Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Pedagogik tizimning funksional komponentlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə10/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Pedagogik tizimning funksional komponentlari:

  1. Gnostik – pedagogik vazifalarni hal etishda tizim va uning tarkibiy qismlari haqidagi yangi bilimlar jamlanishi bilan bog‘liq harakatlarni inobatga oluvchi;

  2. Loyihalash – istiqbolli rejalashtirish vazifalari va ularni yechish yо‘llari bilan bog‘liq harakatlarni inobatga oluvchi;

  3. Konstruktiv – о‘quv va tarbiyaviy axborotlar mazmunini ishlab chiqishdagi tanlash va ishlov berish harakatlarini inobatga oluvchi;

  4. Kommunikativ – pedagogik jarayon ishtirokchilari orasida pedagogik maqsadlarga javob beruvchi о‘zaro aloqalarni о‘rnatish bilan bog‘liq harakatlarni inobatga oluvchi;

  5. Tashkiliy – jarayon ishtirokchilari о‘zaro aloqasini aniq tashki etish pedagogik g‘oyasini amalga oshirish bilan bog‘liq;

  6. Korreksiya- muvaffaqiyat darajasiga qarab pedagogik tizim faoliyatini qayta qurish bilan bog‘liq.

G.K.Selevko ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish tendensiyalari bilimlarning toza assotsiativ statik modelidan dinamik tuzilgan aqliy harakatlar sistemasiga о‘tish bilan izohlanadi deb hisoblaydi.
Pedagogik amaliyot va о‘quv-metodik adabiyotlarda pedagogik texnologiya atamasi aksariyat hollarda pedagogik tizim tushunchasining ma’nodoshi sifatida qо‘llaniladi. Lekin ularning muayyan farqli jihatlarga ega ekanligini bilish zarur. Tizim tushunchasi texnologiya tushunchasiga qaraganda kengroq bо‘lib, umumiy xususiyatga ega. Tizim о‘zaro aloqador munosabatda bu muayyan yaxlitlik va birlikka ega bо‘lgan elementlar yig‘indisini anglatadi. Masalan, maktab pedagogik tizimi bir qancha texnologik qatorlarni qamrab oladi. Har qanday texnologiya tizim bо‘la olgani holda, har qanday pedagogik tizim texnologiya bо‘la olmaydi. Tizim tushunchasi aksariyat hollarda statik va tuzilishga oid manzaralarni tavsiflashga qaratiladi, ayni vaqtda texnologiya faoliyat obyekti va subyektida berayotgan о‘zgarishlarni, zamondagi evrilish jarayonlarini hamda barcha vazifalarni aks ettira borib, rejalashtirilgan natijalarda erishilgan yutuqlarni nazarda tutadi.
Tizim tushunchasi kо‘proq umumiylik xususiyatiga ega. Tizim tushunchasi kо‘proq statistik, tarkibiy xolatlarni ifodalashda ishlatilsa, texnologiya tushunchasi ma’lum bir vaqt oralig‘ida rо‘y beradigan jarayon subyekt va obyektlar orasidagi faoliyatni kо‘zlangan natijaga erishishni nazarda tutishda ishlatiladi. Har qanday pedagogik tizim texnologiya bо‘la olmaydi, lekin har qanday texnologiya ma’lum bir tizimni bildiradi. Bundan tashqari “metodika” va “texnologiya” terminlarini ham bir – biridan farq qilish lozim. Fanni о‘qitish metodikasi mazmun, sifat, har xillikka urg‘u bersa, fanni о‘qitish texnologiyasida maqsad, jarayon, son-miqdor, mо‘ljalga urg‘u beriladi.
Pedagogik texnologiya va pedagogik tizim tushunchalari kо‘p jihatdan о‘zaro bog‘liq. Odatda texnologiya sifatida tavsiflanuvchi pedagogik jarayonlar- dinamik rivojlanuvchi, boshqariluvchi jarayonlardir.
Har qanday ta’lim texnologiyasning strukturasi о‘quv jarayonining asosiy komponentlarini, aynan, maqsad, о‘qituvchi va о‘quvchilar faoliyati, ularning о‘zarofaoliyati vositalari, shakllarini ifodalashi kerak.
Misol tariqasida, О‘zbekiston uzluksiz ta’lim tizimi struktursini belgilab beruvchi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, ta’lim mutaxassisliklari yoki yо‘nalishlarining DTS, о‘quv fanining namunaviy dasturi, ishchi dasturi, kalendar tematik reja, о‘quv mashg‘uloti texnologiyasi, texnologik xaritasi, …ni keltirish mumkin.
Obyektlar va jarayonlarni tizimli tahlil qilish, tarkibiy elementlar, qismlarga ajratish, ular orasidagi bog‘lanishlarni о‘rnatish, bu bog‘lanishlar vazifalari va о‘rnini aniqlash,…, orqali olinadigan axborotlar qaralayotgan jarayon yoki obyektni tizim sifatida ifodalash uchun asos bо‘ladi.
Axborotlarning tizimli tahlili natijasida bu axborotlarning manbasi, qanday axborot, birlamchi yoki ikkilamchi axamiyat kasb etishi, axborot orqali obyekt yoki jarayon yuzasidan uzatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi darajasi, aniqligi, tо‘liqligi, …, asoslanganligi, isbotlanganligi, ishonchlilik darajasi о‘rganilayotgan tizimdagi mavjud muammolarni tо‘g‘ri aniqlash, tizim holatini tо‘g‘ri baholash, muammolarni hal etishning ichki va tashqi imkoniyatlarini aniqlash imkoniyatlarini beradi.
Ta’limga texnologik yondashuv. Ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” qilishga undagan, ya’ni hamma narsa, nimaga о‘qitilsa, muvaffaqiyatga ega bо‘lsin. Natijaga olib keluvchi, о‘quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan. Bunday didaktik mashina uchun: aniq qо‘yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida о‘quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib kо‘rilgan. Ular о‘z ifodasini an’anaviy о‘qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan.
Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya «о‘qitishning texnik vositalari yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qо‘llash, shuningdek qо‘llanilayotgan usullarni baholash yо‘li orqali ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yо‘llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir». Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yо‘liga о‘tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi:

  • uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta’lim jarayonini tartiblashtirish

  • batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma’lum tartibidan tashkil topgan qismlar

  • muloqot, axborot va boshqaruvning yо‘l va vositalarini bо‘lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan);

  • yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yо‘naltirilganligini;

  • ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qо‘yilgan ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish

  • texnologik jarayonining mukammal, aniq yо‘lga qо‘yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish;

  • uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta’lim jarayonini boshqaruvchanligi.

Ta’limni texnologiyalashtirish – bu о‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yо‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yо‘nalishdir.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə