Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


§1.1. Innovatsion ta’lim muhitining nazariy asoslari 6



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə2/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

§1.1. Innovatsion ta’lim muhitining nazariy asoslari 6
§1.2. Oliy ta’limda Informatika va axaborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar 22
II-BOB. TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASHTIRISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI 50
§2.1. Informatika va axaborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning mualliflik texnologiyalari 50
§2.2. Oliy ta’limda Informatika va axborot texnologiyalari fanlari о‘qitishning innovatsion ta’lim muhitini loyihalashtirish 58
III-BOB. INFORMATIKANI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISHNI LOYIHALASHTIRISHDA AMALIY METODLAR 90
3.1. Oliy ta’limda matematikani o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar 90
2.1.1. Informatika darslarida innovatsion yondashuvlar 90
3.1.2. Informatikadan dars samaradorligini oshirishda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish. 96
3.1.3. Innovatsion usullardan foydalanish metodikasi 101
3.1.4. Informatika va axborot texnologiyalari fanini о‘qitishda innovatsion yondashuvlar 102
§3.2. Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini о‘qitishning mualliflik texnologiyalari 107
§3.3. Oliy ta’limda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini о‘qitishning innovatsion ta’lim muhitini loyihalashtirish 115
§3.4. Zamonaviy yondashuvlar asosida talabalar mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish 125
GLOSSARIY 176
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI 187

KIRISH


Innovatsion ta’lim muhitining nazariy asoslari, oliy ta’lim Informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati, oliy ta’limda matematikani o‘qitishning zamonaviy yondashuvlar, pedagogik texnologiyalarga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini, elektron ta’lim muhitini tashkil etish jarayonlarini loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
“Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning innovatsion ta’lim muhitini loyihalashtirish” modulining maqsadi: pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilarini oliy ta’limni tashkil etishning zamonaviy muammolari haqidagi bilimlarini takomillashtirish, Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning pedagogik texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini loyihalashtirish, tashkil etish, korreksiyalash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularining kasbiy-metodik tayyorgarligi sifatini orttirish, o‘z innovatsion pedagogik faoliyatlarini tashkil etishda tashabbuskor bo‘lishga o‘rgatishdan iborat. Ushbu o‘quv qo‘llanma “Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning innovatsion ta’lim muhitini loyihalashtirish” fanini o‘qitish uchun quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

  • innovatsion pedagogik faoliyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish;

  • oliy ta’lim Informatika va axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati bosqichlari haqida tasavvurlarini aniqlashtirish;

  • oliy ta’limda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishga zamonaviy (tizimli, faoliyatli, innovatsion va b.) yondashuvlar bilan tanishtirish;

  • Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning mualliflik texnologiyalari bilan tanishtirish;

  • oliy ta’limda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning pedagogik texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini loyihalashtirishga oid ko‘nikmalarini takomillashtirish;

  • oliy ta’limda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitish natijalarini nazorat qilish va baholashning zamonaviy shakl, metod va vositalarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • talabalar mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;

  • tinglovchilarda o‘z kasbiy va shaxsiy sifatlarini takomillashtirish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish ehtiyojni faollashtirish.

Fan doirasida olib borilgan ma’ruza mashg‘ulotlari oliy ta’lim muassasalarida Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlari olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning mavzu doirasidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, munozara, muhokamasini tashkil etishga asoslanadi. Amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarning tahliliy, tanqidiy, ijodiy o‘rganish va tajriba almashuvi amaliy mazmundagi topshiriqlarda bevosita faol ishtirok etishi orqali amalga oshiriladi.
Ma’ruza, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini to‘ldiruvchi amaliy ishlardan iborat bo‘lib, bunda har bir tinglovchiga o‘zi o‘qitayotgan o‘quv fani doirasidagi mavzuni tanlash, individual ishlash imkoniyati beriladi. O‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda kompyuter sinfida modul bo‘yicha tayyorlangan uslubiy ishlanmalar (ma’ruzalar matni, taqimotlar, namunalar, qo‘shimcha materiallar, yordamchi manbalar manzillari)dan, Nizomiy nomidagi TDPU Informatika kafedralarida mavjud imkoniyatlardan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Modul mazmuni o‘quv rejadagi “Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish”, “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish”, “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish”, “Maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning nazariy masalalari”, “Web texnologiyalar va ularni tatbiq etish masalalari”, “Pedagogik tadqiqot natijalarini tahlil qiluvchi axborot tizimlari” o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda pedagoglarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə