Innovatsion iqtisodiyot



Yüklə 140,06 Kb.
səhifə1/7
tarix11.12.2023
ölçüsü140,06 Kb.
#145846
  1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy о‘sish tushunchasi va kо‘rsatkichlar tahlili (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

IQTISODIYOT FAKULTETI
INNOVATSION IQTISODIYOT” KAFEDRASI


60310102-“IQTISODIYOT” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) bakalavr I-156-20 guruh talabasi Ismoilov Ulug’bekning
IQTISODIY O’SISH”
FANIDAN
Mavzu: “Iqtisodiy о’sish tushunchasi va kо’rsatkichlar tahlili” bo’yicha
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: 3 kurs I-156-20 guruh talabasi
Ismoilov Ulug’bek
Qabul qildi: Prof. R.X.Ergashev
QARSHI-2023


MUDARIJA:


Kirish………………………………………………………………………………3
I Bob Iqtisodiy о’sish haqida tushuncha hosil qilish va iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari orqali tahlil qilish………………………………………………..5
1.1 Iqtisodiy o’sish mohiyati va mazmuni……………………………………….5
1.2 Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari va omillari………………………….10
1.3 Iqtisodiy о’sish tushunchasi va о’lchanishi ……………………….........….14
Xulosa va takliflar……………………………………………………………….19
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………20


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda dunyoda qashshoqlik va kambag’allikka barham berish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlash muammolari markaziy o’rinda turibdi. Soni о’sib borayotgan aholi uchun mos, to’yimli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalana olishni ta’minlash deyarli barcha halqlar to’qnash kelayotgan eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi. O’zbekistonni 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsion va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o’sishi va kam ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi.
Iqtisodiy o’sish, jumladan uning sifati to’g’risidagi masala mamlakat, uning mintaqalari, umuman biror-bir ijtimoiy tizimning rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun ham juda muhim. Iqtisodiy o’sish jamiyatning rivojlanish istiqbollarini prognozlash imkonini beradi. Bundan tashqari, iqtisodiy o’sish resurslarning cheklanganligi muammosini hal etish uchun sharoit yaratadi.
Iqtisodiy o’sishni ta’minlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining ko’payishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy o’sishni shart qilib qo’yuvchi asosiy sabablardandir.
Iqtisodiy o’sish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy o’sish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy o’sish ishlab chiqarishning ilg’or tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta bo’lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o’sish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qo’paytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.



Yüklə 140,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə