International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3


International Islamic Academy of Uzbekistan



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.03.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#102761
1   2   3   4
din-psixologiyasi-bo-yicha-mutaxassis-kadrlarni-tayyorlashda-fanlararo-integratsiyaning-ahamiyati

International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-35-38 
 
 
 
 
 
36
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Terrorizm va ekstremizm, fundamentalizm 
va radikalizm, fanatizm va jangarilik kabi illatlarning oldini olish va zararlantirish 
kabi masalalarni hal etish;
-beshinchidan, diniy e’tiqod shakllanish bosqichlari va e’tiqodning
o‘zgarishi, diniy sekulyarizm masalalari;
-oltinchidan, islom olamida mashhur bo‘lgan, G‘arbda “Ruh ilmi” sifatida
tadqiq etilgan tasavvuf ilmining buyuk ulamolari hayoti va faoliyati, xususan,
yurtimizdan yetishib chiqqan va o‘z tariqatlarini yaratgan G‘ijduvoniy,
Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy
kabi salaflarimiz boy merosiga murojaat qilish. Ular bitiruv malakaviy ishlar va
magistrlik dissertatsiyalari tadqiqot ob’ektiga aylanishi, ular bo‘yicha chuqur
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, zamonaviy psixologiya fani doirasida izoxlash
va talqin etishga harakat qilish zarur;
yettinchidan, ijtimoiy hodisa sifatida dinning kommunikativ, regulyativ,
interaktiv, psixoterapevtik va gnoseologik funksiyalarining psixologik
mexanizmlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 
Diniy bilimlarning qanday yo‘nalishda ko‘proq anglanishi turli xil omillarga – 
odamning yoshi, dunyoqarashi, qiziqishlari va ideallari, hayotning ma’nosi haqidagi 
tasavvurlariga bog‘liq bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas. Ayni vaqtda ushbu omillar 
orasida o‘ziga xos individual-psixologik o‘zgaruvchi sifatida shaxs ustanovkalari
jumladan, irratsional ustanovkalar darajasi ham muayyan ahamiyatga ega bo‘lishini 
taxmin qilish mumkin. 
Ilmiy adabiyotlarda din psixologiyasi fanini o‘qitishda ko‘pincha regulyativ, 
interaktiv, psixoterapevtik (kompensatsiyalovchi), kommunikativ funksiyalar tilga 
olinadi. Darhaqiqat, din jamiyat va alohida insonning hayotida ushbu muhim 
vazifalarni bajarishini tasdiqlovchi misollar ko‘plab topiladi. Ammo, ayni vaqtda, 
shuni e’tirof etish kerakki, mazkur vazifalarning mazmunidan biz ko‘proq din 
instituti jamiyatga nima beradi, degan savolga javob topamiz – din odamlarning 
ijtimoiy xulq-atvorining nazoratiga yordam beradi, din odamlarni uyushtiradi, din 
jamiyat a’zolarining ruhiy muvozanatini tiklab, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtiradi, 
din odamlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va munosabat asosi bo‘lib gavdalanadi. Ushbu 
vazifalarning jamiyat hayoti uchun naqadar muhimligini shubha ostiga olmay, shu 
bilan birga ular baribir diniy bilim olish har bir insonga shaxsan nima berishi, nega 
kerakligini ochib bermaydi. 
Din psixologiyasi turkum fanlarini o‘qitish maqsadlarining 
o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə