Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə45/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi
992-yilda Horun Bug’roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi.
Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg’ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G’aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishili qo’shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so’ng qoraxoniylar noibi qo’shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G’azna va Xurosonda Sobuqtegin va o’g’li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi.
996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og’ir bir sharoitda xiyonat ro’y beradi. Ya’ni Sobuqtegin qo’shini Buxoroni egallaydi. So’ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o’rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo’liga o’tadi. Sobuqtegin esa Amudaryodan janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo’lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq ko’p vaqt o’tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi batamom barham topdi.
Qoraxoniylar davlatining bo’linishi
Qoraxoniylar endi Xurosonni ham o’z davlatiga qo’shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko’p vaqt o’tmay qoraxoniylar va g’aznaviylar o’rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006va 1008-yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo’shin tortadilar. Lekin Mahmud G’aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o’z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo’ladi. Bu davrda saljuqiylar g’aznaviylarga xavf sola boshlaydi. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bundan foydalangan qoraxoniylarning mahalliy hukmdori «bug’roxon» unvonini olgan. Ibrohim Bo’ritegin 1038-yilda Amudaryo bo’yi viloyatlari Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi. Ko’p vaqt o’tmay, u Movarounnahrni va Farg’onani o’ziga bo’ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolosog’unda bo’lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo’lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə