International Journal of Finance and Digitalization



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#152442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyaning tashkiliy jihatlari

 
 
 
 
International Journal of Finance and Digitalization
www.ijfd.uz
ISSN: 2181-3957 
Vol. 2 Issue 01, 2023 
International Journal of Finance and Digitalization 
Email: ijfduz@gmail.com
N.Akramova innovatsion faoliyatning xususiyatlari va ijobiy tomonlarini 
tadqiq qilgan. “Innovatsion texnika va texnologiyalarni yaratish ishlab chiqarish 
bilan bogʻliq boʻlgan riskni kamaytiradi, uzoq muddatga moʻljallangan tadqiqot va 
ishlab chiqarish sikllari moliyalashtirilishi takomillashadi hamda xorijiy firmalar 
bilan strategik hamkorlik rivojlanadi. Mamlakat iqtisodiyotida integratsiyalashgan 
korporativ 
tuzilmalarning 
shakllanishi 
va 
rivojlanishi 
nafaqat 
milliy 
iqtisodiyotimizning strategik raqobatbardoshligini oshiradi, balki moliyaviy va 
ishlab chiqarish tarmoqlarida paydo boʻladigan inqirozni yengib oʻtishda 
koʻmakdosh ham boʻladi” [7]. 
X.Abdusattarova “innovatsion faollik darajasi toʻlaligicha innovatsion 
strategiya bilan, toʻgʻrirogʻi, uning koʻrsatkichlari bilan belgilanadi, innovatsion 
jarayon esa bunda jamoat tizimining tarkibi boʻyicha ham, darajasi boʻyicha ham 
har xil elementlarini jalb qiladigan jarayonni ifodalaydi. Shu sababli bu 
elementlarning innovatsion jarayondagi integratsiya darajasi va ularni amalga 
oshirish samaradorligi innovatsion strategiya koʻrsatkichlarining muvofiqlik 
darajasiga bogʻliq boʻladi” [8], deya fikr bildirgan. 
N.Rasulov hamda B.Mullabayev innovatsion strategiyaning mohiyati va 
ahamiyatini yoritib bergan. “Innovatsion strategiya raqobatchilarga nisbatan 
mazkur korxona salohiyati va kuchini mustahkamlashga qaratilgan, qoʻyilgan 
maqsadlarga erishishning oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui hisoblanadi. Bu 
esa 
korxona 
innovatsion 
strategiyasini 
toʻgʻri 
tanlashga, 
mahsulot 
raqobatdoshligini oshirish mexanizmlarini samarali tashkil etishga, ishlab chiqarish 
uchun ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. 
Pirovard natijada korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga sharoit 
yaratiladi” [9]. 
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikrlariga qoʻshilgan holda korporativ 
boshqaruvda investitsion strategiyaning tashkiliy jihatlari hamda xorij tajribasini 
tadqiq qilish milliy amaliyotimiz uchun muhim ekanligini ta’kidlash lozim. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə