Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


I BOB. INFORMATIKA O‘QITUVCHISI INNOVASION PEDAGOGIK FAOLIYATINING NAZARIY- METODIK ASOSLARI



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə3/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

I BOB. INFORMATIKA O‘QITUVCHISI INNOVASION PEDAGOGIK FAOLIYATINING NAZARIY- METODIK ASOSLARI

§1.1. Innovatsion ta’lim muhitining nazariy asoslari


Sо‘nggi yilllarda fanda ta’lim berishning yangi yо‘nalishi sifatida pedagogik innovatsiya rivoj topib kelmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, amaliyotda yо‘l kо‘rsatuvchi pedagogik nazariyamizning asosiy kamchiliklaridan biri - bilim va ta’limning ustunligini qattiq bо‘rttirib yuborishdadir. Insoniy, ma’naviy, mehnat tarbiyasi zarariga bilimda yodlab olish hajmi kо‘payib borishi maktab hayotida odatiy hol bо‘lib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun bо‘lgan har qanday harakat innovatsion deb hisoblanayapti.
Haqiqatan ham, pedagogik tizim saqlanib qolar ekan, bu holda faqat uni mukammallashtirish haqida gapirish mumkin. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab kо‘rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bо‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, sinab kо‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi.
Innnovatsion-pedagogik faoliyat zaruratiga olib keluvchi omillar bir-biri bilan bog‘liq obyektiv va subyektiv omillarga bо‘linadi. Obyektiv omillarga ta’lim amaliyotining ijtimoiy, umumilmiy, pedagogik ehtiyojlari kirib, ijtimoiy omillar, avvalambor, innovatsiyalarning jamiyat rivojiga ta’sirini baholash bilan bog‘liq. Insoniyatga, jumladan, har bir insonga о‘zgarish muntazam jarayon sifatida xos bо‘lgan xususiyatdir. U orqali insonning yaxshi hayot uchun kurashi, yangilikka bо‘lgan doimiy intilishi namoyon bо‘ladi. Fan va texnikaning rivoji о‘zgarishlar kо‘lamini ham kengaytiradi.
Ta’lim tizimining rivoji jamiyat rivoji natijasida amalga oshadi. Ijtimoiy omillarning ta’sirida innovatsiyalar ta’lim sohasiga kirib kelmoqda. Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlar ta’lim tizimini, ta’lim-tarbiya metodologiyasi va texnologiyalarini tubdan yangilash zaruratini keltirib chiqardi. Bu esa о‘z navbatida yosh avlodga ta’lim berish maqsadi, о‘qituvchi va о‘quvchilarning о‘zaro bog‘liq faoliyatiga yangiliklarni kiritishni talab etmoqda. Pedagoglarning innovatsion faoliyatga yо‘naltirilganligi ta’lim siyosatini yangilash asosini tashkil etadi. Shu bilan birga ta’lim sohasidagi о‘zgarishlar jamiyat rivojiga о‘z ta’sirini о‘tkazmay qolmaydi. Ta’lim jarayonini takomillashtirishning yetuk mutaxassislarni tayyorlash, barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilganligi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi va takomillashtiradi. Shunday qilib, innovatsion faoliyatga yо‘naltirilgan yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash jamiyat rivojining zaruriy shartiga aylandi.
Pedagogikaning inson haqidagi boshqa fanlar bilan aloqasi ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni kiritishning umumilmiy omillarini keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda pedagogika falsafiy, psixologik, biologik, iqtisodiy, ijtimoiy fanlar bilan о‘zaro aloqada. Bu fanlarda erishilgan zamonaviy yutuqlar, yangi pedagogik g‘oya, nazariya, farazlarning metodologik va nazariy asoslarini tashkil etib, pedagogika sohasiga ham yangiliklarni kiritish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
О‘qituvchi pedagogik faoliyatiga innovatsiyalarni kiritishning pedagogik omillari zamonaviy pedagogika fanining rivoji bilan bog‘liq bо‘lib, ta’lim jarayonidagi innovatsion jarayonlar asosi sifatida yangi pedagogik g‘oya, nazariya, konsepsiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammosini keltirib chiqaradi.
Pedagogik faoliyatning innovatsion yо‘nalganligining subyektiv omillarini kо‘pchilik о‘qituvchilarning pedagogik yangiliklarni yaratish, о‘zlashtirish va qо‘llashga bо‘lgan ongli ehtiyoji tashkil etadi. Rossiyada о‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqotlar natijasiga kо‘ra 90 foiz maktablar ta’lim jarayonining yangi shakl va vositalarini topish va qо‘llashga jalb etilgan. Har tо‘rttadan bir о‘qituvchi yangi ta’lim dasturlari, pedagogik texnologiyalarni tajriba-sinovdan о‘tkazish ishlari bilan band. Ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklarning turli-tumanligi, talab etiladigan sharoitlar va vositalar о‘qituvchining innovatsion faoliyatiga tadqiqiy-ijodiy xususiyat beradi. Subyektiv omillar innovatsion faoliyatning subyektlari va ularning innovatsion faoliyatga tayyorgarligiga ham bog‘liq. Innovatsion faoliyatning subyektlarini innovatsion xarakterdagi faoliyat olib boruvchi pedagog-olimlar, о‘qituvchilar va ta’lim jarayonining boshqa qatnashchilari tashkil etadi.
Adabiyotlarda kо‘rsatilishicha, «innovatsiya» tushunchasi XIX asrda etnografiyada paydo bо‘lib, bir madaniyat elementlarini ikkinchisiga kiritishni bildirgan. XX asrga kelib ishlab chiqarish sohasiga kirib kelgan bu tushuncha ilmiy bilimlarning yangi bir sohasi, yangiliklarni kiritish haqidagi fan - innovatika sifatida shakllana boshladi. Bu fan ilmiy texnik yangiliklarni yaratish va tarqatishning iqtisodiy, ijtimoiy qonuniyatlarini о‘rganuvchi fandan hozirgi kunda aniq bir faoliyatdagi yangilik qonuniyatlari, tamoyillari, metod va mezonlarini о‘rganuvchi fanga aylandi.
Taxminan 80 yillar avval pedagogik yangiliklar tadqiqot predmetiga aylana boshlagan. Ta’lim muassasalarini jadal rivojlantirish ehtiyoji bilan uni amalga oshirishga о‘qituvchilarning tayyor emasligi orasidagi ziddiyatdan pedagogik yangiliklar mustaqil sohaga aylandi. Buning natijasida yangilikni qо‘llash ommaviy tus oldi, yangi bilimlarga ehtiyoj kuchaydi. Pedagogik innovatikaning «yangi», «yangilik», «innovatsiya», «innovatsion jarayon», «innovator», «innovatsion imkoniyat», «innovatsion muhit» v.b. tushunchalari kirib keldi.
«Yangi» tushunchasi innovatsion pedagogikada asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Agarda birinchi - «birinchi yaratilgan» iborasi ilgari umuman ma’lum bо‘lmagan biror narsa haqida tasavvur bersa, «yaqindan beri» va ayniqsa «yangitdan ochilgan» iboralari yangilikda qandaydir darajada «eskilik» elementi, ilgari bо‘lgan biror narsa borligini ifodalaydi. S.I.Ojegov lug‘atida «yangi»-«birinchi marotaba yaratilgan yoki qilingan, oldingisi о‘rniga yaqinda paydo bо‘lgan, yaqin о‘tmish yoki hozirgi vaqtda qaytadan ochilgan, yaxshi tanish bо‘lmagan» deyilgan.
O.G.Xomeriki, M.M.Potashnik, A.V.Lorensov tadqiqotlarida ishlab chiqilgan innovatsiyalar tasnifi (1-jadval) umumta’lim muassasalari rahbarlari uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
1-jadval. Innovatsion jarayon tarkibi


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə