Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə9/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Ta’lim jarayoniga integrativ yondashuv. «Pedagogik integratsiya – bu .... bо‘lajak kadrlarni tayyorlashning butun tizimini intensifikatsiya qilishga qaratilgan va ta’lim sikllarida amalga oshiriladigan maqsadlar, tamoyillar, о‘quv va tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari birligining eng oliy darajadagi namoyon bо‘lish shaklidir.» (B.C. Bezrukova).
Didaktik integratsiya umuman olganda о‘quvchida ta’lim jarayonida shaklllanadigan ilmiy bilimlarning mazmuniy, uslubiy va tashkiliy integratsiyasini kо‘zda tutadi.
V.N. Maksimova integratsiyaning ikki darajasini ajratib kо‘rsatadi yangi turdagi о‘quv muassasalarini yaratish (maktab-gimnaziya, maktab-kompleks, maktab-oliygoh va hokazo) va integrativ ta’lim dasturlari, о‘quv predmetlarining bloklari va о‘zaro bog‘langan predmetlar bо‘yicha darslar bloklarining paydo bо‘lishi turli darajalarda integratsiyaning ta’limda namoyon bо‘lishi quyidagi jihatlar bilan bog‘liq: maqsadli, institusional, protsessual.
Integrativ jarayonlar maqsadli jihatining aks etishi bо‘lib shaxs tuzilmasiga mos bо‘lgan hamda о‘quvchilarni ham, bо‘lg‘usi о‘qituvchilarni ham samarali tayyorlash borasidagi integrativ kо‘rsatkichlarini faol darajada qidirish xizmat qiladi.
Integrativ jarayonlarning institusional jihati shaxsning (xususan fizika о‘qituvchisini) yaxlit rivojlanishida va yangi pedagogik texnologiyalarni (xususan pedagogik ta’limni) yaratishdagi yangi imkoniyatlarga ega bо‘lgan ta’lim komplekslarini (masalan maktab-oliygoh) yaratish, pedagogik ta’lim turli tizim ostilarining yaqinlashishida namoyon bо‘ladi. Ushbu jihatda «vertikal» va «gorizontal» integratsiya kо‘zga tashlanadi. Birinchisi («vertikal» integratsiya) ta’lim bg‘g‘inlari, pog‘onalarining izchilligini, vazifalar, vositalar va ularning faoliyat kо‘rsatish natijalarining bosqichlar va darajalar bо‘yicha muvofiqligini, ta’limning muddati va davomiyligi bо‘yicha uyg‘unligini nazarda tutadi. Ikkinchisi («gorizontal» integratsiya) bilimlarning fundamentalligi va tizimiyligining kuchayishi bilan bog‘liq bо‘lgan mazmundagi о‘zgarishlarni, oxir oqibatda barcha о‘zlashtirilgan bilimlarning biz ta’lim deb aytadigan jarayonga integratsiya bо‘lishiga olib keladigan predmetlararo aloqalarning amalga oshishini talab qiladi.
Integrativ jarayonlarning protsessual jihati pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish uchun alohida ahamiyatga ega bо‘ladi. Uning mohiyati umumiy va professional ta’limning izchilligi va kо‘p variantliligini nazarda tutadi.
Ta’limga tizimli yondashuv. Tizim (sistema–grekcha systema–qismlardan tuzilgan, birlashtirilgan) ma’lum bir yaxlitlikni hosil qiluvchi, bir-biri bilan ma’lum bir munosabat va bog‘lanishlarda bо‘lgan elementlar majmuasi.
"Pedagogik tizim" tushunchasi tizim va pedagogikadan iborat tarkibiy komponentlarga asoslanadi. Shuning uchun, bu komponentlar talqiniga murojaat etamiz.
Tizim tushunchasining kо‘plab ta’riflari bor L. Fon Bertalanfi tizimni "atrof-muhit va bir-birlari bilan ma’lum munosabatlarda bо‘lgan qismlar kompleksi" deb qaraydi. Keyinchalik, tizim ta’rifiga maqsad tushunchasi kirib keladi. Masalan, F. E. Temnikov "tizim - tashkil etilgan tо‘plam" (ya’ni, qandaydir maqsadga bо‘ysundirilgan tо‘plam) dir deb qaraydi. Undan keyin esa funksiyalar tizimni tashkil etuvchi mezon, oxirgi natija sifatida kirib keldi. Va nihoyat, maqsadni aniq bildiruvchi tizim: "ma’lum bir vaqt oralig‘ida aniq bir maqsad doirasida atrof-muhitdan ajratib olingan chekli funksional elementlar va ular orasidagi munosabatlar tо‘plami" sifatida izohlandi.
Aniq bir tizimlarni loyihalash va tahlil qilishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
- tizimi ishlashining maqsadi;
- tizim komponentlari va ularning munosabatlari;
- tizimi bilan atrof-muhitning о‘zaro ta’siri (atrof-muhit sifatida "shunday barcha obyektlar majmuasiki, ular xususiyatlarining о‘zgarishi tizimga ta’sir etadi va aksincha, tizim faoliyati natijalari natijasida bunday obyektlarni xossalari о‘zgaradi".
Struktura (lot. structūra - «qurilish» tizimning tarkibiy qismlari orasidagi ma’lum bog‘lanishlarni, ularning joylashishini, tizimning qurilishini, tuzilmasini aks ettiradi.
Murakkab tizimlar strukturasi barcha elementlar va ular orasidagi bog‘lanishlarni ifodalamaydi, balki tizimning mavzudligi va uning asosiy xossalarini ifodalovchi komponentlari va ular orasidagi eng muhim bog‘lanishlarni aks ettiradi. Shu bilan birga tizim tadqiqotchi yoki bilishning shu bosqichidagi real holatiga qarab turli strukturalar orqali ifodalangan bо‘lishi mumkin.
Pedagogik tizimlarning boshqa ta’riflari ham bor. Keng ma’noda qandaydir fan bо‘yicha ta’lim mazmuni, о‘qitish shakllari va usullarini aniqlovchi asosiy holatlar (tamoyillar) о‘qitish tizimi sifatida tushuniladi. V. P. Bespalko pedagogik tizimni quyidagicha aniqlaydi: bu «kerakli fazilatlarga ega shaxsni shakllantirishga tashkillashtirilgan, maqsadli va mо‘ljallangan pedagogik ta’sirni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan о‘zaro aloqadagi vosita, metod va jarayonlarning ma’lum bir majmuasi». I. V. Pavlov ta’kidlashicha «pedagogik tizim murakkab strukturaga ega bо‘lib, tarbiyaning bosh g‘oyasida ifodalanuvchi maqsad; uni amalga oshirishni ta’minlovchi faoliyat; unda ishtirok etuvchi va uni tashkil etuvchi faoliyat subyekti; subyekt va qandaydir umumiylikni integrallashtiruvchi faoliyat va muloqotdan kelib chiquvchi munosabatlar; subyekt tomonidan о‘zlashtirilgan tizim muhiti, tarkibiy qismlarning yaxlit tizimga integratsiyasini ta’minlovchi va bu tizimni rivojlantiruvchi boshqaruvni о‘z ichiga oladi».
Ayrim tadqiqtchilar pedagogik tizimni "ta’lim va tarbiya maqsadlariga bо‘ysunuvchi yaxlit birlikni tashkil etuvchi о‘zaro bog‘liq komponentlarning tartibli tо‘plami» deya izohlaydilar.
Tizim strukturaviy va funksional tarkibiy qismlardan iborat. "Pedagogik tizimining strukturaviy qismlari uning asosiy elementlari bо‘lib, ular faqat pedagogik tizimlar uchun xos". Bunday komponentlar oltita:
1) maqsad - tizimni yaratish shartini ifodalovchi har qanday ta’lim tizimining eng muhim tarkibiy qismi;
2) о‘quv axboroti - u yoki bu insonlar tomonidan о‘zlashtirish predmeti bо‘lishi zarur bо‘lgan;
3) pedagogik muloqot vositalari - pedagogik tizim maqsadiga bog‘liq holda о‘quv axborotini о‘zlashtirish faoliyatini tashkil etishga yordam beruvchi;
4) о‘quvchilar – ma’lum bir tayyorgarlik, ta’lim va tarbiyaga ehtiyoj sezgan odamlarning aniq bir kontingenti;
5) pedagoglar – tizim maqsadlariga mos keluvchi, pedagogik ta’sir obyekti haqidagi psixologik bilimlar bilan qurollangan, ma’lum bir axborot, muloqot vositalariga;
6) natija – tizim faoliyatining yakunida ta’lim oluvchilarda shakllantirilgan bilim, kо‘nikma va malakalar.
"Funksional komponentlar – rahbarlar, о‘quvchilar, pedagoglar, …faoliyati davomida yuzaga keluvchi tarkibiy qismlarning barqaror bazaviy aloqasi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə