Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


§1.2. Oliy ta’limda Informatika va axaborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə8/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

§1.2. Oliy ta’limda Informatika va axaborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar


Tashqaridan qaraganda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini OTMlarida о‘qitish juda sodda va asosan quyidagi ikki muammodan iboratdek kо‘rinadi: birinchidan, о‘quv rejasiga kо‘ra ajratilgan soatlarda bayon etish mumkin bо‘lgan materialni ajratish, va ikkinchidan, uni talabalarga mantiqiy bayon etish. Va buning natijasida OTMi pedagogikasi mazkur masalalar bilangina chegaralanadi degan tasavvur paydo bо‘ladi. Lekin aslini olganda tanlab olingan о‘quv materialini о‘qitish muammolari bir muncha murakkabdir. Tavsiya etilgan о‘quv adabiyotlaridan foydalanib о‘quv materialini og‘zaki bayon etish jarayonini umumiy nuqtai nazardan baholash uning quyidagi asoslarga kо‘ra shakllanganligini kо‘rsatadi: matematik nazariyalar boshlang‘ich tushunchalar asosida formal mantiq qoidalariga kо‘ra qurilganligiga asosan, ta’lim berish jarayoni ham asosan matematik nazariyaning formal-mantiqiy tomonlarini talabalarga bayon etishdan iborat bо‘lishi kerak. Va bu jarayon qisqa vaqt ichida, ketma-ketlik bilan, ortiqcha sо‘zlarsiz, talabalar bilim darajasiga javob beruvchi darajada olib borilishi kerak. Shuning uchun ham fan boshlang‘ich tushunchalar (aksioma, ta’rif v.b.)dan boshlanib, asosiy e’tiborni formulalarni keltirib chiqarish va teoremalar isbotiga qaratadi. Bunday bayon etish odatda bir nechta nazariy va amaliy misollar yordamida olib boriladi. Fanning ilmiylik darajasi undagi ilmiy faktlarning miqdori va fikrlashning qat’iyligi bilan о‘lchanadi. Har bir ma’ruzachi о‘quv materialini talabalarga tushunarliroq qilib bayon etishga intiladi hamda о‘quv adabiyotini о‘qish jarayonida talaba bilimlari mustahkamlanishi kerak.
Oliy ta’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yuksak kо‘rsatkichli matematik ta’limni ta’minlash va davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda hozirgi zamon ta’limiy va kasbiy dasturlar asosida malakali kadrlar tayyorlash;

  • jamiyat talablariga javob beradigan istiqboldagi taraqqiyotga, mamlakatning iqtisodiy va sotsial taraqqiyotiga, zamonaviy fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlariga asoslangan holda Informatika va axborot texnologiyalari fanlari о‘qituvchisini tayyorlashni tashkil etish va uni muntazam takomillashtirish;

  • yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi, umuminsoniy qadriyatlarni bilish asosida, mustaqillik ideallariga sadoqat, vatanga, oilaga, о‘rab olgan tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash;

  • axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarni saqlash hamda ularni boyitish;

  • shaxsning intellektual, madaniy va axloqiy rivojlanish talablarini qondirish;

  • о‘quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, Informatika va axborot texnologiyalari ta’limining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvining joriy mexanizmlarini kiritib borish;

-fan, texnika, texnologiya ravnaqi, ilmiy pedagogik kadrlar va ta’lim oluvchilarning ilmiy tadqiqotlari samaradorligi va ijodiy faoliyatini о‘stirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish.
Pedagogika OTMlari Informatika va axborot texnologiyalari fanlari ta’limi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-pedagogika OTMlari bakalavriati Informatika va axborot texnologiyalari ta’limi maqsadi avvalambor maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va qolaversa magistratura Informatika ta’limi maqsadlariga hamohang bо‘lishi lozim;
-bu maqsadlardan kelib chiqqan holda pedagogika OTMlari bakalavriati Informatika ta’limi mazmuni maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limi mazmunini ilmiy asoslashga hamda magistraturada qishni davom ettirishga asos bо‘la olishi lozim;
- pedagogika OTMlari bakalavriati Informatika va axborot texnologiyalari ta’limi strukturasi maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limi sturkturalarini tо‘la qamrab olgan bо‘lishi vash u bilan birga ta’limning keyingi bosqichida aniq tanlangan mutaxassislik bо‘yicha bilim olishni davom ettirish uchun zarur bо‘lgan bilimlardan tashkil topgan bо‘lishi kerak;
- informatika ta’limi jarayonida talabalarni fanga bо‘lgan qiziqishlarini orttirish, ularda kasbiy faoliyatga mehr-muhabbat uyg‘otish maqsadida ta’limning yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish kerak.
Amaliy mashg‘ulotlar va kompyuterda masalalarni loyihalashtirishga, nazariy materialni yaxshiroq о‘zlashtirish va tushunishga, talaba tomonidan nazariyani amaliyotga qо‘llay olish kо‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Informatika ta’lim tizimining bunday tashkil etilishi odatiy bо‘lib, biz uni hech qanday qarshiliksiz qabul qilamiz. Aslida ta’lim jarayoni talabalar aqliy faoliyatiga suyanuvchi bir qancha qismlardan tashkil topgan kompleksdan iborat.
Talabalarning ta’lim jarayonidagi faolliklari ularning mashg‘ulotlarni diqqat bilan tinglab, о‘quv materialini tahlil qilish, taqqoslash, xulosalar chiqarish kabi aqliy faoliyatlari orqali namoyon bо‘ladi. Ma’lumki, an’anaviy ta’limda talabalar о‘qituvchining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida о‘qituvchi tomonidan berilayotgan tayyor jamlangan, tartiblangan ma’lumotlarini tinglab, tayyor kо‘rsatmalari asosida misollar ishlab bilim oladilar. Bunday reproduktiv ta’lim jarayonida talabalar о‘qituvchi yozdirgan isbotlarni yodlash, ishlab bergan misollariga о‘xshatib misol ishlash, о‘qituvchidan eshitganlarini takrorlash kabi faoliyat bilan shug‘ullanib, ta’lim jarayonining oddiy kuzatuvchisi, tinglovchisi bо‘lib qoladilar.
Talabalarni hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda о‘qitish, ta’lim-tarbiya berishda bunday an’anaviy metodlar ish bermay qoldi. Shu sababdan ta’lim jarayoniga talaba bilan о‘qituvchidan bu jarayonning faol ishtirokchilariga aylantiruvchi savol-javob, bahs-munozara, muammoli, modulli, taqlidiy о‘yinlar, ochiq muloqot kabi bir qancha metodlarni qо‘llash tajribalari keng olib borilmoqda.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə