Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə40/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Islomga da’vat etish
Arablar Movarounnahrda o’rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlash uchun
islom dinini da’vat etishga, aholi o’rtasida islomni yoyishga alo
* Jiz’ya Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig’i
* Zakot mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq
* Xiroj hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig’i
* Ushr idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq
hida ahamiyat berdilar. Shu boisdan ular shu davrgacha Movarounnahrda mavjud bo’lgan dinlarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o’rniga jome masjidlari bino qilinadi.
Aholini islomlashtirish yo’llari
Islom dinini qabul qilib, musulmon bo’lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya soliqlaridan ozod etilgan. Islomni qabul qilmaganlardan esa jon solig’i jiz’ya undirilib olingan. Soliqlarni o’z vaqtida to’lamagan kishilarning, bo’yinlariga «qarzdor» deb yozilgan taxtacha osib qo’yilardi. Bunday tadbir va choralar, Movarounnahr aholisi o’rtasida islom dinining tez tarqalishiga yordam beradi. Biroq shunday bo’lsa-da, islomni qabul qilgan aholining ko’pchiligi nomigagina musulmon bo’lib, uzoq vaqtlargacha pinhona o’z dini va e’tiqodlariga sodiqligicha qolavergan.
Xalifalik tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, madaniyati poymol etildi. Mahalliy sug’d yozuvida bitilgan diniy va ma’rifiy kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlarni hamda sanamlarni gulxanlarda yoqib, yo’q qilib tashlaydilar. Quvadagi budda ibodatxonasi haykallarning parchalab tashlangani, Afrosiyob saroy devorlariga solingan suratlardagi odam rasmlarining ko’zlari o’yilib, bo’yinlariga qilich bilan chizib yuborilganligi bunga yaqqol misoldir.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Qutayba qaysi yillarda Mavaraunnahrni qo’lga kiritdi?

  2. Mavaraunnahr shaharlari ketma-ket bosib olinishi haqida gapirib bering?

  3. Qutaybaning vafotiga sabab nima?

  4. Istilo oqibatlari haqida fikr yuriting?

  5. Buxorxudodning qiziga uylangan Xuroson noibi kim?




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə