Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə5/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Yangilik turi

Yangilikning xarakterli xususiyati

1

Absolyut yangilik

Noma’lum bо‘lgan «yangilik», unga о‘xshashi bо‘lmagan

2

Nisbatan yangi:
1) xususiy

Zamonaviylashtirish nuqtai nazaridan ayrim elementlar yangilanadi

2) shartli

Avvaldan ma’lum elementlar orasidagi bog‘lanishlarni о‘zgartirish asosida murakkab va rivojlantiruvchi о‘zgarishlar kelib chiqadi

3) joyli

Boshqa sohalarda qо‘llanilgan yangilikni aniq vaziyatlarga tatbiq etish, noyobligi, umumlashtirish darajasiga kо‘ra boshqa yangilikni keltirib chiqaradi

3

Psevdo yangilik

Yaxshiroq emas boshqacharoq bо‘lishiga intilish

4

Subyektiv yangilik

Subyekt uchun yangi. Boshqalarga ma’lum, lekin alohida olingan inson, jamoa yoki jamiyat uchun yangi predmet yoki hodisa

N.V.Bordovskaya va N.V.Reanlar maktablar hamda oliy о‘quv yurtlaridagi yangiliklarni tasniflaganlar (3-jadval).
3-jadval. Ta’lim sohasidagi yangiliklar



Tasnif belgilari

Yangiliklar turlari

1.

Ta’lim jarayonining u yoki bu qismiga mosligiga kо‘ra

-ta’lim maqsadi va mazmunida;
-pedagogik jarayonning metod, vosita, uslub, texnologiyalarida;
-ta’lim-tarbiyani tashkil etish shakl va yо‘llarida;
-ma’muriyat, о‘qituvchilar, о‘quvchilar faoliyatida.

2.

Yangilikning innovatsion imkoniyatlari

-dastur, о‘quv reja v.b.ni takomillashtirish, о‘zgartirish bilan bog‘liq bо‘lgan oldindan qabul qilingan va ma’lum bо‘lganlarni zamonaviylashtirish;
-kombinator yangiliklar;
-radikal о‘zgarishlar.

3.

О‘zidan oldingisi bilan aloqasiga kо‘ra

-о‘rnini almashtiruvchi;
-bekor qiluvchi;
-eskini takomillashtiruvchi.

4.

Yangilik miqyosi

-lokal va ayrim, maktab yoki OTMdagi bir-biri bilan bog‘liq bо‘lmagan;
-kompleks, bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq о‘zgarishlar;
-tizimli, ta’lim tizimi sifatida maktab yoki OTMni qamrab olgan yangilik.

Nazariy va amaliy pedagogika uchun an’ana va innovatsiyalarning har ikkalasi ham muhimligidan ular orasidagi nisbat masalasi katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy tajribada «norma», «an’ana» tushunchalari barqarorligi mustahkam tushunchalardir. Ular ijtimoiy tajribani saqlaydi, innovatsiya esa о‘zgartiradi. An’ana va innovatsiyalarni mutanosiblikda qо‘llash rivojlanishga sharoit yaratadi, ularning о‘zgaruvchan о‘zaro munosabati birgalikda mavjud bо‘lish, о‘z funksiyalarini amalga oshirish va rivojlanish imkoniyatini beradi.
«Innovatsion jarayon» tushunchasi «pedagogik innovatsiya» tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. Jarayon (lot. rrocessus-siljish, ilgarilash) aniq natijaga erishishdagi ketma-ket harakatlar majmuasi. Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahliliga kо‘ra innovatsion jarayon - zamonaviy, dolzarb, berilgan sharoitga moslashgan va aniq mezonlarga javob beruvchi g‘oya (nazariya, uslubiyot, texnologiya v.b.)ni yaratish, о‘zlashtirish, qо‘llash va tarqatishdagi motivlashgan, maqsadga qaratilgan va ongli jarayondir. A.V.Lorensov, M.M.Potashnik, O.G.Xomeriki tadqiqotlarida innovatsion jarayon quyidagicha ta’riflanadi: innovatsion jarayon - yangilikni yaratish (tug‘ilishi, ishlab chiqilishi), о‘zlashtirish, qо‘llash va tarqatishdagi kompleks faoliyat.
Pedagogik innovatsiyalarning asosiy kategoriyalariga «innovatsion imkoniyat», «innovatsion muhit» tushunchalari ham kiradi. Maktabning innovatsion imkoniyati - uning yangilikni yaratish, qabul qilish, amalga oshirish qobiliyati hamda pedagogik maqsadga javob bermaydigan, eskilardan holis bо‘lishi.
Innovatsion muhit - maktab ta’lim jarayoniga yangiliklarni kiritishni ta’minlovchi tashkiliy, metodik, psixologik xarakterdagi choralar majmuasi bilan mustahkamlangan aniq bir ma’naviy-ruhiy sharoit.
Pedagogik yangiliklarning zamonaviylashtirish, modifikatsiya, ratsionalizatsiya tushunchalari kо‘rib о‘tilgan tushunchalar bilan yaqin aloqada. Zamonaviylashtirish (fr. moderme-zamonaviy) yangilanayotgan jarayonning tarkibi va texnologiyasini zamon talablari asosida turli takomillashtirishlarni kiritish yо‘li bilan о‘zgartirishga qaratilgan. Modifikatsiya (fr. modifikation-о‘zgarish) yangilanayotgan jarayonni о‘zgartirish maqsadida uning kо‘rinishini almashtirishni nazarda tutadi, buning natijasida jarayonning yangi jihatlari ochiladi. Ratsionalizatsiya (lot. rationalis – ongli) yangilanayotgan jarayonning butun tarkibini takomillashtirishda namoyon bо‘ladi.
Innovatsion jarayonni samarali boshqarish uni tarkibini puxta о‘rganish bilan amalga oshadi. Yangiliklarni kiritish jarayon bо‘lib, u bir nechta bosqichlar asosida amaga oshiriladi. Pedagogik adabiyotlarda bu bosqichlar quyidagicha kо‘rsatilgan:

    1. yangi g‘oyaning tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasining paydo bо‘lishi;

    2. kashf qilish, ya’ni yangilikning yaratilishi;

    3. yangilikni kiritish;

    4. yangilikni tarqatish;

    5. aniq sohada yangilikning hukmronligi;

    6. boshqa yangilik kirib kelishi bilan bog‘liq holda bu yangilikni qо‘llanish miqyosining qisqarishi.

B.M.Smirnov, NL.Ponomarev tadqiqotlari natijalariga kо‘ra ta’lim jarayoniga kiritiladigan yangiliklarning pedagogik qonuniyatlari quyidagilardan iborat:

  1. ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatning kuchayishi, ta’limning fan va amaliyot bilan integratsiyasiga mos ravishda ta’lim mazmuni va metodlarida innovatsion komponentning о‘sishi;

  2. bilimlar eskirish jarayonining tezlashishi va bu bilan bog‘liq holda ta’limning fundamentallashish, о‘zgarish tezligi va miqyosining о‘sishi;

  3. pedagogik innovatsiyalar sharoitida pedagogik jarayon stabilligining vaqtinchalik izdan chiqishi;

  4. pedagogik yangiliklarni bilimlarni о‘zlashtirish jarayoni va metodlaridan innovatsion qobiliyatlarni shakllantirish jarayoni va metodlariga qarab yо‘naltirish;

  5. fanlararo va kо‘p fanlarda qо‘llaniladigan pedagogik innovatsiyalarning paydo bо‘lishi va ahamiyatining ortishi;

  6. о‘quv fanlarining maxsus pedagogik innovatsiyalardan integrallashgan yangiliklarga о‘tishi;

  7. ilmiy-pedagogik yangiliklarni kо‘chirishning paydo bо‘lishi, miqyosining о‘sishi va rolining ortishi, yangi bilimlarni о‘quv jarayoniga qо‘llash va mos ravishda fan va pedagogik amaliyot orasidagi uzatish bо‘g‘inlarini kuchaytirish.

Innovatsion faoliyatning samaradorlik mezonlaridan yangilik, optimallik, yuqori natijaviylik, yangilikni ommaviy tajribada ijodiy qо‘llash imkoniyati muhim sanaladi.
Yangilik ilmiy pedagogik tadqiqotlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar uchun birdek ahamiyatga ega bо‘lgan mezon sanaladi. Innovatsion faoliyatni amalga oshirmoqchi bо‘lgan о‘qituvchi uchun tavsiya etilayotgan yangilikning mohiyati nimada, uning yangilik darajasi qanday ekanligini aniqlash muhim. Har bir alohida olingan о‘qituvchining psixologik xususiyatlari, xohish-irodasidan kelib chiqqan holda uni innovatsion faoliyatga jalb etish lozim, chunki kim uchundir yangilik bо‘lgan, boshqa birov uchun bunday bо‘lmasligi mumkin.
Pedagogik innovatsiyalar samaradorligi mezonlaridan optimallik- ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning natijaga erishishdagi vosita va kuchlari sarfini bildiradi. Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni qо‘llash va yuqori natijalarga ershishda eng kam jismoniy, aqliy va vaqt sarfi uning optimalligini bildiradi.
Yangilikning natijaviyligi о‘qituvchi faoliyatida olingan ijobiy natijalarning barqarorligini bildiruvchi, о‘lchashning texnologikligi, natijalarning kuzatuvchanligi va tasdiqlanishi, ularni bayon etish va tushunishdagi yagonalik, shaxsni shakllantirishdagi ta’lim-tarbiyaning yangi usullari va yо‘llarining muhimligini baholashdagi zarur mezondir.
Yangilikni keng tajribada ijodiy qо‘llash imkoniyati - pedagogik innovatsiyalarni baholash mezoni sifatida pedagogik yangilikni texnik ta’minotning murakkabligi yoki о‘qituvchi faoliyatining о‘ziga xosligi sababli chegaralangan holda qо‘llanilishining aniq sabablarini о‘rnatish imkoniyatini beradi.
Pedagogik tajribada innovatsiyani ijodiy tatbiq etishning boshlang‘ich bosqichi alohida olingan о‘qituvchilar faoliyatida tekshiriladi, tajriba-sinovdan о‘tkazilib, haqqoniy baholangandan sо‘ng ommaviy qо‘llashga tavsiya etiladi. Pedagogik innovatsiyalarni baholashning yuqorida qayd etilgan me’zolari va ularni qо‘llash kо‘nikmalari pedagogik ijod asosini tashkil etadi.
Olimlar tomonidan о‘tkazilgan tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, pedagogik innovatsiyalarning, odatda, zaruriy kasbiy ekspertiza va tajriba-sinovdan о‘tazilmasligi; ayrim innovatsiyalarni oldindan texnik, tashkiliy, psixologik, shaxsiy tayyorlanmaganligi; ta’lim muassasasida innovatsion muhitning mavjud emasligi kо‘p hollarda yangiliklar amalga oshirilmay qolayotganligiga sabab bо‘lmoqda. Bundan tashqari, kо‘plab о‘qituvchilarning pedagogik innovatsiyalar haqida kam axborotga ega ekanligi, innovatsion jaryonda ishtirok etish va, ayniqsa, uni tashkil etishga metodik tayyorlanmaganligi, ayrim о‘qituvchilarning yangilikka «qarshilik kо‘rsatishi» ham pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayonida qо‘llash jadalligini susaytiradi.
Innovatsion faoliyat mohiyatiga kо‘ra о‘qituvchi pedagogik faoliyati turlaridan biri. Lekin bunda faoliyat tarkibining о‘zgarishi, komponentlar iyerarxiyasining о‘zgachaligi, faoliyat tartibi va yо‘lining о‘zgarishi va bularni pedagogning kasbiy va shaxsiy sifatlari rivojlanishiga ta’siri, pedagog faoliyati natijalarining mohiyat jihatdan boshqacha baholanishi, faoliyatning boshqacha modeli bu faoliyatni pedagogik faoliyatning boshqa har qanday turlaridan yuqorida sanab о‘tilgan xususiyatlariga kо‘ra farqli qiladi.
O.S.Grebenyuk, T.B.Grebenyuklar fikricha «innovatsion-pedagogik faoliyat» deganda innovatsion ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish faoliyati tushuniladi. Bu dasturlarda bolani tushunish, unga ta’lim va tarbiya berish, uni rivojlantirishga bо‘lgan yangicha falsafiy-pedagogik, psiologo-pedgogik yondashuvlar; ta’lim mazmuni va metolarini qurishning yangi konseptual pedagogik g‘oyalari; bolaning maktabdagi faoliyati va hayotini tashkil etishning yangi shakllari hamda pedgoglarning boshqarish va о‘z-о‘zini boshqarish, maktabning ota-onalar va ijtimoiy muhit bilan о‘zaro ta’siridagi faoliyati amalga oshiriladi. Demak, о‘qituvchining innovatsion faoliyati - ta’lim sifatini oshirishga intilishdagi о‘qituvchi faoliyati bilan о‘quvchilar faoliyatining о‘zaro ta’siri va о‘zaro aloqasi shaklidir.
V.V.Davidov, L.V.Zankovlar о‘qituvchi innovatsion faoliyatining asosiy fuksiyalari pedagogik jarayon va uning komponentlaridagi quyidagi ijobiy о‘zgarishlardan iborat deydilar:
1) maqsaddagi о‘zgarishlar;
2) ta’lim mazmunidagi о‘zgarishlar;
3) ta’limning yangi vositalarini kiritish;
4) ta’limning yangi modellari;
5) ta’limning yangi usul va uslublari;
6) о‘quvchilarni rivojlantirishning yangi g‘oyalarini ilgari surish.
О‘qituvchi innovatsion faoliyati tarkibining V.A.Slastenin, L.S.Podimovalar taklif etgan modeli (1-rasm) 4 blokdan iborat.
О‘qituvchi innovatsion faoliyatini shakllanganlik darajalari mezonlari V.A.Slastenin, L.S.Podimovalar tomonidan quyidagicha belgilangan: pedagogik innovatsiyalarga ijodiy ta’sirchanlik, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga metodologik va texnologik hozirlik, pedagogik innovatsion tafakkur, muomala madaniyati.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlari о‘qituvchisining innovatsion xarakterga ega ijodiy faoliyati tarkibi quyidagi qadamlarda ifodalanadi:
-pedagogik g‘oyaning paydo bо‘lishi;
-uni ishlab chiqish;
-faoliyat natijalarini tahlil qilish va baholash.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlari о‘qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligining komponenti sifatida quyidagi sharoitlarga bog‘liq bо‘lgan bu faoliyat tarkibini shakllantirish yо‘li haqida gapirish mumkin:

        1. pedagogik g‘oyaning paydo bо‘lishi. Albatta, bu о‘qituvchida paydo bо‘lgan har qanday g‘oya emas, balki u yoki bu pedagogik muammoni hal etish va bu muammo yechilishini hayoliy qurish, о‘qituvchi kasbiy mahoratini rivojlantirish bilan bog‘liq bо‘lgan aniq g‘oyalar;

        2. g‘oyani ishlab chiqish. О‘qituvchining ijodiy tafakkurini namoyon etish qobiliyatiga bog‘liq bо‘lgan u yoki bu pedagogik muammoni hal etish variantlarini taklif etish va qisqa muddatda mavjud variantlar orasidagi ziddiyatlarni optimal yechimini tasavvur qilish;

        3. g‘oyani amaliy tatbiq etishgacha olib borish qobiliyatiga bog‘liq bо‘lgan g‘oyani faoliyatga tatbiq etish jarayonidagi о‘qituvchining qat’iyatliligi, ya’ni g‘oya bilan uni amalga oshirish orasida о‘qituvchi faoliyatining mazmunli, jarayoniy yoki natijaviy jihatlaridan kelib chiqadigan ziddiyatlarga qarshi turish qobiliyati;

        4. boshlang‘ich g‘oya bilan natijalarda ifodalangan uning faoliyatga tatbiqi orasidagi aloqaning saqlanishi. Olingan natijalarning g‘oyani tatbiq etish yakuni sifatida faoliyat boshi bilan taqqoslanishi va g‘oya bilan natijalarning mos kelishi yoki kelmasligi ular orasidagi aloqalarning saqlanganlik darajasini kо‘rsatadi. Bu esa faoliyatga g‘oyani tatbiq etish darajasining sifat kо‘rsatkichi bо‘lib xizmat qiladi;

        5. g‘oyani tatbiq etish natijalarining g‘oyaning saqlanganlik va о‘qituvchining qat’iyatliligiga bog‘liqligi, bularni g‘oyaning о‘qituvchi

Tomonidan qabul qilinishi va о‘quvchi faoliyatini о‘zgartirishiga о‘zaro bog‘liqligida ifodalanishi. Bu yerda о‘qituvchi faoliyati bilan о‘quvchi faoliyatining о‘zaro bog‘liqligi haqida gap ketmoqda. Shunda biz Informatika va axborot texnologiyalari fanlari о‘qituvchisini innovatsion faoliyatga qobiliyatini namoyon qiluvchi va innovatsion faoliyatga tayyorgarligini ifodalovchi yana bir kо‘rsatkichga, ya’ni, Informatika va axborot texnologiyalari fanlari о‘qituvchisi innovatsion faoliyatining о‘quvchi ijodiy jarayoniga о‘zaro bog‘liqligiga ega bо‘lamiz.

1-rasm. О‘qituvchining innovatsion faoliyati tarkibi
Demak, о‘qituvchining innovatsion faoliyati - ta’lim sifatini oshirishga intilishdagi о‘qituvchi faoliyati bilan о‘quvchilar faoliyatining о‘zaro ta’siri va о‘zaro aloqasi shaklidir.

2-rasm. Informatika va axaborot texnologiyalari fanlari о‘qituvchisi innovatsion faoliyatining tarkibi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə