International Journal of Finance and Digitalization


-model. Innovatsiyalar bo'yicha yetakchilar guruhini shakllantirish



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#152442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyaning tashkiliy jihatlari

7-model. Innovatsiyalar bo'yicha yetakchilar guruhini shakllantirish 
8-model. Innovatsiyalar bo'yicha alohida mas'ul shaxsning mavjud emasligi 
9 va 10-model. Direktorlar orasidan innovatsiyalarga aloqador ikki kishilik jamoa 
shakllantirish 


 
 
 
 
International Journal of Finance and Digitalization
www.ijfd.uz
ISSN: 2181-3957 
Vol. 2 Issue 01, 2023 
International Journal of Finance and Digitalization 
Email: ijfduz@gmail.com
oshirilishi lozim. Birinchi tanlov innovatsion faoliyat boʻyicha ishtirokchilar turi 
va soni bilan bogʻliq, ya’ni innovatsion nazoratni bitta menejer yoki bir necha 
menejerlardan tashkil topgan guruhga topshirish boʻyicha aniqlik kiritilishi lozim. 
Ikkinchi tanlov tayinlangan innovatsion faoliyat menejerlarining boshqaruv 
darajasi va ularning hisobot berish jarayonlari bilan bogʻliq. Mazkur jarayonda 
toʻgʻridan-toʻgʻri bosh direktorga yoki ijroiya guruhiga hisobot beradigan top-
menejerlar yoki quyi darajada hisobot beradigan kichik va oʻrta darajadagi 
menejerlar ishlarni olib borishi boʻyicha qaror qabul qilishi lozim. Mazkur ikki 
tanlov natijasida kompaniyalar tomonidan bir necha modellar yuzaga kelishi 
mumkin (4-rasm). 
Xulosa 
Korxonalar korporativ boshqaruvida innovatsion strategiyaning tashkiliy 
jihatlarini tadqiq qilish asosida quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin. 
Birinchidan, 
korxonalarda 
innovatsion 
strategiyani 
shakllantirishda 
innovatsion faoliyatni korxonaning strategik maqsadlariga muvofiq kelishini 
inobatga olish lozim. Shuningdek, korporativ boshqaruv organlari innovatsion 
strategiyani ishlab chiqishda kadrlar masalasini alohida inobatga olish lozim. 
Ikkinchidan, korxonada korporativ boshqaruvning samarali yoʻlga qoʻyilishi 
oxir-oqibatda moliyaviy natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi. Natijada, 
innovatsion faoliyatni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari oshadi. 
Uchinchidan, korxonalarda innovatsion strategiyalarni shakllantirishda 
innovatsion faoliyatni toʻgʻri tashkil etish hamda mazkur jarayon uchun tajribali 
mutaxassislarni jalb qilish zarur. Xususan, innovatsiyalarni yaratishda korxona 
uchun haqiqiy foyda keltiradigan jihatlarga e’tibor qaratish hamda korxonaning 
bozordagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qilishi kabi jihatlarni inobatga olish 
lozim. Mazkur jarayonda korporativ boshqaruv organlari tomonidan ishchi guruhni 
qoʻllab-quvvatlash hamda uzoq muddat davomida loyihalarni moliyalashtirish 
masalalari hisobga olinishi zarur. 
Toʻrtinchidan, innovatsion strategiyani shakllantirishda egalik nuqtai 
nazaridan aksiyadorlarning manfaatlariga zid keladigan jihatlar yuzaga 
kelmasligiga e’tibor qaratish lozim. Aks holda, innovatsion strategiyani amaliyotga 
joriy etish va uzoq muddat davomida moliyalashtirishda muammolar yuzaga 
keladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə