Informatika fanidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish usullari



Yüklə 209,42 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü209,42 Kb.
#166340
  1   2   3
Metodika mustaqil ish


Mavzu: Informatika darslarida bilimni tekshirish usullari

Reja


  1. Informatika fanidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish usullari.

  2. Informatika darslarida o'quvchilarning bilim faolligini rivojlantirish

  3. Informatika darslarida muammolarni o'rganish elementlari informatika darslarida qo'llaniladigan maxsus uslubiy metodlar

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar. Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 5 qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jaxonning ilg’or yutuqlarini e'tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va etuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. O’zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab o’tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo'lajak o'qituvchilar shahsiga qo'yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma'naviy barkamollik deb belgilash mumkin”. O'quvchilarning informatik bilimlarini o'z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo'llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidir. Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir. O’quvchi bilimi, malaka va mahoratini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining muhim tuzilishi komponentidir va butun o’quv yili davomida sistemali izchillik va ta’limning puxtaligi printsiplariga muvofiq olib boriladi. SHu bilan bilimni tekshirish va baholash turlari mavjud. Qanday yechilayotganiga, ya’ni o’quvchi qanday bilimgamalaka va mahoratga, dunyo qarashi va axlokiy-estetik qarashlar holda ijodiy faoliyatiga ega ekanligiga e’tibor qaratish muhim. Asl moxiyati yana o’quvchini o’qishga qanday munosabatda bo’lishiga, qanday shug’ullanyapti va hokazalarga bog’liq. Bularning barchasi bilimni tekshirish va baholashning turli usullarini qo’llashning zarurligini ko’rsatadi. Informatika bo’yicha bir davrda o’quvchilar bilimini joriy nazorat qilishning turlarini klassifikatsiyasini ko’rib chiqamiz:
–ogzaki so’roq,
–uyishi,
–o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuzatish,
–laboratoriya ishi nazoratining ijodiy shakli.
O’quvchilarning bilimini nazoratning qiziqarli shakllari sifatidaturli informatikadan referatlar, krossvordlar, rebuslar taklif qilish mumkin.
Oraliq nazorat joriyga qaraganida ko’proq mustaqil nazorat turi.Unda o’quv dasturlarini va aniq o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur hisobga olish imkoniyati bor. Oraliq, joriy vayakuniy nazoratning turli maqsadlari ularning turli funktsiyalarida o’zaksini topadi. Oraliq nazoratning quyidagi funktsiyalari bor: o’quv faoliyatining samara darajasini (baxolash) tekshiruv, diagnostik(orqada qolish sabablarini e’lon qilish); tashkiliy (qo’llanilayotganmetodlar samaralari); tarbiyaviy-motivatsion (oraliq nazorat natijalari bilan o’quvchilarning o’zlarini o’zlari baholashni mustahkamlash.) Oraliq nazoratning maqsadi o’quvchilarning o’quv sohasida ma’lumbir mavzularining o’zlashtirilgaligini tekshirish. Oraliq nazorat o’qituvchi tomonidan og’zaki va yozma shaklda o’tkazilishi mumkin. Informatikadan oʻtkaziladigan sinfdan tashqari darslarning mazmuni dars mashg'ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan boʻlishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg'ulotlar dars mashg'ulotlarining mantiqiy davomi boʻlib xizmat qila oladi. Maktab tajribasida informatikadan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: viktorina, tanlov, olimpiada, informatikadan devoriy gazetalar, toʻgarak va boshqalar. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar haqida ma’lumotlar Informatikadan sinfdan tashqari mashg'ulotlar deganda oʻquvchilarning Informatikadan bilitmlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashldl qilingan mashg'ulotlarni tushunamiz. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi oʻquvchilardagi fanga boʻlgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini toʻldiruvchi biilm, malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirishdan iborat. Shuning uchun sinfdan tashqari ishiarning turli shakllaridan foydaianish mumkin. Quyida ana shunday mashg'ulot shakllari haqida toʻxtalamiz. Informatikadan viktorinalar Informatikadan viktorinalar ma’lum tema, boʻlim, yoki umuman Informatikaga doir masalalar boʻyicha savol-javob oʻyini boʻlib, koʻp vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi. Informatikadan viktorinalar 10-20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyodangan 5-6 savolga og'zaki yoki yozma javob olinadi. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi oʻquvchilardagi fanga boʻlgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini toʻldiruvchi biilm, malaka va koʻnikinalar bilan qurollantirishdan iborat. Shuning uchun sinfdan tashqari ishiarning turli shakllaridan foydaianish mumkin. Quyida ana shunday mashg'ulot shakllari haqida toʻxtalamiz. Informatikadan viktorinalar Informatikadan viktorinalar ma’lum tema, boʻlim, yoki umuman Informatikaga doir masalalar boʻyicha savol-javob oʻyini boʻlib, koʻp vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi. Informatikadan viktorinalar 10-20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyodangan 5-6 savolga og'zaki yoki yozma javob olinadi. O'rta ta'limni rivojlantirishning hozirgi bosqichi nazariya va amaliyotda yangi narsalarni intensiv izlash bilan tavsiflanadi. Ushbu jarayon bir qator qarama-qarshiliklar bilan bog'liq bo'lib, ulardan asosiysi bir qator ob'ektiv innovatsion jarayonlarni vujudga keltirgan ta'lim tizimi va tarbiya shakllarining ta'lim tizimi rivojlanishidagi yangi tendentsiyalar bilan, jamiyat rivojlanishining hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan nomuvofiqligi. Jamiyatning o'rta maktabga nisbatan ijtimoiy tartibi o'zgardi: maktab ijodkorlik qobiliyatiga ega bo'lgan shaxsni shakllantirishga, o'z faoliyatini ongli ravishda, mustaqil ravishda belgilashga, o'z-o'zini boshqarishga ko'maklashishi kerak, bu esa belgilangan maqsadga erishishni ta'minlaydi. O'rta umumiy ta'lim maktabida ta'limning asosiy tashkiliy shakli bu darsdir. Ammo informatika fanini o'qitish jarayonida siz an'anaviy o'qitish usullari bilan hal qilish juda qiyin bo'lgan quyidagi muammolarga duch kelishingiz mumkin:
Maktab o'quvchilarining informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha bilim va ko'nikmalar darajasidagi farq; turli xil axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning qiziqishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini izlash.
Shuning uchun informatika darsi shunchaki dars emas, balki "noan'anaviy dars" bo'lishi kerak. (Noan'anaviy dars - bu noan'anaviy, o'rnatilmagan tuzilishga ega bo'lgan, tezkor bo'lmagan dars. I.P. Podlasy)
Masalan, 
Yüklə 209,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə