International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3



Yüklə 60,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü60,73 Kb.
#151794
  1   2   3   4   5
yoshlarda-reproduktiv-ongni-shakllantirishda-oilaga-qadriyatli-munosabatni-tarbiyalashning-psixologikpedagogik-jihatlari



International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-146-150 
 
 
 
 
 
147
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
YOSHLARDA REPRODUKTIV ONGNI SHAKLLANTIRIShDA OILAGA 
QADRIYATLI MUNOSABATNI TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI 
 
Nilufar Tulkunovna Rasulova
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
katta o‘qituvchisi 
 
Lotos_411@mail.ru
  
 
Bugungi kun ta’lim jarayonida yoshlarda oilaga qadriyatli yondashuvni 
shaklllantirish dolzarb masallardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim maktab 
o‘quvchilarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oilaga bo‘lgan munosabatini 
shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga qodir. O‘rta maktab 
o‘quvchilarining qadriyat munosabatlarini muvaffaqiyatli tarbiyalashning asosiy 
sharti - bu tarbiya shakllari, usullari va vositalarining kombinatsiyasi yig‘indisi 
doirasida amalga oshiriladi. 
Bizga ma’lumki, “tarbiya” tushunchasi pedagogikada yetakchi masalalaridan 
biridir. 
U keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Tarbiya keng ma’noda ijtimoiy hodisa 
sifatida, jamiyatning shaxsga ta’siri sifatida qaraladi. Bunday holda, ta’lim deyarli 
sotsializatsiya bilan bir qatorda ko‘rib chiqiladi. Cheklangan ma’noda tarbiya 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadlariga 
erishish uchun maxsus tashkil etilgan faoliyati sifatida qaraladi. 
I.P. Podlasiy quyidagi ta’rifni beradi: “Tarbiya – shaxsni maqsadli 
shakllantirish jarayonidir. O‘qituvchilar va o‘quvchilarning maxsus tashkil etilgan, 
boshqariladigan o‘zaro hamkorligi, uning yakuniy maqsadi jamiyat uchun zarur va 
foydali shaxsni shakllantirishdir ". 
Ta’lim o‘z maqsadi sifatida shaxsning uyg‘un rivojlanishini ko‘zda tutadi va 
pedagogik jarayon ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarning insonparvarlik 
xususiyatini nazarda tutadi. 
Oilaviy qadriyatlarni tarbiyalash - bu oilaviy madaniyatni, axloqiy oilaviy 
munosabatlarni 
tarbiyalash, 
bu 
oilaning 
barcha 
a’zolari minnatdorchilik
kechirimlilik, sabr-toqat, mehnatsevarlik, ishonch kabi fazilatlarga ega bo‘lmasdan, 
shuningdek, "burch" kabi tushunchalarni tushunmasdan tarbiyalash va shakllantirish 
mumkin emas.
Oilaga qadriyatli munosabatni tarbiyalash o‘rta maktab o‘quvchilarini oilaviy 
qadriyatlar bilan tanishtirish, ularning hayotiy tajribasini, oiladagi xulq-atvorning 
ma’nolari va usullarini, unga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirishning 
pedagogik va ijtimoiy-madaniy jarayoni sifatida qaraladi. 
Oilaning asosiy ustuvor yo‘nalishlari – bu: 

oila mansublikni anglash bilan bog‘liq qadriyatlar;



Yüklə 60,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə