Ilmiy tadqiqot metodlari va usullari. Reja: Ilmiy tadqiqоt jarayonining asоsiy tushunchalari. Fan va ijоd, mеtоd va mеtоdоlоgiya



Yüklə 31,98 Kb.
səhifə6/10
tarix18.05.2023
ölçüsü31,98 Kb.
#111032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 мавзу

Sintez (ajratib olish) – analiz tufayli ajratilgan bo`laklar, tomonlar, qismlar, 
elementlarni o`zaro biriktirib, ularni bir butun holga keltirishdir. Sintez metodi 
tadqiqotchiga butunning bo`laklari, qismlari, tomonlari, elementlari o`rtasidagi va 
ularning butun bilan bo`lgan aloqa va bog`lanishlarini bilishga imkon beradi. 
Analiz bilan sintez tadqiqot jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy 
amalning ikki tomonidir, ular bir-biri bilan bog`liq va bir-birini to`ldiradi, 

ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi, chunki tabiat va jamiyatda hamma 


jarayonlar ko`p tomonlamadir. 
Ilmiy tadqiqotlarda empirik, elementar-nazariy, tarkibiy-genetik, analiz va 
sintez metodlari qo`llaniladi. 
Tadqiqotchi o`rganayotgan predmet yoki xodisalari ustida olib borgan 
kuzatish va eksperimentlari, analiz va sintezlari asosida hosil bo`lgan 
empirik faktlar va ma`lumotlarni o`z tafakkurida umumlashtiradi
abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan 
bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi. 
Ilmiy 

bilishning 


umumlashtirish, 
abstraktlashtirish 
va 

konkretlashtirish metodlari faqat tafakkur jarayoniga oid bo`lib, ular ilmiy 


tadqiqotlarning nazariy darajasiga xosdir. 


Umumlashtirish - bu tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet 
yoki hodisalarga xos bo`lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda 
e`tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo`lgan birorta belgi yoki 
xususiyatni mavxum xolga keltirishdir


Abstraktlashtirish – tekshirilayotgan ob`ektlarning hususiy, 
unchalik e`tiborga molik bo`lmagan jihatlarini soqit qilib, uning mohiyatini 
ochib beruvchi hossalarini ajratish va o`rganishdir. 
Abstraksiya vositasida tafakkurning umumlashtirilgan natijalari 
shakllantiriladi, ular fikran boshqa xodisalar ichidan ajratib olinadi, bu esa 
ular orasidagi bog`lanishlarni tadqiq etish imkonini beradi. 



Yüklə 31,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə