Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə69/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Dars jarayoni
III.Yangi mavzu: Qo‘qon xonligida ta’lim


Maktabxona ta’limi boshlang‘ich ta’lim edi. Maktablar ko'pincha bitta sinfxona- dan iborat bo‘lganligi uchun maktabxona deb atalgan. Xonlikda 350 ta maktabxona faoliyat ko‘rsatgan. Boslilang‘ich maktab bolalarga umumiy ma’lumot beruvchi va xat-savod chiqarish maskani edi. Unda arab imlosida savod chiqarish, yozish va o!qish ko‘nikmalari shakllantirilgan. Shuningdek, hisoblash qoidalari va ko‘nikmalari hosil qildirilgan. Tevarak- atrof, jamiyat, islom dini haqida bilim va tushunchalar berilgan. Shuningdek, odob-axloq me’yorlariga amal qilish o‘rgatilgan.
0‘g‘il bolalar maktabxonalarining aksariyati masjidlar, madrasalar, qorixonalar qoshida, shuningdek, xususiy maktabdor xonalarida ochilgan. Qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki ba- davlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan.
Ana shu otinlardan biri Dilshodi Rahimqul so‘fi qizi (taxallusi Dilshod Otin, Bamo, Dilshodi Barno) edi. XIX asrda Qo‘qonda ijod qilgan shoira. U, ayni paytda, maktabxona maktabdori bo‘lib ham faoliyat yuritgan. 0‘zining maktabdorlik (otinlik) faoliyati haqida, jumladan, shunday deb yozgan edi: „Mening suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste’dodli shoiralar edi. 51 yil davomida men maktabdorlik (o ‘qituvchilik) qildim va yiliga о ‘rtacha 20 nafardan 30 nafargacha o‘quvchilarim bo‘lib, 890 nafar qizning savodini chiqardim. Bulardan deyarli to‘rtdan bir qismi she’riyatga qobiliyatli bo ‘lib, shoira va о ‘z davrining aqlli hamda dono odamlari edilar“.
Xususan, Anbar Otin uning iqtidorli o‘quvchilaridan bo‘lgan. Dilshod Otinning qalamiga mansub „Muhojirlar tarixi“, „Inson ma- tonati va muhojirlar tarixi" hamda „Barnoning tanlangan she’r- lari" asarlari bizgacha yetib kelgan. Asarlarida xonlikdagi o‘zaro urushlar, uning xalq ommasi turmushiga ko'rsatgan ayanchli ta’siri kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shoira, ayni paytda, yaxshi kunlar kelishiga ishonib asarlarining birida: „Bu jabr-u zulmat albat muvaqqat“, deb yozgan. Shuningdek, turkistonliklami do‘st va inoq bo‘lib yashashga ham da’vat etgan. Maktabxona maktabdorligiga (o‘qi- tuvchiligiga) masjid mutasaddilari ishga taklif etishgan. Maktabdorga maktabdan uzrsiz ketib qolmaslik sharti qo‘yilgan, Maktabxonalarda o‘quvchilar soni 10-60 nafarni tashkil etgan. 0‘qishga 5 yoshdan yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilingan va o‘qish 5-7 yil davom etgan. Kimning maktabxonada necha yil o‘qishi o‘qituvchining mahoratiga, o‘quvchining zehniga va oilasidagi muhitga bog‘liq edi.
Maktabxonalarda dars mashg‘uLotlari quyosh cbiqishidan to kech- gacha davom etgan. Juma va bayram kunlari dars mashg‘ulotlari bo‘lmagan. Yoz fasli va ramazon (ro‘za) oyida o‘quvchilarga ta’til berilgan. Alifbe darslarida dastlab harflarning yozilishi mashq qilingan. So‘ng harflarning turli o‘rinlardagi shakllari o‘rganilgan. Keyin esa zeru-zabar, ya’ni harflarning osti va ustiga qo‘yiladigan farqlovchi belgilar va ularning qo‘llanishi, shuningdek, ular yordamida bo‘g‘in tuzish qoidalari o‘rgatilgan. Maktabdor (o‘qi tuvchi) harflami yog‘ochga yoki qattiq lavhalarga yozib devorga osib qo‘ygan. Unga qarab harflar yod olingan. Harflami bir-biriga qo‘shib yozish mashq qilingan. Duoyi salomni yoza olgan o‘quvchi „xati chiqqan“ hisoblangan. Alifbe o'rganilib bo‘lingach, ,,Haftiyak“ (muqaddas Qur’oni Karim- ning 1/7 qismi ko‘chirib yozilgan kitob)ni o‘rganishga kirishilgan. ,,Haftiyak“ tugallangach, ,,Tavjud“ (Qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qish san’ati to‘g‘risidagi ilm)ga o‘tilgan. Undan so‘ng esa bevosita „Qur’oni Karim“ ning o‘zini o‘qitish boshlangan.
Shundan so‘ng „Farzi ayn“, ya’ni shariatga ko‘ra barcha musul- monlarga buyurilgan va bajarilishi shart bo‘lgan amallar haqida tu- shunchalar berilgan. U o‘rganilib bo‘lingach, islom dinining asosiy qoidalari bayon etilgan „Chor kitob“ (,,To‘rt kitob“)ni o‘rganishga kirishilgan. Undan keyin kattaqo‘rg‘onlik So‘fi Olloyorning „Sabot ul-ojizin“ („Ojizlar saboti“) kitobi o‘qitilgan. Mazkur asarda islom dinining asosiy qoidalaridan tashqari, go‘zal insoniy fazilatlar, axloqiy tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalar, she’r va dostonlar o‘rin olgan.
Sabot ul-ojizin“dan so‘ng shu asaming fors tilida yozilgan va „Maslak ul-muttaqin“ („Taqvodorlar maslagi“) deb atalgan asl nusxasi o‘rganilgan. „Sabot ul-ojizin“ „Maslak ul-muttaqin“ning turkiy tilda qisqartirib yozilgan nusxasi bo‘lib 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy ma’rifatning she’riy talqinidir.
So‘fi Olloyor asari o‘rganib bo‘lingach, Sharq olamida mashhur bo‘lgan, XIII asrda yashab o‘tgan Sa’diy Sheroziyning „Bo'ston" va Guliston" asarlari o‘rganilgan.
Sa’diy asarlari boshqa Sharq shoirlaridan hayratlanarli darajada hayotiyligi bilan alohida ajralib turadi. ,,Bo‘ston“ va „Guliston“ ha- yotiy hikoyalardan tashkil topgani. donishmand shoirning bu hiko- yatlar so‘ngida qissadan hissa tarzida keltirgan she’rlari kundalik tur- mushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan jahon ilm-u adab ahlini birday o‘ziga tortib kelmoqda.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
MMIBDO’________ ________________________
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə