International Journal of Finance and Digitalization



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#152442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyaning tashkiliy jihatlari

 
 
 
 
International Journal of Finance and Digitalization
www.ijfd.uz
ISSN: 2181-3957 
Vol. 2 Issue 01, 2023 
International Journal of Finance and Digitalization 
Email: ijfduz@gmail.com
kiritish uchun uzoq muddatli riskka tayyor boʻlishi kerak. Mazkur jarayonda 
menejerlar va direktorlar ushbu uzoq muddatli risklarni inobatga olgan holda 
innovatsion strategiyalarni amalga oshirish zarur. Korporativ boshqaruv tizimini 
kompaniyada risklarni taqsimlash va ragʻbatlantirish tizimi sifatida koʻrish 
mumkin. Shu sababli korporativ boshqaruv kompaniya innovatsiyalari uchun zarur 
boʻlgan madaniyat va ragʻbatlarni yaratish uchun javobgar boʻladi” [3]. 
J.Gonzales-Bustos 
va 
A.Hernandez-Laralarning 
ta’kidlashlaricha, 
“korxonalar boshqaruv organlarining tuzilishi va tashkil etilishi farqlanadi va bu 
farqlar boshqa omillar qatorida ular tomonidan amalga oshiriladigan 
innovatsiyalarda ham oʻz aksini topadi. Darhaqiqat, korporativ boshqaruv 
konsepsiyasining oʻzi korporativ boshqaruv innovatsiyalarga ta’sir qilishi 
mumkinligini ta’kidlaydi. Chunki korporativ boshqaruv qarorlar qabul qilish 
hamda kompaniyada vazifalar va vakolatlarni taqsimlashda kompaniyaning barcha 
boshqaruv organlarini oʻz ichiga oladi” [4]. Shu sababli kompaniya faoliyatida 
innovatsiyalar va innovatsion strategiyalarni ishlab chiqishda korporativ 
boshqaruvning samarali yoʻlga qoʻyilganligi kompaniya faoliyatiga va joriy 
holatiga mos innovatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi.
F.Belloc tomonidan korporativ boshqaruvning innovatsiyalar bilan bogʻliq 
yoʻnalishlari tadqiq qilingan. “Innovatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan korporativ 
boshqaruvning uchta asosiy yoʻnalishini aniqlash mumkin. Birinchisi korporatsiya 
ichida, asosan, korporativ mulk tuzilmasini nazorat qilish va foydani taqsimlash 
bilan bogʻliq. Mazkur vakolatlarning qanday taqsimlanganligi kompanida qaror 
qabul qiluvchilarni resurslarni taqsimlash ustidan nazorat qilishga va innovatsion 
jarayonga investitsiya kiritishga undaydi. Ikkinchisi korporatsiyalarda innovatsion 
ishlab chiqarishni moliyalashtirish usullari bilan bogʻliq. Muqobil moliyaviy 
vositalar ishlab chiqarishni boshqarishning muqobil mexanizmlarini nazarda tutadi 
va bu korporatsiyaning moliyaviy resurslarni qaytarib boʻlmaydigan investitsiya 
strategiyalariga jalb qilish qobiliyatiga kuchli ta’sir koʻrsatishi mumkin. Uchinchisi 
ishchi kuchi (kadrlar bilan bogʻliq masalalar)ni nazarda tutib, an’anaviy korporativ 
boshqaruv tadqiqotlari tomonidan biroz e’tibordan chetda qoldirilgan, ammo 
korporativ boshqaruvni samarali tashkil etish uchun muhim omillardan 
hisoblanadi” [5]. 
Mamlakatimizda ham mazkur masalalar yuzasidan qator tadqiqotchilar 
izlanishlar olib borishgan. Sh.Begmatovaning fikricha, “innovatsion rivojlanish 
mamlakatlarning jahondagi iqtisodiyot va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga 
kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori boʻlib hisoblanadi. Kishilik 
jamiyatining taraqqiyoti insonning yaratuvchanlik roli ortib borishi, ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlarning 
rivojlanishi 
hamda 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
takomillashuvi orqali namoyon boʻladi” [6]. 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə