International Journal of Finance and Digitalization


Keywords: corporate governance, innovation, innovation strategy,  innovative activity, shareholders, rights of shareholders.  Kirish



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#152442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyaning tashkiliy jihatlari

Keywords:
corporate governance, innovation, innovation strategy, 
innovative activity, shareholders, rights of shareholders. 
Kirish 
Innovatsion faoliyatni tashkil etish istalgan tarmoqdagi korxonalar uchun 
bozordagi oʻrnini mustahkamlash, raqobatbardoshlikni oshirish hamda foydani 
maksimallashtirish kabilarga erishish uchun zarur. Innovatsion faoliyatni tashkil 
etishda innovatsion strategiyalarni ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich 
amaliyotga joriy etish masalalari xalqaro amaliyotda kompaniyalar faoliyatini 
tashkil etishda aksariyat kompaniyalar tomonidan e’tibor qaratilmoqda. 
Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish, innovatsion strategiyani 
shakllantirish kabi masalalarni hal etishda kompaniyada yoʻlga qoʻyilgan 


 
 
 
 
International Journal of Finance and Digitalization
www.ijfd.uz
ISSN: 2181-3957 
Vol. 2 Issue 01, 2023 
International Journal of Finance and Digitalization 
Email: ijfduz@gmail.com
korporativ boshqaruv muhim ahamiyat kasb etadi. Kompaniyaning korporativ 
boshqaruv organlari innovatsion strategiyani ishlab chiqish hamda uni amaliyotga 
joriy qilishda hal qiluvchi qarorlarni qabul qiladi. Milliy amaliyotimizda 
korxonalarda innovatsion strategiyalarni shakllantirish hamda ularni amalga 
oshirishda qator muammolar mavjud. Xususan, mamlakatimiz amaliyotida 
innovatsion strategiyalarda ta’kidlangan jihatlar korxona samaradorligini oshirish, 
yangiliklarni amaliyotga joriy etish, innovatsiyalarni amalda qoʻllash kabilarni 
toʻliqligicha qamrab olmasligi hamda korporativ boshqaruv organlari tomonidan 
innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash yetarlicha amalga oshirilmasligi sababli 
mazkur tadqiqot dolzarb hisoblanadi.
Adabiyotlar tahlili 
Xalqaro amaliyotda innovatsion strategiyani samarali shakllantirish 
kompaniyalar faoliyatini samarali tashkil etishning muhim jihatlaridan hisoblanadi. 
Shu sababli aksariyat tadqiqotchilar tomonidan korporativ boshqaruvda 
innovatsion strategiyani shakllantirish boʻyicha izlansihlar olib borilgan. Xususan, 
L.Fu va boshqalar listing kompaniyalaridagi innovatsiyalarning korporativ 
boshqaruvga ta’sirini oʻrganishgan. “Shiddatli raqobatbardosh bozor iqtisodiyoti 
sharoitida kompaniya innovatsiyalar sohasida oʻzining yetakchi oʻrnini saqlab 
qolishi kompaniyaning uzoq muddatli yetakchilikni qoʻlga kiritishini belgilovchi 
omil hisoblanadi. Shuning uchun kompaniyaning innovatsion qobiliyati uzoq 
muddatli investorlarning daromadiga ta’sir qiluvchi eng muhim omil hisoblanadi” 
[1]. 
Bir guruh olimlar tomonidan innovatsiyalarni joriy qilishda korporativ 
boshqaruv muhim ahamiyatga kasb etishiga e’tibor qaratilgan. “Kompaniyalarda 
boshqaruv mexanizmlarini ichki (kompaniyaning oʻzi tomonidan oʻrnatiladigan) 
va tashqi (kompaniya ishtirok etadigan turli bozorlar tomonidan oʻrnatilgan)ga 
ajratish 
mumkin. 
Korporativ 
boshqaruv 
innovatsiyalar 
va 
texnologik 
oʻzgarishlarning asosiy omillaridan biridir. Shu sababli soʻnggi yillarda korporativ 
boshqaruv mexanizmlarining rahbariyat tomonidan qabul qilinadigan innovatsion 
qarorlarga ta’sirini oʻrganishga qiziqish ortdi. Innovatsion faoliyatlar va natijalar 
korporativ boshqaruv ta’sir koʻrsatadigan omillarga bogʻliq, masalan, mulkchilik 
tuzilishi, aksiyadorlar identifikatori yoki direktorlar kengashining faoliyati kabilar 
shular jumlasidandir” [2]. 
B.Bolton va J.Zhao fikricha, “innovatsion strategiya kompaniyaga raqobatda 
ustunlikni yaratishga va aksiyadorlar uchun qoʻshimcha daromad keltirishga 
yordam beradigan muhim strategiyadir. Shuningdek, innovatsiyalar tadqiqot va 
ishlanmalar, yangi mahsulotlar yoki patentlarni ishlab chiqish orqali amalga 
oshiriladigan riskli va uzoq muddatli investitsiyadir. Kompaniyalar innovatsiyalar 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə