Innovatsion iqtisodiyot


Yillar Ko’rsatkichlar



Yüklə 140,06 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü140,06 Kb.
#145846
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy о‘sish tushunchasi va kо‘rsatkichlar tahlili (2)

Yillar


Ko’rsatkichlar

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

Yalpi ichki mahsulot

103,8

104,2

104,2

104,4

107,7

107,0

107,3

Sanoat mahsuloti

106,4

108,1

108,5

106,2

109,4

107,3

110,8

Iste’mol tovarlari

107,7

110,9

111,8

108,4

113,4

117,7

120,6

Qishloq xo’jalik mahsuloti

103,1

104,2

106,0

105,9

110,1

106,2

106,2

Qurilish ishlari

102,9

103,3

103,1

103,5

103,6

107,8

112,8

Chakana savdo

107,6

109,6

102,1

105,1

104,7

108,2

114,8

Aholiga pulli xizmat ko’rsatish

115,7

114,7

108,6

107,9

113,8

115,0

119,3



Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini xarakterlaydigan klimat ko’rsatkichlar bir qator kamchiliklarga ham ega.
Birinchidan, ular mahsulot sifatining o’zgarishini to’liq aks ettirmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy darajasini to’liq xarakterlab berolmaydi:

  • Ikkinchidan, real YAMMva uning aholi jon boshiga o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi.

  • Uchinchidan, iqtisodiy o’sishni qiymat ko’rsatkichlarda miqdoriy hisoblash boshqa tomonlama uning atrof-muhitga va insonning hayot sharoitiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.

Iqtisodiy o’sishning alohida tomonlarini xarakterlovchi jismoniy ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat bo’lib, ular ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda miqdori, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi va shu kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
a) Ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya’ni uning unumdorligi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o’rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
1.2.2-jadval
O’zbekiston milliy iqtisodiyoti tarmoqlari bo’yicha YAIM ulushining o’zgarishi (joriy baholarda YAIM ga % hisobida)





Tarmoqlar

Yillar

2014

2015

2016

2017

2018

2019

1.

YIM

100

100

100

100

100

100

2.

Qishloq xo’jaligi

30,0

30,1

28,6

26,8

25,0

24,1

3.

Sanoat

14,1

14,5

15,8

17,1

20,7

22,1

4.

Qurilish

38,2

38,4

37,4

37,6

38,4

36,5

5.

Xizmatlar

5,8

4,9

4,5

4,5

4,9

5,1

6.

Sof soliqlar

11,9

12,6

13,7

14,0

11,0

9,2

Iqtisodiy o’sishning jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan boshqa jismoniy ko’rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo’yicha hisoblab chiqadigan mahsulot ko’rsatkichi asosida tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy o’sish tahlilida iqtisodiyotning ichidagi asosiy nisbat ham o’rganiladi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o’sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:

  • Tabiiy resurslarning miqdori va sifati.

  • Mehnat resurslarining miqdori va sifati.

  • Asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi.

  • Texnologiya va fan - texnika taraqqiyoti.

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiy o’sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda”.
Ikkinchi guruh talab omillaridir. Bular:

  1. Investitsion resurslar talab darajasi.

  2. Aholining umumiy farovonlik darajasi.

Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan to’liq foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o’sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratdi. To’liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o’sishni ro’yobga chiqaradi.
Iqtisodiy o’sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o’z o’rniga ega bo’lsada, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Bu avvalo, mehnat unumdorligining o’sishiga olib keluvchi omillardir.
Fan — texnik taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnik taraqqiyoti o’z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan-texnika taraqqiyoti deyilganda, pirovard mahsulot chiqarishni ko’paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg’unlashtirishni taqozo qiluvchi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va kapital quyilmalar (investitsiyalar) mustahkam o’zaro bog’liq, texnika taraqqiyoti ko’pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo’yishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foyda­lanish bo’yicha texnologiyani qo’llash uchun atom elektrostansiyalarini ko’rish zarur bo’ladi. Birinchi qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli ro’y berish xarakteriga ega bo’ladi. Gaz va yoqilgi dvigatellari, konveyer va yig’ma liniyalar bizni hayotga o’tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.



Yüklə 140,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə