Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə14/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Ta’lim jarayoniga vitagen yondashuv. Vitagen – vita (lot.)hayot, genesis (lot.)tug‘ilmoq (hosil bо‘lish), ya’ni hayotdan tug‘ilgan.
Vitagen ta’limshaxs (talaba)ning hayotiy tajribasini aktuallashtirish (talab), uning aqliy (intellektual) va psixologik salohiyatidan о‘quv maqsadlarida foydalanish asosida о‘qitish.


Tushunchalar orasidagi farq
Vitagenga yо‘naltirilgan ta’limning maqsadi shaxsning intellektual va psixologik potensialini namoyon qilishdan iborat. Bunda shaxsning hayot tajribasini hayotiy tajribaga о‘zgartirishni nazarda tutadi.
Vitagen ta’lim prinsiplari:

Vitagen ta’limni amalga oshirish yо‘llari:

  1. Vizualizatsiya yordamida vitagen tajribasining tarkibini aniqlash.

  2. Turli sо‘rovlar orqali vitagen tajribasini aniqlash

  3. Vitagen tajribasini о‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan tasdiqlash orqali aniqlash.

  4. Vitagen tajribasini tahlil qilish. Uning tabiati va hajmini ochib berish, ular о‘rtasidagi aloqani о‘rnatish.

  5. Vitagen tajribasini tasniflash uchun asosni aniqlash, uni tasniflash. Turli xil bilimlar sohasidagi vitagenga xos bо‘lgan ma’lumotlarni birlashtirish.

  6. Maqsadli pedagogik ta’sir о‘tkazish imkoniyatini aniqlash integrallashgan bilim, kо‘nikma va munosabatlarni shakllantirish.

  7. Turli sohalarda ilmiy bilimlarni qurishda vitagen tajribasidan foydalanish shartlarini aniqlash.

Ta’lim jarayoniga hayotiy tajribasi yuqori bо‘lgan ishtirokchilarni jalb qilish orqali talabalarning dunyoqarashlarini kengaytirish.
Vitagen texnologiyasini amalga oshirish

Ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuv. Ta’lim strategik vazifasi bо‘lib о‘quv vaziyatlaridan tashqarida samarali harakat qila oladigan, о‘z kasbiy faoliyatida yuzaga keladigan namunaviy va muammoli masalalarni yecha oladigan kompetentli mutaxassisning tayyorgarligi hisoblanadi.
Komepetentli tayyorgarlik modeliga о‘tish sharoitida oliy maktabda kompetentli yondashishni qо‘llaydigan о‘qitish texnologiyalarini aniqlash о‘ziga xos dolzarblilikka ega bо‘ladi. Boshida “tushunchalar”ni tahlil qilib olamiz. Kompetensiya (lot.Competentio sompeto dan olingan bо‘lib, erishaman, tо‘g‘ri kelaman deganini bildiradi) – subyektning maqsadni qо‘yish va unga erishish uchun tashqi va ichki zahiralarni samarali birga tashkil qila olishlikka tayyorgarligi. Yoki, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan kasbiy masalalarni yecha olishga shaxsiy qobiliyatidir. Kompetensiyalarning yig‘indisini (berilgan fan sohasida samarali faoliyat uchun zarur bо‘lgan bilim va tajribaning mavjudligi) kompetentlik deb atashadi (lotinchadan competence). Kasbiy ta’limda kompetentlik u yoki bu sohada bilim va tajribalarning yig‘indisi yoki anik ish joyi yoki bajarilayotgan ishning о‘zgarib turadigan talablariga mos ta’sir qilishga imkon beradigan umumiy va kasbiy tayyorgarlik darajasidir. Kompetentlik va kompetensiyalar о‘rtasida tо‘g‘ri va inversion (tekskari) bog‘liqlik mavjud. Muslimov N.A bir qancha kasbiy kompetensiyalar turlarini ajratadi, ular kasbiy faoliyatda odam yetukligini kо‘rsatadi:


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə