Innovatsion iqtisodiyot


Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari va omillari



Yüklə 140,06 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü140,06 Kb.
#145846
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy о‘sish tushunchasi va kо‘rsatkichlar tahlili (2)

1.2. Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari va omillari
Iqtisodiy o’sish murakkab va ko’p qirrali jarayon bo’lganligi sababli uni baholash uchun qandaydir bitga ko’rsatkich kifoya qilmaydi, balki muayyan ko’rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko’rsatkichlar tizimida o’lchamdagi va klimat ifodasidagi ko’rsatkichlar farqlanadi. Iqtisodiy o’sishning jismoniy o’lchamdagi ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin universal emas, ya’ni har xil o’lchamdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin. Klimat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to’liq “tozalash” mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli ko’pincha iqtisodiy o’sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Iqtisodiy o’sish quyidagi qiymat ko’rsatkichlarida hisoblanadi:
1.YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning mutloq hajmi va ular o’sish sur’atlari.
2. YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’atlari.
3.YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga turli keladigan miqdori va uning o’sish sur’atlari.
Iqtisodiy o’sishni baholashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
Agar diqqat markazida mamlakat iqtisodiy salohiyati muammosi tursa, birinchi ko’rsatkichdan foydalanish ko’proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko’proq ikkinchi ko’rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko’rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Odatda iqtisodiy o’sish sur’ati % (foiz)da joriy yildagi real YaMM (SMM, MD) ni bazis davridagi hajmiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.


1.2.1-jadval
O’zbekistonda YaIM va asosiy tarmoqlar mahsulotlarining o’sish sur’atlari oqimi yilga nisbatan % hisobida


Yüklə 140,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə