Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


 Oʻzbekistonda ekoturizimni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

7.4. Oʻzbekistonda ekoturizimni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari 
va jahon tajribasi
Ekoturizm bugungi kunda istiqbolli sohalardan biri boʻlib, 
mamlakatimizning deyarli barcha hududida uni rivojlantirish imkoniyati 
mavjud. Hozirda ekoturizmni rivojlantirish dunyo mamlakatlari, xususan 
mamlakatimiz oldida turgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar sifatida 
uni rivojlantirish istiqbollarini belgilab beruvchi chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish har qachongida zaruratga aylanib bormoqda. Zero, ayni paytdagi 
ekologik vaziyat insoniyat oldiga yangi-yangi vazifalarni qoʻymoqdaki, bu 
vazifalarni amalga oshirish yoʻllarini aniqlash, huquqiy asoslarini 
takomillashtirish mezonlari va mexanizmlarini ishlab chiqishni bugungi 
hayotning oʻzi taqozo qilmoqda.
Ekoturizmning rivojlantirilishi bevosita “tabiat-shaxs-jamiyat” tizimi 
uygʻunligini taʼminlashga va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga oʻzining 
konstruktiv taʼsirini koʻrsatadi. Respublikamizning jahon hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvi, bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va tabiat 


175 
resurslaridan inson, jamiyat, davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
isteʼmol qilish hajmining haddan ziyod kengayishi hamda ayrim fuqarolarda 
tabiatga nisbatan loqaydlik, isrofgarchilik munosabatlarining mavjudligi 
bevosita ekoturizm rivojiga qaratilgan shaxs ekologik huquqiy ongini 
yuksaltirish faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borish hayotiy 
zaruratga aylanib bormoqda. Binobarin, tabiat barqarorligini taʼminlashdagi 
asosiy omillardan biri, bu albatta, ekoturizmni rivojlantirib borish ekanligini 
unutmaslik lozim.
Bugungi globallashuv jarayonida mamlakatimiz oʻz imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda turizmning tarixiy, ziyorat, tibbiyot, sport, maʼrifiy - 
madaniy, etnografik va gastronomik kabi turlarini rivojlantirish bilan 
birgalikda, ekologik turizm (ekoturizm)ni rivojlantirish samaradorligiga 
yana ham keng eʼtibor qaratilmoqda. Zero, “Ekologik turizm Oʻzbekistonda 
rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoq hisoblanadi. Ekologik turizm katta 
iqtisodiy daromad keltirishga qodir”
19
boʻlgan manba sifatida mamlakat 
iqtisodiyoti 
tarkibida 
rivojlanib 
borayotgan 
turizmning 
muhim 
yoʻnalishlaridan biridir.
Oʻzbekiston taraqqiyotining istiqbolli strategiyasida ham ekoturizm 
rivojiga qaratilgan alohida rejalarni koʻrish mumkin. Xususan, 2022-2026-
yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining “Milliy iqtisodiyotni jadal 
rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash” boʻlimining 35-
bandida: “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy 
sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif 
buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish belgilab 
olindi. Boshqacha aytganda, Oʻzbekistonning zamonaviy iqtisodiyoti — 
samarali ishlab chiqarish bilan birga xizmat koʻrsatish tarmoqlari rivojiga 
asoslangan iqtisodiyot sari bormoqdaki, bu muhim vazifa ekoturizmni 
rivojlantirish, Oʻzbekistonni jahon turizmining jozibali markaziga 
aylantirish, yurtimizni sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan davlatlar 
qatoriga kiritishni koʻzda tutadi
20
. Shuning uchun ham Oʻzbekiston 
iqtisodiyotining “drayveri” sifatida qaralayotgan zamonaviy ekoturizmni 
tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning konstruktiv asoslarini 
ishlab chiqish hamda uni amalga oshiruvchi mexanizmlar kompleksini 
yaratish masalasi oʻz dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Barchamizga maʼlumki, dunyo mamlakatlari taraqqiyotida juda tez 
rivojlanayotgan sohalardan biri bu turizm boʻlib, iqtisodiy daromad 
19
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – Toshkent: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2021. – 
398-b. 
20
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. –T.: Oʻzbekistan, 2021. –B.172 


176 
topishning muhim manbai sifatida oʻz ichki imkoniyatlarini safarbar qilgan 
holda mamlakat iqtisodiy rivojlanishida asosiy oʻrinni saqlab qolmoqda. 
Butunjahon Turizm Tashkiloti (BTT) maʼlumotlariga koʻra: “Turizm yer 
yuzidagi ishlab chiqarish-xizmat koʻrsatish bozori mablagʻ aylanmasining 
10%ini taʼminlaydi. Taxminan 6% jahon yalpi milliy mahsuloti, jahon 
investitsiyasining 7%, jahon isteʼmoli xarajatining 11%, barcha soliq 
tushumlarining 5%, har 16 ishchi oʻrnining biri turizm sohasi hissasiga 
toʻgʻri keladi. Butunjahon Turizm Tashkiloti (BTT) maʼlumotiga koʻra, har 
yili yer yuzi aholisining 1/3 qismi safarga chiqadi, xalqaro turizmning yillik 
oʻsishi 4%ni tashkil etadi”
21
. Oʻzbekiston ekoturistik resurslarga boy 
davlatlar qatoriga mansub. Shuningdek mamlakatimizning Yevrosiyo 
doirasidagi iqtisodiy geografik oʻrni qulay tranzit xususiyatlarga ega. Shu 
sababli ichki va xalqaro ekoturistik oqimni kuchaytirishning katta 
imkoniyatlari bor. Lekin respublikamizda hozirgi kunda turizm sohasi 
asosan 
tarixiy-madaniy 
rekratsion 
resurslarga 
tayangan 
holda 
rivojlanmoqda, mamlakatning tabiiy rekratsion va ekoturistik salohiyatidan 
intensiv darajada foydalanilmayapti. Shuning uchun ham xorijiy tajribalar 
asosida, Oʻzbekiston sharoitini hisobga olgan holda, hududlarda 
ekoturizmni rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikada 
ekoturizimni rivojlantirish orqali nafaqat tabiatni muhofaza qilish va 
biologik xilma-xillikni saqlash muammolarini ijobiy hal qilishga erishiladi, 
shu bilan birgalikda, tabiatni inson tomonidan kuchli oʻzgartirilmagan 
chekka hududlarda yashovchi aholini ish bilan taʼminlash, uning turmush 
darajasini oʻsishiga imkoniyat yaratiladi.
Jahonda ekoturizmni rivojlantirishda yagona, yaʼni universal, har bir 
davlatning tabiiy va iqtisodiy sharoitiga mos keladigan model hozirgacha 
ishlab 
chiqilmagan. 
Lekin 
koʻplab 
davlatlarda 
ekoturizimni 
rivojlantirishning tayanch hududlari sifatida milliy bogʻ va qoʻriqxonalar 
qabul qilingan. Milliy parklar – faoliyati tabiiy landshaft va biologik xilma-
xillikni saqlash funksiyalarini bajarish bilan birga rekreatsiyani 
rivojlantirishga qaratilgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar. 
Hozirgi vaqtda 3 mingdan ortiq milliy bogʻlar bor. Koʻp xollarda milliy 
bogʻlarda ekoturizmdan foydalanishda xususiy moliyaviy taʼminot 
qoʻllanilmoqda. Ekoturizimning prinsiplariga koʻra, ekoturist tabiat 
bagʻrida dam olganligi uchun minimal haq toʻlaydi. Hozirda milliy bogʻlar 
hududida ekoturizm sohasidagi pullik xizmatlar jahonning 30 dan ortiq 
davlatlarida rivojlanmoqda. Dunyo boʻyicha milliy bogʻlarning yillik 
daromad hajmi 1 mlrd. AQSH dollaridan oshadi. Milliy bogʻlardan 
21
Jahon turizm tashkiloti // www.unwto.org/ru 


177 
ekoturizmda foydalanishda Kanada yiliga 250 mln. dollar, AQSH esa 875 
mln. dollar foyda topmoqda. Yaponiyaning milliy bogʻlariga har yili 120 
mln dan ortiq xorijiy va ichki ekoturistlar tashrif buyuradi.
Hozirgi vaqtda milliy bogʻlarning 5 ta modeli bor: Amerika, Yevropa, 
Osiyo, Avstraliya hamda rezervat — park modellari.
Milly bogʻlarning Amerika modeli muhofaza etiladigan hududlarning 
juda kattaligi bilan ajralib turadi. Grelandiyadagi “Grelandiya” (maydoni 
77770 mln.ga), AQSHdagi “Alyaska” (maydoni 7,3 mln.ga), Kanadadagi 
“Bud-Baffalo” (maydoni 4,4 mln.ga), Botsvanadagi Markaziy Kalaxari 
(maydoni 5,2 mln.ga), Mongoliyadagi “Gobi” (maydoni 5 mln.ga), 
Rossiyadagi “Kolima” (maydoni 3 mln.ga) milliy bogʻlari ushbu modelga 
mos muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning misollari hisoblanadi. Bu 
modeldagi dastlabki milliy bogʻ AQSH da 1872-yilda tashkil etilgan, 
hozirda dunyoga mashhur Yellouston milliy bogʻi hisoblanadi. AQSH va 
Kanadada milliy bogʻlarning maydonlari tobora kengayib bormoqda. 
Hozirgi vaqtda Kanada hududining 12% milliy bogʻlarga toʻgʻri keladi. Bu 
yerda milliy bogʻ0lar davlat tasarrufida boʻlib, baʼzi xollarda yirik 
korporatsiyalarga ijaraga beriladi, lekin shunda ham milliy bogʻ tabiat 
muhofazasini nazorat qilish huquqi davlat hokimiyatida saqlanadi. AQSHda 
milliy bogʻlarga katta miqdorda moliyalashtiriladi. Milliy bogʻlarni saqlash 
uchun federal hukumat hamda shtatlar ham mablagʻ ajratadi. Bunga 
qoʻshimcha ravishda xususiy mulkdorlar ham mablagʻ qoʻshishadi (milliy 
parklardagi rekreatsiya xizmatlarining yarmi xususiy sektorda). Shuning 
uchun ham Shimoliy Amerikadagi milliy bogʻlar dunyodagi eng boy milliy 
bogʻlardir.
Milliy bogʻlarning Yevropa modeli. Yevropadagi dastlabki milliy 
bogʻ 1909-yilda Shvetsiyada tashkil etilgan. Ushbu modeldagi muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlarning tipik namunalari Buyuk Britaniyada tashkil 
qilingan boʻlib, ayrim hollarda milliy bogʻlarning Yevropa modeli ingliz 
modeli deb ham ataladi. Bu modeldagi milliy bogʻlar aholisi zich 
joylashgan, hamda shaharlashish darajasi yuqori boʻlgan Gʻarbiy Yevropa 
davlatlari va Yaponiyada keng tarqalgan. Bu modeldagi milliy bogʻlarning 
asosiy xususiyati hududiy jihatdan kichikligi, yerlarning katta qismi xususiy 
mulkda ekanligi, boshqaruv jarayonida mahalliy hokimiyat va oʻzini-oʻzi 
boshqarish tuzilmalarining keng ishtiroki, rekreatsion funksiyalarning 
birlamchiligi hamda koʻproq mahalliy (atrofidagi) sayyohlarga xizmat 
koʻrsatishga ixtisoslashganligidan iborat. Gʻarbiy Yevropa va 
Yaponiyadagi milliy bogʻlarning moliyalashtirish va rentabellik darajasi 
ekoturistlar oqimi kattaligi hisobiga ancha yuqori.


178 
Rezerv — park modelining rivojlanish konsepsiyasi oʻziga xos 
mazmunga ega. Bu modeldagi milliy bogʻlarni moliyalashtirish davlat 
hisobidan amalga oshirilmasdan, ekoturistlarga pullik xizmat koʻrsatish 
hisobiga amalga oshiriladi. Bu modeldagi milliy bogʻlarning faoliyatining 
bosh prinsipi oʻzining ichki imkoniyatlar va resurslariga tayanishidir. Bu 
model XX asr oʻrtalarida shakllanib, hozirda rivojlanayotgan davlatlar, 
ayniqsa Afrika va Karib havzasidagi mamlakatlarda keng tarqalgan. Milliy 
bogʻlarga kirish chiptasi ancha past, shuning uchun ham mahalliy va ayniqsa 
xorijiy turistlar juda koʻp foydalanishmoqda.
Milliy bogʻlarning Osiyo modeli. Osiyodagi milliy bogʻlarning 
aksariyat qismi Tailand, Shri-Lanka, Bangladesh, Indoneziya, Turkiya, 
Malayziya, Filippin, Janubiy Koreya davlatlarida joylashgan. Aholi 
zichligining yuqoriligiga qaramay, Osiyo davlatlarida milliy bogʻlarning 
soni koʻpayib, yer fondi koʻpayib bormoqda. Janubiy Koreya 
Respublikasidan tashqari, aksariyat, Osiyo mamlakatlari milliy bogʻlar 
davlat tasarrufida va moliyalashtirilishi asosan davlat zimmasida. Ammo 
moliyalashtirish miqdori hattoki, Afrikadagi koʻpchilik milliy bogʻlarga 
nisbatan past koʻrsatkichda. Odatda milliy bogʻlarni moliyalashtirishga 
xorijiy sarmoyalardan foydalanilmaydi. Milliy bogʻlarning moliyaviy 
ahvoli Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi yangi sanoatlashgan 
mamlakatlar yaʼni Koreya Respublikasi, Malayziya va Tailandda ancha 
yuqori darajada boʻlmoqda. Osiyodagi milliy bogʻlarga tashrif 
buyurayotgan sayyohlarning soni borgan sari ortib bormoqda va ayrim 
davlatlarda (ayniqsa Tailandda) Karib davlatlarining darajasiga yaqinlashdi. 
Osiyo modelidagi milliy bogʻlarning yana bir xususiyati ularning faoliyatiga 
katta miqdordagi ishchi kuchi jalb qilinganligi bilan xarakterlanadi. Demak, 
Osiyo davlatlaridagi milliy bogʻlar iqtisodiy jihatdan yuksalishga tomon 
rivojlanib bormoqda. Milliy bogʻlarning Osiyo modeli boshqa modellarning 
turli qirralarini mujassam qilishga intilish kuzatilmoqda.
Milliy bogʻlarning Avstraliya modeli. Ushbu model ekologik 
turizmning oʻziga xos tamoyillariga asoslangan holda tashkil qilinganligi 
bilan ajralib turadi. Avstraliyada milliy bogʻlar hududida ekoturizimni 
rivojlantirish davlat dasturlari asosida amalga oshiriladi. Bunda federal 
hukumat shtatlar va hududlarning takliflarini hisobga olgan holda qarorlarni 
qabul qiladi. Eng muhimi shundaki, ekoturizmni tashkil qilishda mahalliy 
aborigenlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hisobga olinadi va ekoturistik 
xizmatlarni amalga oshirish toʻliq ularga topshiriladi. Bu holat mahalliy 
aholining ish va daromad manbai bilan taʼminlash, kichik aholi punktlarini 
infratuzilmasini modernizatsiya qilish muammolarini hal qilishga 


179 
koʻmaklashadi.
Yuqorida tahlil qilingan ekoturizmni tashkil qilish borasidagi xorijiy 
tajribalarni oʻrganish asosida Oʻzbekistonda ekoturizimni tashkil etishning 
milliy modelini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu borada quyidagilarga 
alohida ahamiyat berish lozim:
- davlat qoʻriqxonalarini bosqichma-bosqich milliy rezervatlar shakliga 
oʻtkazish, yaʼni qoʻriqxona ichida, ularning biologik va landshaft xilma-
xilligiga zarar yetkazmasdan, lokal ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqish 
va amaliyotga tatbiq etish lozim. Bunday tajriba hozirgi kunda Nurota davlat 
togʻ-yongʻoq qoʻriqxonasida amalga oshirilmoqda. Hududga kirish joyida 
turistlarni maxsus yoʻlaklar orqali oʻtish joylari tashkil etilgan, turistlar 
foydalanishi uchun transport vositalari (otlar, tuyalar) qoʻyilgan, gidlar 
xizmat koʻrsatishi yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, turistlarning dam olishi 
uchun kichik uy mehmonxonalari tashkil qilingan. Shunga oʻxshash faoliyat 
turlarini respublikamiz hududidagi boshqa muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarda, shu jumladan xorijiy sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan 
Samarqand shahriga yaqin joylashgan Zarafshon milliy bogʻida tashkil etish 
mumkin. 
 
BMT Butunjahon turizm tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, ekoturizm 
soʻngi oʻn yillikda turizimni rivojlantirishning beshta asosiy 
yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoldi. Soʻngi yillarda global turizm sanoatining 
umumiy hajmida ekoturizmni ulushi 10% dan oshdi va uning oʻsish surʼati 
butun sayyohlik sanoatidagi tegishli koʻrsatkichlarga nisbatan 2-3 barovar 
yuqoridir.
Oʻzbekistonda tarixiy, madaniy va ziyorat turizmini rivojlantirish 
bilan bir qatorda mazkur sohaning boshqa turlari, xususan, ekoturizmni 
rivojlantirishga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Yangi tahrirda qabul 
qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi qonunda ekoturizm mazkur sohaning 
alohida turlaridan biri sifatida belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, Vazirlar 
Mahkamasining “Ekoturizmni rivojlantirish chora-tadbirlari va suv 
omborlarining suv saqlanadigan zonalarida yer maydonlarini ajratish 
tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori 03.12.2018y. 978-son ham 
qabul qilindi. Ushbu yoʻnalishni jadal rivojlantirish, mazkur qonun va 
qarorlarni amaliyotga tatbiq qilish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat 
qoʻmitasi tarkibida Ekologik va agroturizmni rivojlantirish boʻlimi tashkil 
etildi.
Ekologik turizm (ekoturizm) diqqatga sazovor joylarni oʻrganish va 
ulardan zavqlanish uchun tabiatning inson qadami “tegmagan” (nisbatan 
kam tekkan) joylarga sayohat qilishni anglatadi. Bundan tashqari, sayyohlar 


180 
uchun ushbu hududlarning madaniy va etnografik xususiyatlari ham qiziq. 
Ekoturizm mahalliy aholining faol ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokini va mazkur 
faoliyat turidan daromad olishini ham taʼminlaydi. Ammo bunday hududlar 
koʻpincha qoʻriqxonalar, biosfera rezervatlari yoki ularga yaqin joylardan 
tashkil topgan. Ular tarkibida yoʻqolib borayotgan hayvonlar va 
oʻsimliklarning oʻnlab yoki yuzlab turlari mavjud. Ushbu hududlar qonun 
himoyasida va odatda ommaviy kirish u yoqda tursin, qoʻriqxona (rezervat) 
xodimlari va olimlardan boshqa kishilarning kirishi uchun ham yopiq 
hisoblanadi. U yerlarga sayyohlar kirib borishi va oqimining koʻpayishi 
insonning tabiatga qoʻpol aralashuvi demakdir. Bu qoʻriqlanayotgan 
hududlarning ifloslanishiga olib kelishi va ulardagi ekotizim yaxlitligiga 
tahdid solishi mumkin. Respublikada ekoturizmni rivojlantirish mamlakat 
tabiatini muhofaza qilish va atrof muhit tozaligini saqlash yuzasidan 
qoʻshimcha saʼy-harakatlarni talab etadi. Shu oʻrinda tabiiy savollar 
tugʻiladi: qanday qilib ekoturizmni mamlakatning tabiiy merosiga va 
mavjud ekosistemasiga zarar yetkazmasdan rivojlantirish mumkin? Ikki 
yoʻnalishni oʻzaro uygʻunlikda olib borish mumkinmi? Ekoturizimni 
respublikadagi salohiyatiga nazar tashlar ekanmiz, Oʻzbekiston okean va 
dengizlardan uzoqda joylashgani va tabiiy suv havzalari hajmi kichikligi 
sababli ekoturizmni rivojlantirish uchun maqbul joylari qoʻriqxonalar va 
ularga yaqin joylashgan hududlar hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda 
Toshkent, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm 
viloyatlarida joylashgan 7 ta qoʻriqxona mavjud 
boʻlib, umumiy 
maydoni 188,33 ming
 
gektardan oshadi. Ushbu qoʻriqxonalar asosan 
yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlar va oʻsimliklarni himoya qilish 
maqsadida tashkil etilgan.
Ekoturizmning sof iqtisodiy samarasini aniqlash - mushkul masala. 
Turli mamlakatlar tajribasidan maʼlumki, ekoturizmdan tushgan 
daromadning 95 foizi mahalliy hududlar (viloyat va tumanlar) iqtisodi 
ulushiga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, ekoturistlarning kunlik xarajatlari 
boshqa turdagi sayyohlarnikidan 2-3 barobar koʻp. Misol uchun, dunyoning 
yetakchi ekoturizm hududlaridan biri boʻlmish Kosta-Rikada bir sayyoh 
ekoturizm manzilida oʻrtacha $1000 sarflasa, bu koʻrsatkich Fransiyada 
uchun $400 ga teng. Boshqa misol: Dominikada sayyohlar tabiatga ziyonsiz 
kichik qoʻnoqlar uchun sayyohlik kemalaridan koʻra 18-marta koʻp pul 
toʻlaydi.
Ekoturizmning katta bozorlari Kosta-Rika, Ekvador, Nepal, Keniya, 
Madagaskar va Shimoliy yarimshar mamlakatlaridir. Aslida “ekologik” 
turizm tushunchasi zamirida sayohatchilarning boradigan manzilini 


181 
avaylashi hamda mazkur hududlar ommaviy va hukumat himoyasida 
boʻlishi lozimligi yotadi. Nepalda ekoturizm tabiiy resurslardan 
foydalanishga yordam berishi, biologik xilma-xillikni saqlashi, oʻrmon 
qoplamini koʻpaytirishga xizmat qilishi, oʻsimlik va hayvonot dunyosini 
muhofaza qilish va koʻpaytirishga, koʻkalamzorlashtirish hamda muqobil 
energiya manbalaridan foydalanishga ijobiy taʼsir etishi zarurligi shart qilib 
qoʻyilgan. Shuningdek, u yerda tabiiy merosni asrashni takomillashtirish va 
boshqarishga mahalliy jamiyatning ishtiroki va qoʻllab-quvvatlashi orqali 
erishilmoqda. Xususan, jamiyat ishini tashkil etish, tabiat toʻgʻrisidagi 
taʼlim va yetakchilarni tayyorlash kabi ommaviy dasturlar masʼul hokimiyat 
vakillari ishtirokida yoʻlga qoʻyilmoqda.
Ekoturizmning tabiatga yetkazishi mumkin boʻlgan zarari oldini 
olishda, avvalo, davlat nazorati hamda jamiyatdagi ekologik bilimlar 
ahamiyati beqiyos. Davlat nazorati esa zarur normativ-huquqiy bazani 
takomillashtirishga asoslanadi. Takomillashtirishda xalqaro standartlar 
hamda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanilishi zarur. Bu borada 
Oʻzbekiston Respublikasining tabiat muhofazasiga oid bir necha xalqaro 
konvensiya va shartnomani imzolagani ahamiyatlidir. Biroq mamlakatimiz 
hozirga qadar ekologik turizmga oid xalqaro shartnomalarga qoʻshilgani 
yoʻq. Bevosita turizm va u sabab kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy 
oqibatlar oldini olishda davlat, nodavlat tashkilotlari va sayyohlarning 
oʻrnini belgilovchi BMT Butunjahon turizm tashkilotining “Turizm etikasi 
toʻgʻrisida” gi hadli konvensiyasi hamda “Ekoturizm toʻgʻrisida” gi Kvebek 
deklaratsiyasini bunga misol qilib keltirish mumkin. Mazkur xalqaro 
shartnomalarda tabiat va ekoturizm taraqqiyotini turizmning salbiy 
taʼsiridan himoya qilish, tabiiy va madaniy merosni innovatsion 
dasturlarning yomon oqibatlaridan muhofaza qilish bilan bogʻliq axloq-
odob prinsiplari hamda ekoturizm taraqqiyotini belgilashda davlat va 
nodavlat sektorining roli, shuningdek, soha rivojiga oid boshqa muhim 
masalalar aks etgan. Shu sababli, Oʻzbekistonda ekologik va agroturizm 
rivojiga hissa qoʻshadigan zarur huquqiy va tashkiliy vazifalarni belgilab 
olishda ekoturizm boʻyicha Kvebek deklaratsiyasi meʼyorlarini qoʻllash 
tavsiya etiladi.
Shu oʻrinda mazkur masala yuzasidan bir-ikkita xorij tajribasiga toʻxtalib 
oʻtish joiz. Singapurda ekoturizmni rivojlantirishda davlatning oʻrni juda 
katta. Davlat tabiiy merosni himoyalashdan tashqari, ekoturizmni 
rivojlantirish maqsadida turli xil fondlar tashkil etadi, qonun hujjatlarini 
qabul qiladi. Shuningdek, xususiy sektor muassasalari bilan ekoturizmni 
rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qilmoqda. Gonkong va Shanxay banki 


182 
kabi xususiy muassasalar esa mamlakatda “Tabiatga gʻamxoʻrlik qilish” 
dasturiga homiylik qilmoqda. Biroq Singapurning ayrim hududlarida 
ekologiya bilan bogʻliq muammolar kelib chiqayotgani kuzatilgan.
Oʻzbekistonda davlat va xususiy sektor hamkorligida qoʻshma dasturlar 
ishlab chiqish amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatda 
turizm, ayniqsa, ekoturizm sohasidagi salohiyat zamonaviy talablarga javob 
bermaydi. Soha taraqqiyoti uchun zarur sharoitlar yaratishda investitsiyalar 
jalb etibgina qolmay, ulardan oqilona, tabiatga ziyon yetkazmasdan 
foydalanishda davlat nazoratini kuchaytirish muhim omil hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol 
davlat milliy tabiat bogʻining ayrim tabiiy hududlari va obyektlaridan 
foydalanishni 
tartibga 
solish 
toʻgʻrisida”gi 
qarori 
ekoturizmni 
rivojlantirishga qaratilgan ijobiy misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur 
hujjatga koʻra, Urungʻoch koʻli va unga tutash hududda gidrologik tabiiy 
yodgorlik tashkil etiladi. Koʻl hududida ekoturizmni rivojlantirish 
rejalashtirilgan. Asosiy vazifalar qatoriga tabiiy koʻl va unga tutash hududni 
saqlash va muhofaza qilish, togʻ ekotizimining oʻsimlik va hayvonot 
dunyosini tiklash, ekologik turizmni tashkil etish, ilmiy va ekologik taʼlimni 
rivojlantirish kiradi.
Yodgorlik hududida koʻlga salbiy taʼsir koʻrsatadigan har qanday 
faoliyat turi taqiqlanadi. Bundan tashqari, u erda ekologik nazorat postini 
oʻrnatish rejalashtirilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan 
birga sayyohlik yoʻnalishlari belgilab olinadi. Bundan tashqari, hududda 
sayyohlar uchun maxsus yoʻlakchalar, oʻrindiqlar, axlat qutilari, axborot va 
taqiqlash belgilari hamda biohojatxonalarni tashkil qilish kabi chora-
tadbirlar ham nazarda tutilgan.
Respublikada faoliyat yurituvchi turoperatorlar, davlat hokimiyati 
idoralari xodimlari va aholining ekologik bilimlarini oshirish masalaning 
yana bir muhim jihatidir. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda 
Ekologiya va tabiat resurslari vazirligiga Oʻzbekistonda ekoturizmni 
rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ni ishlab chiqishni tavsiya etish 
mumkin. Shuningdek, ekoturlarni Tabiat Resurslar Vazirligi bilan 
hamkorlikda ishlab chiqish lozim. BMTning barcha barqaror rivojlanish 
maqsadlariga (xususan, ekologik va iqtisodiy barqarorlik sohasidagi) 
erishish uchun Oʻzbekiston Respublikasida turizmning muqobil turi sifatida 
ekoturizmni rivojlantirish muhim albatta. Uni rivojlantirishda ekologiya va 
turizmning manfaatlari qarama-qarshiligi emas, aksincha, hamkorligi 
muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə