlanishini talab 
qilishimiz mumkin. Astronomik amaliyotda gomosentriklik sharti quyidagichadir: 


obyektiv (ko‘zgu)ga tushayotgan yassi to’lqin Q sferik to’lqin S ga aylantiriladi
uning markazi Φ aynan tasvirlanayotgan nuqtaviy obyekt tasviri o‘rnidir. Amalda 
esa, ayrim xususiy hollardan tashqari, optik sistema berayotgan tasvir stigmatik 
bo’lmaydi, nuqta tasviri qandaydir chekli o’lchamlarga ega bo’ladi, ya’ni optik 
sistemaning aberratsiyalari deb nomlanuvchi qandaydir buzilishlar yuzaga keladi. 
Geometrik ko‘rinishda bu quyidagi holga to‘g‘ri keladi: obyektiv yoki ko‘zgu bilan 
o‘zgartirilgan yassi to’lqin sfera bo’lmay qoladi; uning sirtiga normal bo‘yicha 
nurlami o‘tkazib, ular kesishgan joyda aberratsiya bilan buzilgan hajmli tasvir paydo 
boigan fazoning butun bir sohasini topamiz. Amaliy hamda nazariy optikada 
aberratsiyani qandaydir ma’lum chegaradan kamaytirish maqsad qilib qo‘yiladi, 
difraksiyadan qutulib bo’lmasligi tufayli bu chegarani difraksion tasvir o’lchamlari 
bilan bog’lanadi. Olingan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, agar to’lqin fronti sistema 
fokusi markaziga ega sfera S dan chetlashishlari ta’sir etayotgan to’lqin uzunligi λ 
ning choragidan,ya’ni 1/4λ Reley mezonidan oshmasa, sezilarli bo’lmaydi. Birinchi 
darajali optik sistemalar bu shartni qanoatlantiradi [4]. 
Optik sistemalardagi eng asosiy aberratsiyalar ikki turga, ya’ni, geometrik va 
fizik aberratsiyalarga taqsimlanadi; fizik aberratsiyalar turiga xromatik aberratsiya 
kiradi. Yulduzlar nuqtasimon yorug‘lik manbalaridir hamda teleskoplarning fokal 
tekisligida ularning tasviri qancha kichik bo‘lsa, tasvirning yorug‘ligi shuncha 
yuqori bo‘ladi. Biroq teleskopning optik qismlari va sirtlaridan nurlar o‘tayotganda 
va qaytayotganda o‘z yo‘nalishlarini har xil o‘zgartiradi. Buning sababi optikada 
aberratsiya (yorug‘lik nurini egilishi, chetlashishi) hodisasidir. Fizik laboratoriyada 
nuqtasimon manba qaralmaydi, shuning uchun optika kursida linzaning nuqsonlari 
ko‘p hollardagina sanab o‘tiladi xolos, ularni kamaytirish yo‘llari ham qaralmaydi. 
Astrofizikada kuzatish-tekshirishlarning samaradorligi bu nuqsonlarni kamaytirish 
bilan bog‘liq. Bu nuqsonlarni to‘la bartaraf etib bo‘lmaydi va kichik teleskoplarda 
buning keragi ham yo‘q bo‘lishi mumkin. Sababi shundaki kichik teleskop (D<1 m) 
da aberratsiya tufayli tasvirni kengayishi difraksion gardishchadan kichik bo‘lishi 
mumkin. Sferik sirtga ega ob’ektivga tushayotgan yassi to‘lqin fronti undan o‘tgach 
(agar botiq ko‘zgu bo‘lsa, qaytgach) sferik to‘lqin frontiga aylanishi kerak, biroq bu 


shart bajarilmaydi. Bunday ob’ektivdan o‘tgan to‘lqin uning aberratsiyalari tufayli 
sferik sirtdan chetlashadi va natijada hosil bo‘lgan yulduz tasvir nuqtasimon 
bo‘lmaydi, u biroz kengayadi. Yuqorida biz ta‘kidlagan teleskop ob’ektivi chetida 
yorug‘lik difraksiyasi tufayli yulduz tasviri ma’lum kattalikdagi gardishcha shaklda 
bo‘ladi va buni bartaraf etib bo‘lmaydi degan edik. Endi esa aberratsiya ham yulduz 
tasvirini kengaytirishi mumkinligini ko‘rib turibmiz. Aberratsiyalarni kamaytirish 
yo‘llari ko’plab ishlab chiqilgan. Demak, teleskoplarni shunday yasash kerakki 
ularda aberratsiya tufayli kengaygan yulduz tasviri shu teleskopda yulduzning 
difraksion tasviridan katta bo‘lmasin. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu shart bajarilishi 
uchun ob’ektivdan o‘tgan (qaytgan) to‘lqin frontni sferadan chetlashishi 

amaldagi 
nurlanish to‘lqin uzunligining to‘rtdan (sakkizdan) biridan (
4



) oshmasligi 
kYerak bo‘ladi. Bu shart 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə