Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə62/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Ilmi hayat qanday fan?

  2. Ilmi aruz qanday fan?

  3. O’z davrining ptolomeyi kim?



MMIBDO’________ ________________________
SANA____________ 202_ yil TARIX
Mavzu : Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida Tarix fani bo’yicha ta’lim berish. Tarix fanidan tayyorgarlikni kuchaytirilgan holda tayyorgarlik kurish.
Tarbiyaviy- o’quvchilar ongiga mavzuni yoritish orqali mustaqillik oliy ne’mat ekanligini singdirish;
Rivojlantiruvchi- o’quvchilarga avvalgi darslarda Xorazm tarixi oid olgan bilimlarini takrorlash bilan birga bugungi mavzuni tushuntirish;
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Dars jarayoni
III.Yangi mavzu: Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi
Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalari ko‘pdan buyon to‘la o‘troq tarzda yashashni umid qilib kelardilar. Bu umid- ning ushalishi o‘zgalaming unumdor yerlari hisobiga ro‘yobga chiqishi mumkin edi
0‘zbek qabilalarining sardorlari Muhammad Shayboniyxonni o‘z umidlarini ro!yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisob- lardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatladilar.
Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o‘lkalarda, birinchi navbatda, Movarounnahrda Muhammad Shayboniyxon hoki- miyatining o‘rnatilishi o‘troq hayotga o‘tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movaroun- nahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-u taxt uchun о‘zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Movarounnahr zodagonlari va hatto oddiy aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o‘rnatishga qodir yagona shaxsni ko‘rdilar.
Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar saltanati hu- dudlarida ham o‘z hokimiyatini o‘matishi uchun barcha zarur shart- sharoit yaratildi.
Ayni paytda, Rossiyaning sharqqa qarab tobora kengayib borishi ham Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishini tezlatib yubordi.
Shayboniyxon Temuriylar saltanatiga butunlay barham bensh maqsadida boshlagan harbiy yurish paytida raqiblarni sarosimaga solib qo’ydi.
U Samarqandni dastlab 1500-yilda qisqa muddatga bolsa-da egalladi va yangi o‘zbek davlati Shayboniylar davlatiga asos soldi. 1501-yilda esa Samarqandni uzil-kesil bo‘ysundirdi. Endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi.

  1. yilda Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi. Shayboniyxon Ulug‘bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sul- tonbegimning o‘g‘illari bo‘lgan amakilari Ko‘chkunchi Sultonni Tur- kistonga va uning ukasi Suyunchxo‘ja Sultonni Toshkentga, o‘zining ukasi Mahmud Sultonni Buxoro viloyatlariga hokim etib tayinladi.

  2. yilda esa Farg‘ona egallandi. Shayboniyxonning harbiy yu- rishlarida eng faol qatnashgan amakisining o‘g‘li Jonibek Sultonga Axsi va Andijonni tortiq qildi.

Jonibek Sulton Abulxayrxonning boshqa bir o‘g‘li Xo‘ja Mahmud Sultonning o‘g‘li edi.
Shu tariqa, butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Samarqand shahri esa poytaxt etib belgilandi.
To‘lg‘ama—jang chog‘ida dushman qo‘shinini qanotlaridan aylanib
o‘tib, qurshab olib zarba berish usuli.

  1. 1500-yil - Movarounnahrda yangi o‘zbek davlati - Shayboniylar davlatiga asos solindi.

1503-yil - Toshkent egallandi.

  1. 1504-yil - Farg‘ona egallandi.

  2. 1505-yil - Xorazm egallandi.

  3. 1507-yil - Hirot egallandi.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə