International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3


International Islamic Academy of Uzbekistan



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix17.03.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#102761
1   2   3   4
din-psixologiyasi-bo-yicha-mutaxassis-kadrlarni-tayyorlashda-fanlararo-integratsiyaning-ahamiyati

International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-35-38 
 
 
 
 
 
37
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
1.
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni 
pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati 
yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan. Pedagogik faoliyat 
avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, 
ikkinchi avlodga o‘tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy 
imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
2.
Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda 
pedagogik maqsad talaba maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o‘z faoliyati 
maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish 
talabalar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote 
ta’kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, talabalarni mahliyo 
qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi»
1

3.
Pedagogik (ta’lim-tarbiya) jarayonda talaba faoliyatini boshqarish shuning 
uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo talaba kelajagi tomon yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyatini mantiqan talabalar 
ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub 
mohiyati ham ana shundan iborat. 
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan 
quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabul qilishi. 
Jamiyat maqsadlarining «o‘sib» pedagogik nuqtai nazarga aylanishi
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondashishi; 
- talabalar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning 
belgilangan maqsadlariga aylantirish
Talaba shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko‘rsata oladigan kishigina haqiqiy 
tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o‘zining axloqiy sifatlarini doimo 
takomillashtirib borishi zarur.
Talabalarni mehnat, muloqot, o‘yin, o‘qish kabi faoliyat turlarida ishtirok
etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o‘zining 
individual pedagogik tizimiga ega bo‘lishi kerak. 
Ta’lim jarayonida fanlararo bog‘lanishni tug‘ri yo‘lga qo‘yish va undan mohirlik 
bilan foydalanish talabalarning bilish ehtiyojini orttiradi, o‘quv faoliyatini 
faollashtiradi, diniy dunyoqarashini kengaytiradi. 
 
1
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent, 2008. -181 b. 146-
bet.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə