Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə42/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Barzikor-qo’shchilar
9-10-asrlarda katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko’ra, o’z yerlarini qishloq jamoalarining kam yerli a’zolariga ijaraga berishni afzal ko’radilar. O’sha zamonda ijarachilar «barzikor» yoki «qo’shchilar» deb atalardi. Barzikor-qo’shchilarning sheriklikka ekkan yerlardan oladigan hissasi turlicha edi. Agar barzikor o’z urug’i va qo’shi bilan dehqonchilik qilsa, uning hissasi hosilning 1/3, 1/4 yoki 1/5 miqdorida belgilanardi. Somoniylar hokimiyatining inqirozi
Somoniylarning harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari borgan sari avj olib bordi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo’ldi. Hatto harbiylar, shu jumladan, amirning muntazam turk sarbozlari qo’shiniga maosh to’lash uchun mablag’ topilmaydi. Bunday og’ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan ikki marta soliq undirib olinadi. Behad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi qo’zg’alishiga sabab bo’ladi.
Siyosiy vaziyat Nuh (943-954) va uning nabirasi Nuh II (976-997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Ko’p vaqt o’tmay Abu Ali Chag’oniyning o’zi ham hukmdorga qarshi isyon ko’taradi. Nuh qo’zg’olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952-yilda Abu Ali Chag’oniyni u avval Chag’oniyonga, so’ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo’ladi. 961-yilda Buxoro harbiy askarlarining g’alayoni ko’tariladi. Qo’zg’olonchilar amir saroyini talaydilar va unga o’t qo’yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez qaytarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning zaiflashib qolganidan dalolat berardi.
G’aznaviylar davlati
Mamlakatda sodir bo’lgan og’ir davrda Somoniylar davlatining turk hojiblaridan iborat saroy qo’shinining siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki harbiy va mudofaa ishlari to’la ular qo’lida edi. Turkiy sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy amirlari aksariyat iqtidorli lashkarboshilarni Hojib ul-hujob yoki Hojib ul-buzruk kabi oliy harbiy mansablarga tayinlab, ularga hatto ayrim viloyatlarni boshqarish huquqini berganlar.
962-963-yillarda G’azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. U G’azna va Qobul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, G’aznaviylar davlatiga asos solgan. Mazkur yosh turkiy davlatning poytaxti G’azna shahrida qaror topgan. G’aznaviylarning siyosiy nufuzi Sobuqtegin davrida (977-997) ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan. Mahmud G’aznaviy davrida (997-1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Davlat chegarasi g’arbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi, shimoli g’arbda Xorazm va Orol dengizigacha cho’zilgan. Sharqda esa Shimoliy Hindistonning kattagina qismini o’z ichiga olgan va Janubiy Balujistongacha yetgan edi. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G’aznaviy Xuroson hududini, so’ng Xorazm davlatini (1017) ham o’z saltanatiga qo’shib olgan. G’aznaviylar davlatining boshqaruv tizimi
G’aznaviylar davlat tuzumi va boshqaruv tizimlari azaldan rivojlanib kelayotgan turkiy davlatchilik asosida qurilgan bo’lsa-da, biroq u o’ziga xos mahkamachilik xususiyatiga ega edi. Vazirlik tizimida harbiy, elchilik va rasrniy tadbirlar, moliya kabi hamda xabar-pochta devonlar faoliyat ko’rsatgan. Viloyat hukmdori voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan. Viloyatda boshqaruv ishlari amid, shaharlarda esa kutvol tomonidan amalga oshirilgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə